Mustaqil ishlar uchun adabiyotlar:
1. Medisina hanishiralari o’quvqo'llanmasi. Ramazanova R. A. tahriri ostida Toshkent "O’qituvchi" 1985 yil
2. Grajdan mudofasi P.G- Yakubovskiyning umumiy tahriri ostida. Toshkent "O’qituvchi" 1992 yil.
3. O’qituvchilarning medisina sanitariya tayyorligi. V.N. Zavyalov, M.I. Gogolev, V.S. Mordvinov, B.A. Gaiko, V.A. Shkuratov, V. I. Ushakova. Toshkent "O’qituvchi" 1991 yil.
4. Ziyonet internet tarmoqlari.
Mavzu: 5
Shifokordan oldingi yordamning maqsadi va vazifalari. Kasallik sabablari, rivojlanish turlari, sindrom tushnchasi.
REJA:
1. Ichki kasalliklar fani
2.Kasalliklarning klinik tekshirish usuli
3.Laboratoriya tekshirish usullari
4.Barcha tekshirish usullarining tashxis qo’yishda ahamiyati.
O`quv mashg`ulotining maqsadi:
Talabalarga kurgazmali uquv qurollari yordamida mavzulardagi masalalarni batavsil o’rganadilar .O’quv materialining uzlashtirilishi va mustaxkamlashining nazorati situatsion masalalarini yichish orqali yichiladi.Ichki kasalliklar,uning bo`limlari, barcha kasalliklarning hususiyatlarga ajratish, belgilarini ajrata olish,kasallikning oldini olish va davolash o`z hususiyatlarga ega.
Ichki kasallik haqidagi fan asosiy klinik fanlardan bo'lib, ichki a'zolar kasalliklarini o'rganadi.
Ichki kasalliklar fani uchta asosiy yo'nalishga ega:
sog'lom odam va odam organizmining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish;
tevarak-atrof muhitning kasallik vujudga kelishi va rivojlanishiga ta'sirini o'rganish;
nerv tizimining kasallik vujudga kelishidagi ahamiyatini o'rganishga asoslanib rivojlanadi.
Kasallik sababini aniqlash uning oldini olish,to'g'ri diognoz qo'yish va davolashda katta ahamiyatga ega.
Patogenez (organizmda kasallikning rivojlanishi). Bemorning ahvolini bilish uchun kasallikning rivojlanish jarayonini aniqlash katta ahamiyatga ega. Har qanday kasallik etiologiyasi bir xil bo'lsayu, ammo patogenezi turlicha bo'lishi mumkin. Patogenez yordamida kasallik oqimidan tashqari, ayrim a'zolarning zararlanish jarayonini ham aniqlash mumkin.
Kasallikka to'g'ri tashxis (diagnoz) qo'yishga patogenezdan tashqari, kasallik belgilarini aniqlash kerak. Chunki har xil kasallikning o'ziga xos belgilari bor. Bular subyektiv va obyektiv belgilardir. Subyektiv belgilar to'plash jarayonida bemorning shikoyatlari (bosh, qorin og'rishi, darmonsizlik, bosh aylanishi, ko'z tinishi va hokazolar)ga qarab aniqlanadi. Subyektiv belgilar tasvirida obyektiv belgilarni ko'ramiz, bunda kasallik belgilari ko'zga yaqqol tashlanadi. Masalan, badanga toshma toshishi, ko'z qizarishi, elektrokardiogramma, ichki a'zolarni rentgen apparat yordamida tekshirish va boshqalar. Har qanday kasallik asosan ikki xil bo'ladi: ba'zi kasalliklar to'satdan boshlanib, uzoqqa cho'zilmaydi. Bular o 'tkir turdagi kasalliklar deb ataladi; ba'zi kasalliklar esa uzoq davom etib, vaqti-vaqti bilan qaytalanib turadi. Bu xildagi kasalliklarga surunkali kasalliklar deyiladi.
Tashxis. Bemorga to'g'ri tashxis qo'yish kasallikni davolashda muhim ahamiyatga ega. Tashxis qo'yishda bemorning shikoyatlari, ayni kasallikning tarixi, kasal bo'lguncha qanday kasalliklar bilan og'riganligi, turmush sharoiti va obyektiv tekshirish natijasida to'plangan ma'lumotlarga asoslanadi. Tashxis qo'yish shundan iboratki, aksari kasalliklarda bir xil obyektiv va subyektiv shakldagi belgilar uchraydi. Masalan, oshqozon (me'da) yoki ichakdan qon ketishi, oshqozon va ichak yarasi, saramas, ichak yoki oshqozon o'smalari, jigar sirrozlari va boshqa kasalliklarda. Kasallikka tashxis qo'yishda yuqoridagilardan tashqari asosiy kasallikni qo'shimcha kasallikdan ajrata bilish lozim. Bunga solishtirma tashxis deyiladi.
Kasallikni aniqlash maqsadida bemordan so'rash (anamnez yig'ish) va laboratoriya usullaridan foydalanish to'g'ri tashxis qo'yishda muhim ahamiyatga ega.
Bemorlardan kasallik haqidagi ma'lumotlar quyidagi tartibda so'raladi:
1. Bemor haqida ma'lumot (pasport qism).
2.Bemorning shikoyati.
3.Mazkur kasallikning kelib chiqish tarixi.
4. Bemorning hayoti tarixi.
Birinchi navbatda bemorni bezovta qilgan kasallik va uning shikoyati tinglanadi. Undan kasallikning rivojlanish tarixini qisqacha bayon qilib berish so'raladi. Bunda kasallik qanday paydo bo'lganligi, tibbiyot yordami ko'rsatilguncha kasallik qanday rivojlanganligi, qanday ehtiyot choralari ko'rilganligi va hokazolar haqida ma'lumot to'planadi. Kasallik haqida to'plangan ma'lumotlarga kasallik anamnezi (anamnesis morbi) deyiladi.
Bemorning ishi va turmushi, atrof-muhit sharoiti, oila a'zolari o'rtasida ro'y bergan kasalliklar, yomon turmush yoki hayot tarixi (anamnesis vitaye) deyiladi (vita — hayot). Turmush tarixini to'plash quyidagi tartibda olib boriladi: bemorning tarjimai holiga oid ma'lumotlar to'planadi. So'ngra bemorning ilgari boshidan kechirgan va nasldan-naslga o'tgan kasalliklari aniqlanadi. Naslni aniqlashning muhim ahamiyati shundaki, bunda bemorning u yoki bu kasallikka nisbatan moyilligi bilib olinadi. Suhbat oxirida jinsiy va oilaviy turmushi, ish va yashash sharoiti va nihoyat, zararli odatlar (tamaki, nosvoy chekish, spitrli ichimliklar ichish, ba'zan giyoh moddalar istemol qilish va hokazolar) aniqlanadi. Bemorni yuqoridagi tartibda savol-javob qilib tekshirish subyektiv tekshirish usuliga kiradi. Bu usulda tekshirish tugallangach, tekshirishning obyektiv usuliga o'tiladi: bemor ko'zdan kechiriladi, ichki a'zolar holatini aniqlash maqsadida paypasiash (palpatsiya), urib ko'rish (perkussiya) va eshitib ko'rish(auskultatsiya) usullari qo'llaniladi. Bundan tashqari, bemorning tana harorati, bo'yi, vazni, ko'krak qafasining aylanasini o'lchash, balg'am, siydikning bir kunlik miqdorini aniqlash kabi qo'shimcha tekshirish usullari ham bor. Bemorning qoni, siydigi, axlati, balg'ami, yiringini laborator-bakteriologik tekshirish, arterial bosimini o'lchash, organlarini rentgenda tekshirish, elektrokardiogramma qilish, rektoromanoskopiya (yo'g'on ichakni tekshirish), sistoskopiya (siydik pufagini tekshirish), urografiya (siydik yo'llarni rentgen qilish) va boshqalar - jihozli tekshirish usuliga kiradi.
Paypaslash. Bu usul bilan faqat qorin bo'shlig'idagi a'zolarning kasalliklari emas, balki limfa tugunlari (bo'yin, qo'ltiq va chov sohasidagi limfa tugunlari)ning holati, ya'ni katta-kichikligi, shakli, qattiq-yumshoqligi, og'rish-og'rimasligi, harakatchanligi ham aniqlanadi. Bundan tashqari, terining tarangligi, namligi yoki quruqligi, bo'g'imlar, mushaklar holatini aniqlashda ham shu usul qo'llaniladi.
Paypaslash usulini mukammal bilish, kasalhklarga aniq tashxis qo'yishda yordam beradi. Masalan, yurak sohasini paypaslash bilan yurak faoliyati va yurak mushaklaridagi o'zgarishlar haqida muhim ma'lumotlarga ega bo'linadi. Qorinni paypaslashdan asosiy maqsad, qorin bo'shlig'idagi a'zolarning joylangan o'rni va holatini aniqlashdir.
Auskultatsiya. Tana a'zosida sodir bo'ladigan tovushni eshitib ko'rish auskultatsiya deyiladi. Bunda maxsus asbob - stetoskop, fonendoskop, stetofonendoskopdan foydalaniladi. O'pka, yurak-tomir tizimini, ba'zan qorin bo'shlig'idagi a'zolar auskultatsiya qilib tekshiriladi. Auskultatsiya ikki xil bo'ladi: 1) bevosita auskultatsiya - bunda bemorning badaniga bevosita quloqni qo'yib eshitib ko'riladi; 2) bilvosita auskultatsiya - bu usulda bemorni maxsus asbob (stetoskop va fonendoskop) bilan eshitiladi. O'pkadagi xirillash, plevraning ishqalanishida paydo bo'ladigan shovqin, yurakning ishi va shovqini ana shu usulda aniqlanadi. Auskultatsiya usulidan arterial bosimini aniqlashda, qon tomirining urishini eshitishda foydalaniladi.
Perkussiya. Tanani ustidan barmoq uchlari bilan urib ko'rish perkussiya deyiladi. Perkussiya yordamida ayrim ichki a'zolar chegarasi aniqlanadi, shuningdek, ularda sodir bo'lgan o'zgarishlar bilinadi. Perkussiya qilinganda, ma'lum tovush chiqadi. Shu tovushga qarab, perkussiya qilingan joyda a'zolar ahvoli haqida ma'lumot olish mumkin. Bevosita va bilvosita perkussiya farq qiladi. Bevosita perkussiyada bemor badaniga bir yoki juftlangan bir necha barmoq uchlari bilan urib ko'riladi. Bilvosita perkussiyada badanga qo'yilgan biror narsa (plessimetr) orqali urib ko'riladi. Asosan, bevosita perkussiya usuli qo'llaniladi.
Laboratoriyada tekshirish kasallikka to'g'ri tashxis qo'yishda qo'shimcha muhim vositalardan hisoblanadi.Laboratoriyada bemor chiqindilari (siydigi, axlati, balg'ami), qoni va boshqalar tekshiriladi.Shuning uchun hamshira bemordan laboratoriyada tekshiriladigan materiallar olish uslubini puxta egallashi kerak.
Texnika taraqqiyoti tufayli bemorni asbob-uskunalar yordamida tekshirish keng rusum bo'ldi, chunonchi, termometr yordamida tana harorati o'lchansa, me'da va o'n ikki barmoq ichak suyuqligi maxsus asbob - zond vositasida yig'ib olinadi. Yoritkich vazifasini o'taydigan kichkina lampochka o'rnatilgan metall naycha bilan ichki a'zolar shilliq qavatidagi kasallik belgilarini aniqlash mumkin. Bronx, hiqildoq, qizilo'ngach, me'da (oshqozon), to'g'ri ichak, qovuq va boshqa orgarJarning shilliq qavati tekshiriladi. Hamshira yuqorida aytib o'tilgan oddiy asbob-uskunalardan foydalanish usulini mukammal egallab olishi kerak. Masalan, gavda haroratini maksimal termometr yordamida o'lchay olishi, bemorning bo'yi, og'irligi, o'pkasining tiriklik sig'irnini o'lchay bilishi (spirometriya), me'da va o'n ikki barmoq ichak zondini ishlata olishi, shuningdek, maxsus asbob (tanometr) yordamida arterial qon bosimini o'lchash usulini bilishi lozim.
Bemorni rentgenda tekshirish tashxis qo'yishda ahamiyatga ega. Ichki a'zolar, yurakning katta-kichikligi, shakli va chegarasining o'zgarishi, to'qimalarda bo'lgan patologik o'zgarishlar, shuningdek, suyak singanligi rentgenda aniqlanadi.
Rentgenodiagnostika ikki xil usulda - rentgenoskopiya va rentgenografiya usulida amalga oshiriladi.
Rentgenoskopiyadeganda, a'zolarning rentgenda ko'rinishini tushunamiz. Rentgenografiya esa a'zolar suratini rentgen nuri yordamida fotoplyonkaga ko'chirishdir. Suyakning singan-sinmaganligini yoki buyrakda hosil bo'lgan organik toshlarni faqat rentgenografiya yordamida aniq va ravshan ko'rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |