Мavzu: 1-sinf ona tili va o’qish savodxonligi darsida ko’rgazmalilik asosida o’quvchilarning nutqini o’stirish


Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarning nutqini o’stirishda ko’rgazmali qurollardan foydalanish



Download 38,78 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi38,78 Kb.
#951813
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ìavzu 1-sinf ona tili va o’qish savodxonligi darsida ko’rgazmal

Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarning nutqini o’stirishda ko’rgazmali qurollardan foydalanish

Chiroyli so`zlashni, savodli, to`g`ri yozishni, o`z fikrini savodli va aniq bayon etishni bilmagan o`quvchi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o`zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq va ravon bo`lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo`ladi. Nutq orqali odamzot o`zining ichki hissiyotlarini bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda to`la rivojlangan yoki shakllangan bo`lavermaydi. Boshlang`ich sinflardagi o`quvchilar nutqidagi kamchiliklar o`qituvchi va logaped yordamida bartaraf etiladi va turli yo`llar bilan rivojlantirilib boriladi. O`quvchilar yuqori sinflarga chiqqandan keyin e’tibor bergan bo`lsangiz aziz o`qituvchilar: ayrim o`quvchilar bilib turgan narsasini ham aytib bera olmay qiynaladi. Mana shunday holatlarda o`qituvchi o`sha o`quvchini e’tiborsiz qoldirmasdan sekin yo`naltiruvchi savollarga tutib, u bilan biron bir mavzuda suhbat qurishga harakat qilishi kerak. Darsingizning ozgina qismini dialog shaklida didaktik tarbiya berishga sarflang. Masalan: - Siz ertalab turib nima qilasiz? - Dasturxon atrofida qayerda o`tirasiz? –Nonushtani kim birinchi bo`lib boshlab beradi? Kabi suhbat quring. Faqatgina bu bilan ish bitmaydi. O`quvchining endi lug`at boyligini oshirishga harakat qilishimiz kerak.
“Doim bir xil narsaga qarayverish malollik va sabrsizlikka olib keladi. Ta’lim har xil usullarda uyushtirilganda o`quvchi turli gullar ochilgan bog`da yurganga o`xshaydi, ularga qiziqadi, ko`rishni istaydi”—Abu Rayhon Beruniy fikrlari. Men ham iloji boricha buyuk bobokalonimiz fikrlarini inobatga olib o`quvchilar og`zaki nutqini rivojlantirish uchun ona tili darslari va to`garakda har xil topshiriqli usullardan foydalanishga harakat qilaman. Men hozir sizga taqdim qilmoqchi bo`lgan usulim dam olish daqiqasida o`quvchilar tafakkuri va og`zaki nutqini rivojlantirish uchun o`tkazilsa ham bo`ladi.
“Zinama-zina” usuli. O`quvchilarni kichik guruhlarga bo`lib, 1 daqiqa ichida bir xil harf bilan boshlanadigan va har bir pog`onada harflar soni bittadan ortib boradigan 6 ta so`z yozish topshiriladi.
“Piramida” usuli. Bir xil harf bilan boshlanib, bir xil harf bilan tugaydigan va harflar soni bittaga ortib boradigan so`zlardan piramida qurish sharti 1 daqiqa ichida to`g`ri bajarish talab qilinadi.
O`quvchilarda paronim so`zlarni farqlash, so`zlarning ma’nolarini to`g`ri qo`llay olish malakalarini oshirishda “So`zlarga mos gap tuz”usulidan foydalanish juda qo`l keladi. Bunda avvaldan tayyorlab qo`yilgan paronim so`zlar juftligi yozilgan biletlar tarqatiladi. Bunda o`quvchilar tarqatmada berilgan paronim so`zlar ishtirokida gap tuzishlari kerak bo`ladi. Masalan: Bobur shoh va shoir edi. Daraxt shoxi egilib turardi. Ushbu usuldan tutuq belgili va belgisiz so`zlarni farqlashda ham foydalanish mumkin.
“Payrovlar” o`yini. Ushbu o`yin orqali o`quvchilarning nutqiga o`z-o`zidan ibora, maqollar sekin-asta kirib boradi. Ibora, maqol kabi xalq og`zaki ijodi na’munalari nutqimiz ta’sirchanligini oshiradi. Bu o`yinni o`tkazish uchun kichik guruhga oldindan tanlangan ibora yoki maqollar dars boshida beriladi. Bu o`yinni qo`llashda o`quvchilarga shior qilib Adabiyotshunos olim Ro`zmin Keldiyorovning “Ehtiyot bo`ling qalb bor” degan da’vatini qo`llash juda o`rinli bo`ladi. Masalan: 1.Burnidan baland gapirib bo`lmaydi. 2.Tish bergan rizq ham beradi. 3.Tishga bosgulik nima bor? 4.Tishining kovagida saqlab yurgan. 5.Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar. 6.Yo`q joydan yo`ndirib. 7.Quyonning rasmini chizdi. Bu iboralarni qatnashtirib o`quvchilar dialogik matn yaratadilar. Bu jarayonni biz “Ona tilim – jon-u dilim” to`garagi qatnashchilari bilan birgalikda ko`rsatib beramiz.
-Sanobar!
-A, labbay!
-Boyadan beri qarab turibman, ha deb kulasiz. Tish bergan rizq beradi, deb.
-Tishga bosgulik nimangiz bor?
-Sanobar, Intizor opadan chiqadi, kechagiday tishining kovagida saqlab yurgan shokaladlari.
-Sizlar uchun topamiz-da yo`q joydan yo`ndirib. Qizlar, kecha Muborak quyonning rasmini chizdi.
-Ajab bo`ldi, kecha unga ozgina qattiqroq gapirgan edim.
-Gadoy arazlasa to`rvasiga zarar, shirin shokaladlardan quruq qoldi.
-Kecha ishim chiqib bir marta ketganimga shunchami?
-Ana ko`rdingizmi hozirgi yoshlarning burnidan baland gapirib bo`lmaydi.
O`quvchi bilan samimiy suhbat, do`stona hazil-mutoyibadan qochish kerak emas deb o`ylayman. Qancha ko`p suhbatlashganimiz sari ham o`quvchi shaxsiga yaqinlashamiz, ham nutqini rivojlanishiga erishamiz. Shu bilan birga odob doirasidagi suhbatimiz, samimiyligimiz bilan shaxsiy na’muna bo`lamiz.

II bob. Ona tili va o’qish savodxonligi darslarini ko’rgazmali tashkil etishning amaliyoti


2.1. ona tili va o’qish darslarida qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalardan va ko’rgazmalardan foydalanish
Pedagogik texnologiya – bu butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonining o’z oldiga ta’lim shakllarini samaradorligini oshirish vazifasini qo’yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning aloqasini hisobga olib yaratish, qo’llash va belgilashning tizimli metodidir. Zamonaviy bilimlar sari keng yo’l ochish ta’limni takomillashtirishda pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning eng asosiy talablaridan biridir. Mustaqil O’zbekistonimizda uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishni yangi Davlat ta’lim standartlari asosida tashkil etishga qaratilgan. Hozirgi kunda o’qituvchi faoliyatiga, uning pedagogik mahoratiga alohida e’tibor berilmoqda. Ta’lim jarayonida faoliyat ko’rsatayotgan o’qituvchilarning pedagogik fikrlashida o’rin ola boshlagan pedagogik texnologiyani dars jaaryonida qo’llashga oid tavsiyalar o’qituvchilar uchun juda zarur. Ayniqsa, hamkorlikka asoslangan o’quvchilarning faolligini oshirishga mo’ljallangan: o’quvchilarni boshqalar fikrini eshitishi, tushunishi, hurmat qilishi, o’zgalar manfaatlari bilan hisoblashishi, ularga o’rgatish, ta’sir qila olish.

O’zining va boshqalarning “men”ligini sezish, his qilish, o’zini boshqarish, fikrini aniq, lo’nda va puxta bayon eta olish, ishlatishga qaratilgan interfaol o’qitish usullari tez suratlar bilan rivojlanib ijobiy samara bermoqda. O’qitishda foydalanib kelinayotgan interfaol metodlar o’quvchilar o’rtasida raqobat muhitini vujudga keltirib o’quvchilarni harakatchanlikka boshlab ruxlantirdi, natijada o’quvchilar hamkorliik o’rgana boshladi. Har qanday interfaol metod to’g’ri va maqsadli qo’llanilganda o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatadi. Yangi pedagogik texnologiya ta’lim tizimining rastional yo’llarini ishlab chiqaruvchi jarayon bo’lib, unda o’qituvchi asosiy mas’ul shaxs hisoblanadi. Chunki uning asosiy vazifasi axborotni o’quvchilarga tez, aniq va tushunarli tarzda etkazib berishidan iborat.


O’quvchini ishlatish deganda bir necha o’quvchiga mavzularni bo’lib berish orqali dars o’tish emas balki, hamma o’quvchilarni birgalikda ishlatilishni tushunamiz. O’quvchilarni birgalikda ishlatish uchun o’quv jarayonida interfaol metodlardan foydalanamiz. Har bir dars bolaning qobiliyatining uchqunlarini alangalata boradigan kichik ixtiroday o’tishi zarur. Atrofdagi olam va o’zini anglashdagi kichik yutuqlar ham butun o’quv faoliyatini g’aroyib va maftunkor qiladi.

Bolalar uchun sinfdoshlari oldida o’zini ko’rsata olish, nimalarga qodirligini isbotlay olish juda muhim qirra hisoblanadi. Buning uchun ularga imkoniyat yaratish zarur. Sinfingizda “maqtanchoqlar kuni”ni e’lon qiling. Unda har bir bola o’z ijodiy ko’nikmalarini va yutuqlarini oladi.

Tavsiya etilgan ish uslublarini amaliyotda qo’llagan ota-onalar va bolalar ularning foydali tomonlarini sinfdan tashqari o’tkazilgan tadbirlar va ota-onalar majlislarida o’z tasdig’ini topishga yordam beradi. 1-sinflardagi mashg’ulotlarni tasavvur yordamida sirli bilimlar mamlakatiga tugamas sayohat tarzidada tashkil qilish mumkin. O’quvchilar dastlabki hayolot usullarini o’rganiladi va ertaklar yuzaga keladi. Bolalar ijodiyoti o’quv jarayoniga bog’liq ravishda borgan sari boshqariluvchan bo’lib boradi. O’quv yilining oxiriga kelib o’quvchilar mustaqil ravishda hikoya va ertak tuzish usullarini etarli darajada o’zlashtirgan bo’lishlari kerak hamda tizimlarning ichki tuzilishi bilan tanishib ularning bo’linmalari va nima uchun xizmat qilishini o’rganish uchun dastlabki qadamlarni qo’yilishi kerak. 2-sinfda o’quvchilar dars mavzusi bilan bog’liq tayanch so’z va tushunchalar asosida kichik o’quv hikoya, voqea, ertaklarni tuza oladigan bo’lishlari kerak.

Bu davrda bolalar mustaqil ravishda tizimlarni topish ularning qanday bo’limlardan tuzilganini qaanday xususiyatlarga va belgilarga ega ekanligini nima uchun xizmat qiladi va boshqa tizimlar orasidagi bog’liqligini anglab etishi zarur. 3-sinfda o’quvchilar faoliyat muhiti turli-tuman bo’ladi.



Bolalar darslikdagi mavzular asosida tuzishgan yangi o’quv hikoyasini yoki turli fanlarga bog’liq ertaklardan “yangi ertaklar kitobi” shakllanadi. Tizimlarni bo’limlarga bo’lish va tizimlararo bog’liqlik ko’nikmasi avtomatik darajaga etkaziladi. 3-sinf o’quvchilari faoliyatining asosiy yo’nalishi kartotekalar yig’ishni izchilligini bilan olishlaridir. O’quvchilarga har kungi axborot oqimidan o’z faoliyatlariga foydali bo’lgan ma’lumotni tanlab olishdan sermashaqqat ishni o’rgatish 3-sinf o’quvchilarning qiziqishlari turli tuman bo’lib berayotgan savollarga javoblar esa turli sohalardan bo’lishi mumkin. 4-sinfda o’quvchilar oson va erkin holdagi turli o’quv hikolarini tuza oladilar. Ular orasida maktab dasturiga mos “ertaklar kitobi” tuziladi. O’quvchi tizim bo’limlarini saralashni va xususiyatlarini erkin holda amalga oshidi.
Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning “Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft Front Page”, “Abobe Fotoshop”, “3D Max”, “Microsоft Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini beradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga, o‘zlashtirish sifatini oshishiga yordam beradi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda. ona tili va o’qish savodxonligini o‘qitishda axborot texnologiyalari yordamida turli xil ko’rgazmali slaydlardan dars jarayonlarida foydalanish mumkin. Masalan: o‘qish va ona tili fanlarida katta ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va hikoyalarni o’qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish mumkin. Ushbu usullardan foydalanish yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Bugungi kun o‘qituvchisiga qo‘yilayotgan talab, dars jarayonida axborot texnologiyalarni qo‘llay olishi, o‘quvchilarni komyuterdan erkin foydalanishga, zamonaviy bilimlarni puxta egallashga, ma’nan yetuk shaxs bo‘lib yetishiga o‘rgatishdan iborat.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishda o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, bilimlarni keng va oson o‘zlashtirish maqsadida pedagogik texnologiyalarning usul, vosita va shakllarini to‘g‘ri tanlab, ulardan foydalanish muhim sanaladi. O‘qish darslarini tashkil etishda pedagogik texnologiyalarning ko‘pgina metodlaridan foydalaniladi. Bola hayotida bog’chadan so’ng maktabning dastlabki davrlari muhim o’rin tutadi. Shu bois boshlang’ich ta‘lim davri ta‘lim jarayonidagi eng mas‘uliyatli davrdir. Bu paytda bolaning savodi chiqishi bilan birga, uning dunyoqarashi shakllanadi, tafakkur qilish malakasi rivojlanadi. Bu davrda bolaning zehnini o’stirishga qaratilgan har bir mashg’ulot bola aqlining tarkib topishi va rivojlanishiga katta ta‘sir ko’rsatadi. Shuning uchun ham bu davrda, avvalo, ta‘lim jarayonini qiziqarli, ta‘sirli qilib tashkil etishga, motiv hosil qilish va uni rivojlantirishga e‘tibor qaratish lozim. Chunki bu muddat bolaning o’yin faoliyatidan aqliy faoliyatga, ya‘ni o’quv faoliyatiga o’tganligi bilan xarakterlanadi.
Bolaning o’quv faoliyatini rivojlantirishda turli o’yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini mukammallashtiradilar va uni chuqur o’zlashtiradilar. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlaming roli beqiyosdir. Didaktik o’yinlar ta’lim jarayoni samaradorligini oshiradi, ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini, o’qish motivlarini rivojlantiradi. O’qish motivlari ta‘lim jarayonini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishda ham muhim o’rin tutadi.
Didaktik o‘yinlar boshlang’ich sinflarda ta‘limning samarali borishiga o’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatini muvaffaqiyatli boshqarishga ham katta yordam beradi, ya‘ni didaktik o’yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi, o’quvchilarning bilim olishga qiziqishlari ortadi. Didaktik o’yinlar nafaqat boshlang’ich sinflarda, balki ta‘limning keyingi bosqichlarida ham o’quvchilarning bilimga bo’lgan ishtiyoqlari rivojiga katta turtki bo’lishi mumkin. Ayniqsa qiyin o’zlashtiruvchi o’quvchilarning bilish imkoniyatlarini oshirishga bunday o’yinlar samarali ta‘sir ko’rsatadi.
Shuni alohida ta‘kidlash lozimki, boshlang’ich sinflar uchun yaratilayotgan o’quv qo‘llanmalarida shu sohaga oid materiallar tanqisligi ko’zga tashlanib turadi. Hozirgi davrda pedagogik texnologiyalar asosida ta‘limni tashkil etishga katta e‘tibor qaratilmoqda. Pedagogik texnologiya o’quvchilar qobiliyati, imkoniyati va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ta‘lim shakllarini amalga oshirish uchun ko’zlangan natijaga erishishda eng qulay yo’l va usullami tanlash va ishlab chiqish mahorati ekan, u haqiqatdan ham ta‘lim jarayoni unumdorligini oshiradi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi. Shuning uchun ham ta‘lim ishiga texnologik yondashuv katta ahamiyatga ega.
Ta‘lim ishiga texnologik yondashuv:
— ta‘lim jarayoni maqsadini aniq belgilashni;
— o’qish-o’qitish jarayonini uzviy bog’liq bosqichlar, fazalar, amallarga ajratish, bo’lishni;
— ta‘lim jarayonida mo’ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan harakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;
— loyihalashtirilgan ishlar, amallaming barchasini bir xil bajarishni nazarda tutadi.

2.2. o’quvchilarni nutqini rivojlantiruvchi ko’rgazmali qurollardan namunalar



Download 38,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish