Ruxsat etiladi: magniy, kaliy, kalsiy tuzlariga boy bo'lgan mahsulotlardan, mol go'shti, jigar, tvorog, pishloq, yong'oq, kakao, baqlajon, karam, shaftoli, mayiz, anjir, bargak, apelsinlar, qovun, fosforga boy bo'lgan mahsulotlardan sabzi, sut, gulkaram, shaftoli, o'rik, ko'katlardan ukrop, petrushka, kashnich.
lOb-PARHEZ. Ko'rsatma: ateroskleroz, miokard infarktining chandiqlanish bosqichi. Gipertoniya kasalligi.
Ovqatlanish tartibi: 1 kunda 5-6 marta ovqat iste'mol qilinadi. Kechki ovqat uyqudan 3 soat oldin tanovul qilinadi. Bir kunda 20-30 gsariyog' ruxsat etiladi, chunki bu moy organizm tarkibida yo'qligida o'rnini bosadi. O'simlik moylarini (paxta yog'i, kungaboqar moyi) salatlarga solib iste'mol qilish lozim. Lipotrop moddalar tvorogda, treskada, tuxum oqida uchraydi. Dengiz mahsulotlari iste'mol qilinadi.
11-PARHEZ. Ko'rsatma: Bu parhez o'pka sil kasalligining tuzalishi davrida, uzoq davom etuvchi og'ir kasalliklarda buyuriladi.
12-PARHEZ. Ko'rsatma: O'tkir yuqumli kasallikda.
14-PARHEZ. Ko'rsatma: Fosfaturiya bilan siydikning ishqoriy reaksiyasida.
15-PARHEZ. Ko'rsatma: maxsus davo parhezi kerak bo'lmagan ichki kasalliklarda qo'llaniladi. Shu kasallikka xos davo yo'qligida.
Ovqatlanish tartibi: 1 kunda 4-6 marta ovqatlanadi. Ba'zi mahsulotlami iste'mol qilishni cheklash kunlari (qisman ochlik) joriy etilishi kerak. Kontrast (yengillashtirilgan parhez) kunlari.
Kasalxonalarda bemorlarni ovqatlantirish. Bemorlar kasalxonaning kun tartibiga binoan ovqatlanadi. Kuniga 4-5 marta har 3-4 soatda ovqatlanishi kerak. Ovqatni o'z vaqtida, muntazam iste'mol qilish me'da-ichakning bir me'yorda ishlashiga yordam beradi. Ovqatlanish joyining toza va ko'rkam bo'lishi juda katta ahamiyatga ega. Bemorlar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishi, har gal ovqatlanishdan oldin qo'lini yuvishi kerak. Yuradigan bemorlar oshxonada, turishga ruxsat berilmagan bemorlar o'rnida ovqatlanadi. Bunda ovqat tarqatuvchi ovqat olib kelgandan so'ng hamshira har qaysi bemor uchun buyurilgan parhezga rioya qilinayotganligini nazorat qilib turishi lozim. Uzoq vaqtdan beri yotgan bemorlarni hamshiralar ovqatlantiradi. Ularga chanqaganda choynaksimon maxsus idishlarda qaynagan suv ichiriladi. Bemorlarning ishtahasi bo'lmaganda, hamshiralar ularni sabr-toqat va xushmuomalalik bilan ovqatlantirishlari zarur. Ba'zi bemorlar ovqat yeyishdan umuman bosh tortishi mumkin. Bunday hollarda oz-ozdan va tez-tez ovqatlantirish kerak bo'ladi. Har bir palata taomnomasiga bemorning familiyasi, qarshisiga esa beriladigan parhez stollari yoziladi. Kasalxonalarning har bir bo'limida idish-tovoq oshxonaning bufet xonasida alohida shkaflarda saqlanadi. Shkaf bo'linmalariningustiga kleyonka yoziladi. Qoshiq, vilka va pichoqlar shkafning maxsus tortmasida turadi. Bemorlar ovqatlanib bo'lgach, idish-tovoq qaynoq suv bilan yuviladi. Bufet xonasida bemorlar uchun olingan mahsulotlardan sut, tuxum va sariyog'ni saqlash uchun muzlatkich bo'lishi kerak. Non shkafning alohida bo'linmasida saqlanadi, ustiga sochiq yoki doka yopib qo'yiladi. Non bemorlarga tarqatish oldidan kesiladi. Bufet xonasida xizmat qiluvchi kishilardan boshqa hech kim bo'lmasligi kerak. Oila a'zolaridan kelgan ovqatlarni saqlash uchun koridorda bemorlar uchun ajratilgan muzlatkich va shkafchalardan foydalanish mumkin. Oziq-ovqat mahsulotlarini palata va stullarda saqlash mumkin emas. Ular davolovchi shifokor yoki bosh shifokorning ko'rsatmasi bilan davolash muassasalariga moslab qabul qilinadi.
Ovqatlantirish usullaru Sun'iy ovqatlantirish. Bemorlar ovqatni iste'mol qilmasa, majburan ovqatlantirish aslo yaramaydi. Aks holda ovqat nafas yo'llariga (masalan, traxeya, bronx va o'pkaning chuqur bo'lmalariga) tushib, yallig'lanishga sabab bo'lishi mumkin. Ovqatdan bosh tortgan, behush, operatsiyadan chiqqan bemorlar sun'iy yo'l bilan quyidagicha ovqatlantiriladi.
1. Zond orqali ovqat yuborish. Bunda uzunligi 100-150 sm, yo'g'onligi 4-8 mm li yumshoq rezina naychadan foydalaniladi.
Muolaja uchun quyidagilarni tayyorlash kerak:
sterillangan ingichka zond;
sterillangan glitserin;
d) voronka yoki jane shpritsi;
e) 600-800 ml to'yimli suyuq ovqat (shirin choy, mors, xom tuxum, mineral gazli suv, qaymoq, suyuq ovqatlar, sutli choy va maxsus tayyorlangan oziqa).
Muolajani bajarish tartibi:
zondga glitserin surtiladi;
pastki burun yo'lidan zond kiritiladi.
d) o'ng qo'l yordamida zondni burun halqumiga yopishtirib, qizilo'ngachga tushiriladi.
Zond basharti traxeyaga tushgan bo'lsa, bemor yo'taladi, harsillaydi va ko'karadi. Bunday hollarda zond tortib olinadi. Hushsiz bemorning og'zi yoki halqumi kasal bo'lmasa, zond og'iz orqali yuboriladi.
Bunda bemorning og'zini maxsus asbob—og'iz kengaytirgichdan foydalangan holda qo'l bilan ochiladi. Zondni tilning orqasiga qo'yib, halqumning orqa devoriga yetkaziladi. Bemor yutish harakatini qilganda zond qizilo'ngachga, keyin me'daga o'tadi. Zond me'daga tushgandan keyin uning ikkinchi tomoniga voronka qo'yib, to'yimli ovqatlar (masalan, sut, qaymoq, sutli choy, suyuq ovqatlar va hokazolar) yuborish mumkin. Bir kunda uch mahal 1-2 stakandan ovqat berish tavsiya etiladi. Voronkadagi ovqat me'daga tushishi bilan havo kirmasligi uchun zond qisqich bilan qisib qo'yiladi.
Bemorlar qizilo'ngachning torayishi yoki o'sma tufayli operatsiya qilinganda me'da sohasidan teshik qoldirib, teshikdan ovqatlantiriladi. Bu ishni bajarish uchun zondning bir uchini teshikka kiritib, ikkinchi uchiga voronka kiygiziladi. Zond teshikdan chiqib ketmasligi uchun har yer-har yeridan plastir yopishtirib qo'yiladi. Bemorni ovqatlantirayotgan vaqtda ovqat yaraga tegib ketmasligiga, umuman, yara ifloslanmasligiga e'tibor berish kerak. Ovqatlantirib bo'lgach, yarani sterillangan bog'lash materiali bilan bog'lab qo'yish kerak.
Klizma orqali ovqatlantirish. Bunday ovqatlantirish usuli oddiy bo'lganligi sababli keng qo'llaniladi. Ayniqsa, bemorlar ovqat yutishga qiynalganda, hushsiz yotganda, qizilo'ngachidan ovqat o'tmaganda bu usul qo'l keladi. Ovqatlantirishdan oldin bemorga tozalovchi klizma qilinadi. Oradan 1-1,5 soat o'tgach, ovqatlantirish klizmasini qilish mumkin. Klizma orqali kiritiladigan ovqat tarkibi juda murakkab bo'lishi mumkin emas, chunki to'g'ri ichakda ovqatlarni parchalovchi fermentlar bo'lmaganligidan yuboriladigan ovqat hazm bo'lmay, singimay qolishi mumkin.
Klizma orqali kiritiladigan ovqatning harorati 39-40° dan past bo'lmasligi kerak. Umuman, to'g'ri ichak orqali suv, fiziologik eritmalar, 5% li glyukoza eritmasi, emulsiya qilingan moylar, 3-4% alkogol eritmasi va aminopeptid yuborish mumkin. Bemorlarga to'g'ri ichak orqali yuboriladigan ovqatlar tomchi holida bo'lib, hajmi
200g-l,5 1 dan oshmasligi kerak. To'yimli suyuqliklar rezina «nok» (grusha) yordamida berilib, ichak peristaltikasini kamaytirish uchun afyun qo'shiladi. To'g'ri ichak orqali tomchilab ko'p suyuqlik yuborish mumkin. Buning o'ziga xos ijobiy xususiyati bo'lib, qorinning ichki bosimini oshirmaydi, ichakni mutlaqo cho'zmaydi. Peristaltikani kuchaytirmaydi va defekatsiya bo'lmaydi, gaz ajralishiga to'sqinlik qilmaydi. Tomchi klizmasidan key in bemor ruhan yengillashadi, tili qurimaydi, pulsi yaxshilanadi, ko'p siyadi.
Tomchi klizmasini qo'llashda Esmarx krujkasining rezinali naychasidan foydalaniladi. Har daqiqa o'rtacha 40-120 tomchi, bir kunda esa 1-2 1 suyuqlik yuborish mumkin. Suyuqlik Esmarx krujkasiga solingandan keyin sovib qolmasligi uchun usti berkitiladi. Tomchilar soni qisqich yordamida hisoblanadi. Uzoq vaqtgacha klizma orqali ovqat yuborish yaramaydi. Aks holda ichakning shilliq pardasi yallig'lanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |