Kurs ishining maqsadi: 1-sinf ona tili va o'qish savodxonligi darsida ko'rgazmalilik asosida o'quvchilarning nutqini o’stirish mavzusini o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga aloqador bo’lgan savodxonlik darslarining ko’rgazmali qurollari va nutqini o’stirishni takomillashtirish metodlari.
Kurs ishining predmeti: Ona tili va o’qish savodxonligi darslarining amaliy ahamiyatining mazmuni hamda vazifalari.
Mavzuning vazifalari:
Ona tili va o’qish savodxonligi darslarini ko’rgazmali tashkil etishning nazariy asoslarini o’rganib chiqish;
Ona tili va o’qish savodxonligi fanining maqsad va vazifalarini yoritish;
Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida o’quvchilarning nutqini o’stirishda ko’rgazmali qurollardan foydalanish usullarini o’rganish;
Ona tili va o’qish savodxonligi darslarini ko’rgazmali tashkil etishning amaliyoti bilan tanishish;
Ona tili va o’qish darslarida qo’llaniladigan zamonaviy texnologiyalardan va ko’rgazmalardan foydalanish metodlarini ko’rib chiqish;
O’quvchilarni nutqini rivojlantiruvchi ko’rgazmali qurollardan namunalar keltirish;
Mavzuning o’rganilganlik darajasi: Nazariy va amaliy ishlar shundan dalolat bermoqdaki, nutqiy faoliyat motivatsiyasini boyitish bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi ishlarning samaradorligini oshiradi (F.A.Soxin, YE.M.Strunina, A.M.Borodich, M.R.Lvov va boshq.). Nutq yaxlit faoliyat va nonutqiy harakatga qo‘shilgan nutqiy harakat kabi til orqali bog‘langan tarixan shakllangan muloqot shakli sifatida ko‘rib chiqiladi (L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, A.A.Leontev, I.A.Zimnyaya). Modelda fahmlab yetilgan axborotni nutq yordamida uzatish, ya’ni nutqiy semantika muammosi; bunda grammatik qoi- 14 dalardan foydalanish, ya’ni tilni ishga solish; akustik kanalni ishga tushirish imkoniyati; nutqdan muloqot va ijtimoiy aloqa vositasi sifatida foydalanish; ushbu barcha hodisalarni miya harakatiga muvofiq holda tavsiflash kabi hodisalar o‘z izohini topishi lozim1. Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: Nutqni «rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘zlarning assotsiatsiya asosida bog‘lanishining ortishida ifodalanadigan miqdoriy o‘zgarishlar jarayoni emas, balki sifat jihatidan o‘zgarish jarayonidir, zero, u fikrlash va ong rivojlanishi bilan ichki bog‘langan holda so‘zning barcha funksiyalari, tomonlari va aloqalarini qamrab oladigan haqiqiy rivojlanish jarayonidir»2. XIX asrning o‘rtalaridan boshlab, nutq ontogenezi olimlarni qiziqtirib qoldi. K.D.Ushinskiy3 bolalarni ona tilida o‘qitishning zarurligini asoslab, bolalarga ona tilini dastlabki o‘qitish metodikasini ishlab chiqar ekan, bolalar tilni o‘zlashtirishlarining til bilan tafakkurning o‘zaro munosabatlarini falsafiy jihatdan chuqur anglash, o‘z-o‘zini rivojlantirish va o‘qitishga asoslangan xususiyatlari va qonuniyatlari borasida o‘z fikrlarini bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |