Mavzu 1 : Kirish. Elektr va magnit maydonlarni xarakterlovchi asosiy tushunchalar Maqsad



Download 40,99 Kb.
bet3/4
Sana13.06.2022
Hajmi40,99 Kb.
#666243
1   2   3   4
Bog'liq
м1

Elektr toki.
Zaryadlarning kamayishi yoki ortishi, ya'ni zaryadlarning vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi bilan xarakterlanadi. Elektr toki - zaryadlarni vaqt bo`yicha o`zgarish tezligi, hosilasidir. Elektr toki i (I) harfi bilan belgilanadi va amperlarda (A) o`lchanadi.
I = d= / dt
Vaqt funksiyasi bo`lgan toklar o`zgaruvchan toklar deyiladi va kichik harflarda belgilanadi i = i(t). Ularni oniy qiymati vaqtga bog`liq bo`ladi. Bunday toklar matematik ko`rinishda beriladi yoki ifodalanadi Masalan: sinusoidal tok i(t)=Imsinwt yoki sinusoidal grafiklar ko`rinishida beriladi.
Agar vaqtning istalgan paytida tokning oniy qiymati doimiy bo`lsa, bu holda o`zgarmas tok deyiladi va bosma I harfi bilan belgilanadi. Elektr tokini o`lchovchi asboblar-ampermetrlar qo`llanilib, o`lchanuvchi tokka ketma-ket ulanadi. Iste'molchidagi tokni kattaligini o`zgartirish uchun Iist sxemaga reostat ulangan. (1 -rasm).
Elektr toki (elektr energiya oqimi) sxemalarda strelka bilan belgilanadi, o`tkazgich simlarga (uzatish liniyalariga) qo`yiladi.
Zaryadlarni saqlanish qonuniga asosan tokni yo`li har doim yopiq bo`ladi (2 -rasm)
.

IIST. 1 2 I IST

1 -rasm. 2 -rasm.


Shunday qilib, elektr zaryadining o`zgarishi - elektr toki - elektromagnit energiya oqimi-energiyani yutilishi yoki ajralishi bilan organiq bog`langan.


Elektromagnit energiya tashuvchilari elektromagnit quvvat.
Har xil jarayonlar natijasida ajralib chiqadigan, elektromagnit energiya bo`shliqda elektromagnit energiya tashuvchilari - fotonlar tezligida tarqaladi. Ma'lumki, elektromagnit energiya tashuvchilari fotonlar bo`shliqqa maksimal tarqalish tezligi, yorug`lik tezligiga teng bo`lgan 300000 km/s tezlikka ega. Fotonlarning bunday yuqori tezligi natijasida elektromagnit energiya oqimi iste'molchilar yer sharining istalgan nuqtasida joylashganiga qaramasdan shu onda iste'molchiga yetkaziladi. Elektronning zaryadi juda kichik bo`lgani uchun, juda kichik tokda ham o`tkazgich bo`ylab juda katta sonlik elektronlar oqadi, masalan, odam tanasi zo`rga sezadigan 1 mA tokda 1 sekundda odam tanasi orqali 6 1015 ta elektronlar o`tadi. Agar bu elektronlarni yer shari odamlariga tarqatsa (taxminan 3 109 odam) har bir kishiga 2 mlndan elektron to`g`ri keladi. O`tkazgichlarda elektronlarning harakati unchalik katta emas. Masalan, o`tkaz-gichda tok zichligi 6 A/mm bo`lganda erkin elektronlarning tezligi 0,3 mm/sek bo`ladi.
Lekin elektromagnit energiyani tarqalish tezligi juda yuqori. Masalan, havo liniya simlarida elektromagnit maydonning tarqalish tezligi 300000 km/sek, ya'ni yorug`lik tezligiga teng. Bunga shubha yo`q, chunki elektr zanjirini ulaganda barcha erkin elektronlar bir vaqtning o`zida harakatga keladi.
Elektr energiyani hosil qilish va uni iste'mol qilishi quvvat orqali xarakterlanadi.
Elektromagnit quvvat elektromagnit energiyani vaqt bo`yicha hosilasidir, ya'ni uni o`zgarish tezligidir.
Quvvat r (R) xarfi bilan belgilanidi va vattlarda o`lchanadi. [Vt]=[j/s]
R(t) = dW / dt
Quvvat vattmetrlar yordamida o`lchanadi va 2 -rasmda ko`rsatilgandek ulanadi. Iste'molchilarning quvvati har doim musbat bo`ladi R >0.
Quvvat qanaqa kattaliklarga bog`liq bo`ladiq Buning uchun 2 - rasmdagi sxemaga har xil lampalarni ulab ko`ramiz. Reostat yordamida lampalar toki Iist bir xil ushlansa ham, vattmetrdan ko`ramizki, lampalar har xil elektr energiyaga ega bo`ladi. Demak, quvvatni hisoblash yoki o`lchash uchun faqat tokni o`lchash yetarlik emas. Buning uchun, ya'ni bir xil tok kattaligida har xil quvvat bo`lishini sababini tushuntirish uchun yana bir elektr kattalik- elektr kuchlanishi zarur.

Download 40,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish