Elektr (elektromagnit) energiya.
Barcha turdagi fizik o`zaro ta'sir turlarida harakatda, materiya o`zgarishida umumiy miqdoriy o`lchov-energiya mavjuddir. Energiya tushunchasi barcha fizik hodisalarni umumiy bog`laydi.
Elektr va magnit hodisalarni umumiyliklariga mos holda elektromagnit o`zaro ta'sir energiyalarini elektromagnit maydon energiyasi yoki oddiy elektromagnit energiya - deb nomlanadi. Agar maydonni ikki tashqil etuvchisi alohida qaralsa, u vaqtda elektr yoki magnit maydon energiyalari deyiladi.
Elektromagnit jarayonlarni elektr zanjirlari orqali ifodalashda an'anaga ko`ra elektr energiya terminidan foydalaniladi.
Energiya (W) harfi bilan belgilanadi va joullarda (J) o`lchanadi.
Istalgan fizik jarayonlarda energiyani saqlanishi va aylanishi qonuniga rioya qilinadi. Shu qonunga asoslangan holda boshqa tur energiyada elektr energiyasini hosil bo`lishi,hosil qiluvchi qurilmalarda (elektr mashina generatorlari,magnit gidrodinamik generatorlari, akkumulyatorlar va h.k.) amalga oshadi.
Elektr energiyasini boshqa turdagi energiyaga aylanishi (mexanik, issiqlik, yorug`lik va h.k.) energiyaning SAqlanish va aylanish qonuniga asoslanadi. Shu qonundan kelib chiqgan fundamental qonunlardan Kirxgof qonunlari hisoblanadi..
Elektr zaryadi.
Agar energiya materiyaning biri barcha turlari uchun universal fizik kattalik bo`lsa, uning barcha o`zaro ta'sirlarda elektr zaryadi (spetsifik) o`ziga xos fizik kattalik hisoblanib, u o`zini elektromagnit o`zaro ta'sirida, hodisalarda va jarayonlarda namoyon bo`ladi. Elektr zaryadining elementar tashuvchilari elektronli va protonli (elektron zaryadi manfiy, protonning zaryadi musbat qabul qilingan) hisoblanadi. Hozirgacha elementar zaryad-elektronning bo`linishi va parchalanishi kuzatilmagan. D.I.Mendeleyev jadvalidagi barcha atomlarda protonlar soni tengdir.
Elektr zaryadi q (Q) harfi bilan belgilanadi va kulonlarda o`lchanadi.Elektronning elementar zaryadi e=1,6 10-19 Kl ga tengdir.
Zaryadlar uchun Saqlanish qonuni o`rinlidir: yopiq sistemada jismlar (elementlar)ning elektr zaryadlarining algebraik yig`indisi, shu sistemadagi jismlarning bir-birlari bilan o`zaro ta'sirida o`zgarmasdan qoladi.
Zaryadni saqlanish qonuni zaryadlangan jismlar va zarrachalarning yopiq sistemasi uchungina o`rinli ekanligini e'tiborga olamiz.Jismni zaryadlash uchun jismga yoki molekulaga qandaydir energiya sarf qilish kerak. Masalan,akkummulyatorlarda ximiyaviy energiya neytrallik holatini yo`qotadi va qarama-qarshi zaryadlangan ionlarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |