Konduktometrik titrlash – titrlash jarayonida eritmaning elektr o‘tkazuvchanligi o‘lchab boriladi. Olingan natijalar asosida (elektr o‘tkazuvchanlikning titrant hajmiga bog‘iqligi) titrlash egri chiziqlari chiziladi. Aniqlanadigan moddadagi ionlarning harakatchanligini turlicha bo‘lganligiga qarab, titrlash egri chiziqlarining ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.
a) Kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash;
b) CHo‘kma hosil qilish reaksiyasiga asoslangan titrlash;
v) Kuchli kislotani, kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo‘lgan tuzi bilan titrlash;
g) Kuchsiz asos va kuchli kislotadan hosil bo‘lgan tuzni kuchli asos bilan titrlash egri chiziqlari.
Ekvivalent nuqta titrlash egri chiziqlaridan topiladi va hisoblashlar olib boriladi. Konduktometrik titrlashda neytrallanish, oksidlanish-qaytarilish, cho‘ktirish, kompleks hosil qilish, qaytar va qaytmas reaksiyalardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |