YOrug‘lik filtrlari.Fotometrik tahlil usulida sezgirlikni oshirish va aniq natija olish uchun fotometrlanayotgan rangli eritma tomonidan yutilayotgan nurning eng katta qiymatini ishlatish maksadga muvofiqdir. Ko‘zga ko‘rinadigan spektrlar sohasidan ma’lum bir to‘lqin uzunlikdagi nurlarni ajratib olish uchun, nur yutuvchi eritmalar oldiga, yorug‘lik o‘rtasini yo‘liga nur yutgichlar ya’ni nur filtrlari o‘rnatiladi. Nur filtrlari sifatida rangli shishalar va plyonkalar rangli suyuqliklar va interferension nur filtrlari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |