J:Fonetik so‘z — leksemaning fonetik qiyofasi, nomi.
19. Denotat, referent nima?
J: Denotat - leksema tomonidan nomlangan narsa-predmet, voqelik.
‘Referent — til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti.
20. Signifikat nima?
J: Signifikat — til birligi ifodalaydigan ma'no.
21. Valent lik haqida ma'lumot bering.
J:Valentlik - leksemaning birikma yoki gap tarkibida boshqa leksemalar
bilan aloqaga kirisha olish xususiyatlari.
22. Leksik m a'no bilan so'zning nom i o'rtasidagi bog'lanishni qanday tushunasiz?
J:
23. Leksik ma'no va tushuncha haqida ma'lumot bering, leksik ma'noning lingvistik kategoriya, tushunchaning esa logik kategoriya ekanligini tushuntiring.
J: Leksik ma’no - leksemaning nimanidir nomlashi, atashi, anglatishidir.Tushuncha esa, garchi so'z va uning ma’nosi bilan aloqada bo'lsa-da, inson tafakkurining mahsuli sifatida logik kategoriya hisoblanadi.
24. Leksemaning semantik tarkibida leksik ma'nodan tashqari yana nimalar bo'lishi mumkin?
J: Leksemaning semantik tarkibida leksik ma'nodan tashqari qòshimcha ottenkalar(ma'no qirralari)bòlishi mumkin.Ular leksik ma'noga ustama sema tarzida biriktirilgan bòladi.
25. Ifoda semalari va turkumlik semalari haqida ma'lumot bering
J: lfoda semalari leksemalarni atashdan, nomlashdan tashqari, shaxsiy munosabatlarni ifodalashiga yoxud shu leksemalarning qo'llanishi doirasini belgilashiga
xizmat qiladi.
Turkum semalar leksik ma’noga tayangan holda leksemalarning grammatik ma’nolarini belgilaydi, shu asosda leksemalarning leksik- grammatik guruhlanishi — so'z turkumlariga uyushishi ni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |