Mavzu: 1-§. 15-asr oxiri-16-asr boshlarida Movarounnahrda siyosiy vaziyat


Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi



Download 165,41 Kb.
bet33/223
Sana30.12.2021
Hajmi165,41 Kb.
#197564
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   223
Bog'liq
8-o'zbek konspekt tarix [uzsmart.uz]

Shayboniylar davrida davlat boshqaruvi.

Shayboniylar hukmronligi yillarida oliy davlat idorasi dargoh deb atalgan. Uning tepasida xon turgan.

Shayboniylar davlatida devonbegi (bosh vazir) lavozimi katta nufuzga ega bo’lgan. U davlat moliya va xo’jalik ishlarini boshqargan.

Xonlikda muhim davlat mansabi naqib hisoblangan. U xonning eng yaqin va ishonchli kishisi bo’lgan. Xonning farmon va yorliqlarida naqibning nomi birinchi bo’lib yozilgan. Ayni paytda, u davlat ichki va tashqi siyosati masalalarida xonning birinchi maslahatchisi hisoblangan. Bundan tashqari, naqib harbiy yurishlami uyushtirgan. Zarur bo’lganda elchilik vazifasini ham bajargan.

Yana bir katta davlat mansabi bu-otaliq edi. Xon siyosatining viloyatlardagi ta’siri otaliq mansabiga tayinlanganlarning nufuzi bilan belgilangan. Xon viloyatlarni shahzodalarga taqsimlab berar ekan, ularga rahnamo etib o’z nazoratchisini, ishongan kishisini tayinlagan. Bunday nazoratchi, ishonchli shaxs otaliq deb atalgan. Balog’atga yetmagan shahzodalar ulg’ayib, mustaqil faoliyat yuritgunlariga qadar davlat ishlarini ularning nomidan otaliqlar boshqargan.

Yana bir davlat mansabi-parvonachi deb atalgan. Uning vazifasi xon farmonlarini, rasrniy hujjatlami mas’ul shaxslarga, ijrochilarga yetkazishdan iborat bo’lgan.



Dodxoh mansabida ishlagan amaldor dargohga tushgan arizalami qabul qilgan va ularga javob qaytargan. Shuningdek, mamlakatda adolat mezonlariga amal qilinishini nazorat qilgan.

Muhim davlat mansablaridan yana biri-ko’kaldosh mansabi edi. Bu mansabga xon sulolasiga eng yaqin shaxslardangina tayinlangan. Ko’kaldosh xon siyosatiga fuqarolarning munosabatini o’rgangan va bu siyosatning daxlsizligini ta’minlagan.

Xon va shahzodalar o’rtasidagi ichki munosabatlar masalasi bilan xon yasovuli mansabida ishlagan amaldor shug’ullangan.

Shayboniylar davlatida eshikog’aboshi lavozimi ham bo’lgan. U dargoh xavfsizligi, undagi tartib hamda kelgan-ketganlardan xabardor bo’lib turish masalalari bilan shug’ullangan.

Yuqori davlat lavozimlari ichida katta mavqega ega bolgan lavozimlardan yana biri shayxulislom hisoblangan. Shayxulislom shariat qonunlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirgan.


Download 165,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   223




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish