Ruxsat etiladi: bir kunlik oq non, ozgina qaymoq, o'tkir bo'lmagan pishloq, qaynatilgan go'sht yoki kuchsiz qovurilgan qiymali go'sht, ko'kat, qirg'ichda qirilgan yoki qaynatilgan sabzavot va mevalar.
5-PARHEZ. Ko'rsatma: surunkali gepatitlar, jigar sirrozlari, surunkali xoletsistitlar.
Ovqatlanish tartibi: bemor bo'lib-bo'lib kuniga 5-6 marta ovqatlanadi. Hamma ovqatlar qaynatib yoki bug'da pishiriladi, shu bilan birga gaz plitasining patnisida tayyorlanishi mumkin.
Tavsiya qilinadi: suzma (kuniga 50-100 g dan), sut va sut mahsulot-lari, pishloqning chuchuk turlari, qaynatilgan yog'siz baliq, meva va sabzavotlar, o'simlik yog'larini parhezga qo'shishi tavsiya etiladi.
6-PARHEZ. Ko'rsatma: podagra, eritremiya.
Umumiy ta'rifi: tarkibida purin mavjud bo'lgan mahsulotlar ovqatga qo'shilmaydi, go'sht mahsulotlari kamaytiriladi.
Ishqoriy xususiyatli mahsulotlar (meva va sabzavotlar, sut va sut mahsulotlari) beriladi. Osh tuzi miqdori bir oz qisqartiriladi.
7a-PARHEZ. (Jordano - Jovanetti parhezi). Ko'rsatma: o'tkir glomerulonefritning guruchli, olmali, kartoshkali yoki shakarli kunlari o'tgandan keyin. Ovqatlanish tartibi: 1 kunda 5 marta taom iste'mol qilish tavsiya etiladi.
7b-PARHEZ. Ko'rsatma: o'tkir nefrit 7a-parhez qilingandan keyin, surunkali nefrit shishi, gipertoniya bilan xuruj qilishi.
Umumiy ta'rifi: yog' va uglevod miqdori fiziologik norma atrofida, qaynatilgan go'sht yoki qaynatilgan baliq va 200 g sut yoki qatiq hisobiga oqsil miqdori 45-50 g ga ko'paytiriladi. Osh tuzi miqdori mahsulotlarda 1,5 g ga oshiriladi. Suzma, tuxum beriladi.
7-PARHEZ. Ko'rsatma: o'tkir nefritning sog'ayishi bosqichi. Siydik cho'kmasi yaqqol ko'rinmay, o'zgargan surunkali nefrit. Gipertonik kasallik, homiladorlik nefropatiyasi.
Umumiy ta'rifi: tuzsiz, xuddi 7a va 7b-parhezidek, ammo oqsil miqdori 80 g gacha, qaynatilgan go'sht, suzma, baliq qo'shish hisobiga oshiriladi.
Ruxsat etiladi: suzma, sut, sutli mahsulotlar, go'shtli, baliqli teftel, frikadel, bug'da pishgan kotlet, shirinliklar, qandolat mahsulotlari, pishloq, ko'katlar — ko'kpiyoz, ukrop, petrushka, sarimsoqpiyoz, bug'doy non, loviya, no'xat, yong'oq, sabzavot — lavlagi, karam, sabzi, kartoshka, baqlajon, mevalar (quritilgan) — o'rik, uzum, anjir, shaftoli, olma iste'mol qilishga ruxsat etiladi.
8-PARHEZ. Ko'rsatma: semizlik.
Umumiy ta'rifi: taomning kaloriyasini uglevod, yog' hisobiga kamaytirish. Oqsil fiziologik normadan yuqori, sabzavot, mevalar yetarli miqdorda beriladi. Osh tuzi kamaytiriladi. Suyuqlik chegaralanadi (1000-1200 ml).
Ovqatlanish tartibi: kam kaloriyali ovqat tez-tez yeyiladi.
9-PARHEZ. Ko'rsatma: qandli diabet, atsidoz va unga qo'shimcha kasalliklar bo'lmaganda.
Ko'proq sabzavot beriladi. Tuz, xolesterin cheklanadi. Bemorlarga qora non, sut, sut mahsulotlari, go'sht, baliq, pishloq, sariyog', tuxum, smetana, sabzavot, olma iste'mol qilish tavsiya etiladi.
10-PARHEZ. Ko'rsatma: yurak-tomirlar tizimi kasalliklari: a) yurakning revmatik illatlari, kompensatsiya bosqichi; b) gipertonik kasalliklarning 1-2 bosqichida; d) nerv tizimi kasalliklari; e) faqat siydikda o'zgarishlar mavjud bo'lgan surunkali nefrit.
Ovqatlanish tartibi: 1 kunda 5-6 marta, kechki ovqat uxlashdan 3 soat oldin beriladi. Yurak-tomirlar kasalliklarida suyuqlik 1000-1200 ml gacha kamaytiriladi
10a-PARHEZ. Ko'rsatma: yurak kasalliklari yetishmovchiligi-ning II-HI darajasi.
Gipertoniya kasalligini (III) bosqichi, miya, qon aylanishining buzilishi. Miokard infarktining o'tkir va o'rtacha o'tkir bosqichi.
Umumiy ta'rifi: mahsulotdagi oqsil miqdori normaning pastki chegarasiga to'g'ri kelishi va yog', uglevodlar ham chegaralangan bo'lishi lozim. Tuzsiz ovqat, non ham tuz solmasdan yopiladi. Suyuqlik iste'mol qilish kamaytirilgan bo'lishi kerak. Ovqat qaynatib yoki bug'da pishirib tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |