Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma material, test materiallari



Download 165,41 Kb.
bet37/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Dars jihozi: darslik, siyosiy xarita, tarqatma material, test materiallari.

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Tashkiliy qism:

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;

B) O’quvchilar bilan salomlashish.

C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.

D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;

E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;

Darsning asosiy qismi: (Yangi mavzu bayoni)

Buxoro va Boburiylar davlati munosabatlari

Movarounnahrda hukmronlik qilayotgan Abdullaxon II safaviylarga qarshi kurashda boburiylar bilan birga harakat qilishga intilgan. Shu sababdan 1572-yili Abdullaxon II Akbarshoh huzuriga o’zining elchilarini yubordi. Buxorolik elchilar o’z hukmdorining sovg’a-salomlari va maktubini olib borganlar. Bir qancha vaqtdan so’ng yana javob sovg’a-salomlari va maktubini olib, o’z vatanlariga qaytganlar. Abdullaxon o’z maktubida ikki davlat o’rtasida do’stlik munosabatlarini mustahkamlash istagini bayon qilgan edi. Bundan ko’zlangan maqsad boshqa davlatlar tomonidan bo’lishi mumkin bo’lgan hujum xavfiga qarshi ittifoq tuzish edi. 1577-yili Abdullaxon II Hindistonga ikkinchi marta elchi yuborgan. Bu elchi almashishdan siyosiy maqsad ko’zlangan edi. Abdullaxon II to’g’ridan to’g’ri Eronni o’zaro taqsimlab olishni taklif qildi. Lekin Akbarshoh bunga rozi bo’lmadi. Chunki bu davrda Hindistonning shimolidagi mustaqil knazliklar-Sing va Kashmimi bosib olish uchun tayyorgarlik ko’rayotgan edi. Akbarshoh Sing va Kashmimi bosib olib, shayboniylar davlatining janubiy chegaralariga yaqinlashdi. Shunday sharoitda, 1584-yili Badaxshon Abdullaxon tomonidan egallandi.

Abdullaxon II endi Akbarshoh huzuriga 1585-yilda uchinchi marta elchi yubordi. Elchi Buxoro xoni yuborgan maktubni Akbarshohga topshirdi. Maktubda Abdullaxon Badaxshonning fath etilish sabablarini tushuntirishga harakat qilgan edi. Abdullaxonning fikricha, musulmonlarning muqaddas shaharlari bolgan Makka va Madinaga boradigan yo’l Badaxshon orqali o’tardi. G’ayridinlardan tozalash maqsadida u Badaxshonni egallaganini bildiradi.

1586-yilning 23-avgustida Akbarshoh o’zining elchisini Abdullaxonning elchilariga qo’shib Buxoroga yuboradi. Akbarshoh o’z maktubida Abdullaxonga Turkiya Eronning bir qismini bosib olganligidan tashvishlanayotganligini, Buxoro va Hindiston birgalikda Eronga yordam ko’rsatishi zarurligini ma’lum qilgan edi. Akbarshohning asl maqsadi Balx va Badaxshonni, imkoni bo’lsa, Xurosonni ham o’ziga bo’ysundirish edi. Shu tufayli, Abdullaxon II bunday ittifoqqa rozi bo’lmaydi. Bu paytda Eron hukmdori shoh Abbos I Eronni birlashtirishga, mustahkamlab olishga erishgan edi. Buxoro-Usmonli turk davlati munosabatlari.

Manbalarda ta’kidlanishicha, Muhammad Shayboniyxon bilan Usmonli turk sultoni Boyazid II o’rtasida Eron safaviylariga qarshi kurash to’g’risida shartnoma tuzilgan. Bu shartnoma Shayboniyxondan keyin ham davom etdi.

1515-yilda turk sultoni Sulton Salim huzuriga shayboniylar elchisi bordi. Sulton Salimning elchisi Muhammadbek esa o’sha yili Buxoro xonligiga sultonning maktubini olib keladi. Sulton o’z maktubida Ubaydullaxonni „qizilboshlilar“ga qarshi kurashga chaqiradi. Usmoniylar va shayboniylarning safaviylarga qarshi kurashida din bir niqob edi, xolos. Aslida esa bu G’arbiy Eron, Kavkaz va Xuroson uchun olib borilayotgan siyosiy kurashning natijasi edi. Usmoniylar Buxoro xonligining ichki ishlariga ham aralashgan. Chunonchi, shayboniyzodalarning Movarounnahr taxti uchun kurashida usmoniylar Toshkent hokimi Baroqxon Navro’z Ahmadxon ibn Suyunchxo’jaxonga yordam uchun harbiy kuch ham jo’natgan. Baroqxonning Toshkentdagi qarorgohida 300 nafar turk askari doimiy xizmatda bo’lgan, qurol-aslaha bilan ham ta’minlab turgan. Turk askarlari Baroqxon tarafidan turib Nasaf yonida Abdullaxon II ga qarshi janglarda qatnashganlar.




Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish