2. Jadvallangan grafik usuli.Bu usulda Ber qonuniga bo‘y so‘nadigan konsentratsiyada bir nechta standart rangli eritma tayyorlanadi va ularning optik zichligi o‘lchanadi. Olingan ma’lumotlar asosida ordinata o‘qiga optik zichlik, abssissa o‘qiga esa, eritma konsentratsiyasining qiymatini quyib, grafik chizamiz. CHizilgan grafikni (7-rasm) jadvallangan grafik deyiladi. So‘ngra, tekshirilayotgan no’malum konsenratsiyali eritmaning optik zichligini (D) ni o‘lchab, chizilgan grafik yordamida uning konsentratsiyasi (Sx, mg/ml, mkg/ml) qiymati topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |