Mavzu-1 “ Linvistik va metodik tadqiqot asoslari maxsus kursiga kirish” fanining kursning maqsad va vazifalari


Falsafa tadqiqotchini bilish jarayonining umumiy qonuniyatlari



Download 99,46 Kb.
bet8/23
Sana04.07.2022
Hajmi99,46 Kb.
#739085
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
Tadqiqot majmua

Falsafa tadqiqotchini bilish jarayonining umumiy qonuniyatlari, haqiqat hamda unga yetish yo'llari va shakllari haqidagi ta’limot bilan «qurollantiradi» (gnoseologik jihat). Falsafa (ayniqsa, uning ratsionalistik ko’rinishida) olimga bilish munosabatlarining mohiyati, uning shakllari, darajalari,dastlabki shartlari va umumiy asoslari, u n in g haqiqiyligi shartlari, bilishning ijtimoiy-tarixiy jihatlari to‘g`risida dastlabki gnoseologik ko’rsatmalar beradi.
Masalan, dialektika tamoyillari m a’lum muvofiqlashtirilgan tizimni hosil qiladi. Mana shunday tamoyillar birgalikda eng yuqori darajadagi metodologik dasturni tashkil etadi. Ular faqat tadqiqotning umum iy rejasini, u n in g strategiyasini belgilaydi (shuning uchun ham ular strategik tamoyillar deb ataladi), bilishni voqelikni uning universal umumiy xususiyatlarida o’zlashtirishga yo’naltiradi.
Mazkur tamoyillarning evristik qudrati ularning mazmuniga hamda ulardan tog’ri va o’rinli foydalanilishiga bog’liq.
Falsafiy-metodologik dastur «faktlarni bichish va qayta bichish»ga xizmat qiladigan q at‘iy sxema, «andoza», stereotip emas, balki tadqiqot u ch u n «umumiy qo`llanma» bo’lishi kerak.
2. Falsafiy tamoyillarnormalarning mexanik «to’plami», «qoidalar ro’yxati» ham emas. Falsafiy tamoyillar majmui— moslashuvchan, harakatchan va ochiq tizim , u tadqiqotning oldindan o’lchangan, to’la kafolatlangan hamda muvaffaqiyatga erishishi ayon bo’lgan yo’llarini «ishonchli ta’minlay» olmaydi. Falsafadan olim ma’lum qarashlar, ko’rsatmalar, hayot mazmuniga oid mo'ljallar oladi. Ular ilmiy tadqiqot jarayoniga va uning pirovard natijalariga—ba’zan ancha jiddiy (ayniqsa, gumanitar fanlarda) ta ’sir ko‘rsatadi (aksiologik jihat). llmiy bilishga falsafa nazariyalar (ayniqsa, fundamental nazariyalar) tuzishda ko'proq ta’sir ko'rsatadi. Bu ilmiy inqiloblar jarayonida tushuncha va tamoyillaming «tubdan o’zgarishi» davrlarida, ayniqsa, faol sodir bo’ladi.
O’z- o’zidan ayonki, olim qanday—»yaxshi» yoki «yomon» fal- safaga amal qilayotgani va qaysi falsafiy tamoyillardan foy- dalanayotganiga qarab, mazkur ta’sir ijobiy yoki salbiy bo’lishi mumkin. Bu haqda V. Geyzenberg «Yomon falsafa yaxshi fizikaning boshiga yetadi», deb aytgan edi.
A. Eynshteyn ta’biri bilan aytganda esa falsafa «barcha ilmiy bilim- larning onasi»dir.Aniqroq qilib aytganda, maxsus ilmiy tadqiqot jarayoniga va nazariya tuzishga falsafaning ta’siri, jumladan, shundan iborat bo`ladiki, falsafiy tamoyillar «g'oyadan fundamental nazariy tadqiqotga o’tishda o’ziga xos selektiv funksiyani bajaradi. Bu shun- da namoyon bo`ladiki, tadqiqotchi taxmin qilingan ko’plab kombinatsiyalar orasidan faqat o’z dunyoqarashiga muvoflqlarini amaiga oshiradi» Ammo olim kombinatsiyalarni tanlashda faqat o’z dunyoqarashidan emas, balki falsafiy-metodologik va boshqa qarashlardan ham kelib chiqadi. Fan tarixidan bunga ko’plab misollar keltirish mumkin.
3.Falsafaning integrativ (sintetik) funksiyasi - bilish, amaliyot va madaniyat—butun insoniyatning jami tajribasining turli-tuman shakllarini tizimli, yaxlit umumlashtirish va sintez qilishdir (yangi obrazda birlashtirish). Falsafiy umumlashtirish esa yuqorida zikr etilgan tajribaning xususiy ko’rinishIarini shunchaki mexanik birlashtirish emas, balki sifat jihatidan yangi, umumiy va universal bilim sifatidagi umumlashtirishdir.
4. Falsafaning tanqidiy funksiyasi. Falsafa o’zining mazkur funksiyasi bilan inson faoliyatining barcha sohalari, bilishga, amaliyotga, jamiyatga, odamlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlarga ham kirib boradi.
Tanqid - ma ’naviy faoliyat usuli. Uning asosiy vazifasi- hodisaga yaxlit baho berish, uning qarama-qarshiliklarini, kuchli va kuchsiz to monlarini, ijobiy va salbiy jihatlarini aniqlash.
Tanqidning ikki asosiy shakli mavjud: bunyodkor va vayronkor.
Falsafa va ilmiy bilishda tanqidning ikkala shakli ham uchraydi, ammo bunyodkor tanqid eng unumli va sermahsuldir. XX asming yirik faylasufi K. Popper ta’biri bilan aytganda, “hamma narsa tanq id uchun ochiq” tamoyili fanning eng buyuk metodidir.
Tadqiqot jarayonida falsafiy metodlar doim ham yaqqol namoyon bo’lavermaydi. Ularni yoki stixiyali, yoki ongli tarzda qo'llash va hisobga olish m u m kin. Ammo umumiy ahamiyatga ega b o ‘lgan unsur (masalan , qonunlar, tushuncha, tamoyil va boshqa)Iar har qanday fanda mavjud. Ular fanni «amaliy mantiq»qa aylantiradi. Ularning har birida «falsafa hukm suradi», zero, umumiy unsur (mohiyat, q o n u n )lar hamma yerda mavjud. Falsafa «yaxshi» bo'lgan va ilm iy tadqiqotda ongli tarzda q o`lla n g a n hollarda ijobiy natijalarga erishiladi.
Shu o 'rinda qayd etib o‘tish kerakki, hozirgi zamon fanida ichki ilmiy metodologik refleksiyaning keng rivojlanishi falsafiy metodlarni «bekor» qilmaydi, ularni fandan «quvib» chiqarmaydi. Mazkur metodlar fanda, uning o ‘z m etodologik vositalari qay darajada rivojlangan bo‘lmasin, har doim muayyan darajada mavjud bo’ladi. Falsafiy metodlar, tamoyil va tushunchalar fanga rivojlanishning har bir bosqichida chuqur kirib boradi. Masalan, har qanday fan dialektika tushunchalarining butun arsenalidan deyarli to`liq foydalanadi, unda hamisha haqiqat va uning yanglishish bilan o’zaro nisbati muammosi ko’ndalang bo‘lib turadi, moddiy va ideal narsalarning, subyekt va obyektning o'zaro aloqasi muammolari, boshqa falsafiy masalalar olim uchun an ’anaviy og‘ir muammolar hisoblanadi. «Tor soha mutaxassisi» ham isha ularga «to'qnash » keladi, o'zining maxsus ilmiy va metodologik masalalari qatori, ulami ham muayyan tarzda yechishga majbur bo‘ladi.
Ilmiy bilishda falsafiy tamoyillarga amal qilish, ayni paytda, ulami qayta tushunish , teranlashtirish va rivojlantirishni ham anglatadi. Masalan, kvant mexanikasi, N. Borning ta ’biri bilan aytganda, bizga «gnoseologik saboq» b o‘ldi. A. Eynshteyn va L. Infeld shunday deb qayd etadi: «Ilmiy tadqiqot natijalari ko‘pincha fanning cheklangan sohalari doirasidan ancha tashqarida ham amal qiladigan muammolarga nisbatan falsafiy qarashlarda o ‘zgarishlar yasaydi... Falsafiy umumlashtirishlar ilmiy natijalarga asoslanmog`i kerak.
Binobarin, falsafaning metodologik funksiyasini amalga oshirish yo‘li nafaqat fanni rivojlantirishning fundamental masalalarini hal qilish usuli, balki falsafaning o ‘zini, uning barcha metodologik tamoyillarini rivojlantirish usuli hamdir.

Download 99,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish