YOrug‘likning yutilish qonuniyatlari va yutilish spektrlarini ifodalash usullari. Optik spektrlar deganda infraqizil, ultrabinafsha va ko‘zga ko‘rinadigan nurlardan foydalanib hosil qilinadigan spektrlarga, aytiladi. Optik spektrlar uchun yorug‘lik yutilishining umumiy qonuniyatlari mavjud bo‘lib, bu qonuniyatlar o‘rganilayotgan yoki tekshirilayotgan modda va yutilayotgan nurning miqdori bilan bog‘liq. Bu bog‘liqlik Lambert-Buger-Ber qonuni orqali ifodalanadi. Tekshirilayotgan neft va gaz mahsulotlaridan olingan organik moddalar eritmasi orqali o‘tgan nur jadallikligi eritma qavati qalinligi bilan uning konsentratsiyasiga teskari proporsionaldir.
(1)
Bu erda І0 -eritmaga tushayotgan nur jadalligi, I-chiqayotgan nur jadalligi, l-eritma qavatining qalinligi, R-yutilish koeffitsienti, S-eritmaning konsentratsiyasi, L - natural logarifm asosi.
(2)
Nurning jadalligi ya’ni nurning jadalligi yoki tezligi deganda amplitudasi yoki tebranish kengligi tushuniladi. Quyidagi formuladan foydalaniladi.(4-rasm).
optik zichlik deyiladi.
(a) (b)
5- rasm. Kofein (a) va xinolin(b)ning UB - spektrlari.
Nurning yutilish spektrlarini grafik usulda ifodalash uchun yutilish koeffitsentining to‘lqin uzunlikka bog‘liqligi acoc qilib olinadi yoki ikkita o‘zgaruvchan kattaliklar-jadallik ya’ni jaddaligi va to‘lqin uzunligi omillari koordinatlar o‘qiga qo‘yilib, spektr hosil qilinadi. Ko‘pincha, abssissa o‘qiga to‘lqin uzunligi, ordinata o‘qiga esa jadalliklik joylashtiriladi. Xullas, moddaning spektri deganda, muayyan chastotada yoki to‘lqin uzunlikda elektromagnit to‘lqinning qancha qismi yutilishi (yoki chiqarilishi) ko‘rsatuvchi grafik tushuniladi. Agar (2) formulada konsentratsiya mol/litr, eritma qavatining qalinligi sm da olinsa, ε-yutilishning molyar koeffitsenti yoki ekstinksiya deyiladi.
(3)
bu erda -ekstinsiya.
Ultrabinafsha (UB)-spektroskopiyada odatda ordinata o‘qiga ε yoki LgA abssissa o‘qigaesa millimikron (mmk) yoki angstrem (A) da ifodalangan to‘lqin uzunligi quyiladi. (5-rasm). IQ-spektroskopiyada esa ordinata o‘qiga quyidagi kattaliklardan biri joylashtiriladi.
l/l0- o‘tgan (yoki yutilmagan) nur miqdori, (l/l0)∙100 yutilmagan» nur foizi, (l0 – l)/lyutilgan nur miqdori, (l0 – l)/l∙100yutilish foizi, D =lg(l0/l) - optik zichlik, ekstinksiya yoki molyar yutilish koeefitsienti (qavati qalinligi 1 sm bo‘lgan 1 molyar eritmaning optik zichligi). To‘lqin soni esa abssissa o‘qiga esa quyiladi. To‘lqin soni-bu bir sm masofada joylashishi mumkin bo‘lgan to‘lqinlar soni bo‘lib, sm-1 da olingan to‘lqin uzunligining teskari qiymatidir.To‘lqin soni sm-1 kabi belgilanadi (teskari santimetr). Juda kamdan-kam hollarda abssissa o‘qiga mikronlarda ifodalangan to‘lqin uzunligi quyiladi.
6- rasm. Neftdan olingan difenil efirining IQ- spektri.
6-rasmda IQ-spektrlarning ko‘p qo‘llaniladigan grafik ifodasi keltirilgan. Spektroskocho‘qqi usullar neft va gaz mahsulotlaridan olingan murakkab organik moddalarni tuzilishini o‘rganishda eng ko‘pqo‘llaniladigani IQ-spektroskopiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |