Мавзу : Ўзбекистон – америка муносабатларининг ҳозирги ҳолати


Ikki davlat munosabatlari kesimida Afg’oniston omilining ahamiyati



Download 425,31 Kb.
bet14/19
Sana31.12.2021
Hajmi425,31 Kb.
#232569
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
ozbekiston va aqsh munosabatlari

Ikki davlat munosabatlari kesimida Afg’oniston omilining ahamiyati


Hozirgi kunda O’zbekiston bilan AQSH o’rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik keng rivojlanib bormoqda. Xususan, O’zbekiston va AQSH xavfsizlikka tahdid soluvchi global jarayonlar – narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi hamda ommaviy qirg’in qurollarini tarqalishiga qarshi kurash hamda Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash sohalarida hamkorlikni faol davom ettirmoqda. 2002 yil mart oyida O’zbekiston va AQSH o’rtasida “Strategik sheriklik va hamkorlik asoslari to’g’risida”gi deklaratsiya O’zbekiston Respublikasi Prezidentining AQSHga tashrifi doirasida O’zbekiston tashqi ishlar

58

vaziri A.Komilov va AQSH Davlat Kotibi K.Pauell tomonidan imzolandi. Hozirgi kunda davlatlarimiz hamkorligi ushbu deklaratsiya qoidalariga muvofiq konstruktiv hamkorlik va manfaatlarni o’zaro hurmat qilish tamoyillari asosida izchil taraqqiy etmoqda. Hozirgi kunga qadar 60 dan ortiq hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar asosida shartnomaviy-huquqiy zamin yaratilgan1.

2009-2011 yillarda o’tkazilgan turli darajadagi uchrashuvlar natijalari bo’yicha davlatimizning manfaatlari ko’plab xalqaro va mintaqaviy muammolarda uyg’unligini ko’rsatmoqda. Tez o’zgaruvchan sharoitda ko’ptomonlama munosabatlarni qayta tiklash masalalarida murakkab va uzoq muddatli yondashuv asosida ikki tomonlama davlatlar orasida, mintaqamizda va butun jahonda zamonaviy talablarga javob beruvchi kerakli darajaga ko’tarishga intilish ikki davlat munosabatlarini yangi bosqichga ko’tarmoqda. 2009 yilning birinchi yarmida AQSH o’zining Afg’onistondagi qurolli kuchlari uchun noharbiy ahamiyatga ega tovarlar bilan ta’minlash maqsadida bir qator yangi tranzit yo’llarini ochdi.

Yuklarni Afg’onistonga yetkazib berish Latviya va Gruziyada boshlanib, Rossiya va Qozog’iston hududi orqali o’tib, Afg’onistonning shimoliy chegara tomonidan O’zbekiston va Tojikiston transport yo’lagi bo’ylab amalga oshiriladi. Muqobil yo’llardan biri Pokistonning Karachi portidan Afg’onistonga qadar nobarqaror hisoblanmoqda. Bu yangi yo’nalish SHimoliy yetkazib berish tarmog’i (NDN) nomini oldi. Hozirgi kunda NDN uch asosiy qismdan tashkil topgan.



  1. “janubiy” Gruziyaning Poti portidan boshlanadi, quruqlik orqali Bokuga (Ozarbayjon) qadar, kema orqali Qozog’istonning Aktau, undan O’zbekiston hududi orqali Afg’onistonga;

  2. “shimoliy” Latviya, Gruziya, Rossiya , Qozog’iston hamda O’zbekiston

  3. Latviya, Rossiya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Tojikiston hududlaridan Afg’onistonga o’tadi. Agar Qo’shma SHtatlar Turkmaniston bilan tranzit






1 Ozbekiston_AQSH_ikki_tomonlama_hamkorlikning_20_yil5i.mgr http://www.jahonnews.uz/uzb/jahon/news/

59

kelishuvini imzolasa, Turkmanboshi porti Bokudan qo’shimcha tranzit punkti bo’lishi mumkin.

Qirg’izistondagi “Manas” tranzit yuk tashish markazi NDN qismi hisoblanmaydi. Manas orqali yuk tashish amalga oshirilmaydi, faqatgina yoqilg’i ta’minoti va odamlar to’xtash joyi sifatida foydalaniladi. NDN tijorat xizmatlaridan foydalangan holda fuqarolar yuklarini transportda tashish infratuzilmasiga ega logistika tarmoqlari tarkibi hisoblanadi. SHimoliy yetkazib berish tarmog’i (SHEBT) Navoiydagi yuk aviaxabi, Kaspiy dengiz kemalaridan istisno tarzda avtomobil va temir yo’llaridan foydalanadi. Hozirgi kunda yuklarning katta qismi O’zbekiston va Qozog’iston hududidan o’tmoqda. Barcha Markaziy Osiyo davlatlari Amerika harbiy samolyotlarini o’z hududida uchishiga ruxsat berishdi.

O’zbekiston hamma Markaziy Osiyo davlatlari bilan bog’langan sertarmoќ temir yo’lda joylashganligi SHEBTda asosiy punktlardan biriga aylanishiga sabab bo’ldi. 2010 yil noyabrda "O’zbekiston temir yo’llari" DAJK tomonidan Afg’onistonda "Xayraton - Mozori-SHarif" uzunligi 75 km bo’lgan temir yo’lni qurilishini tamomladi. Mazkur temir yo’l qurilishi barcha manfaatdor tomonlar uchun foydali hisoblanadi. Bu xususda o’zbek siyosatshunosi Yevgeniy Xan “Afg’oniston O’rta Osiyo bozoriga, va ... mintaqaning energiya ta’minotchilariga yaqinlashish vakolatini olishi zarur. O’zbekistonning Toshg’uzor-Boysun- Qumqo’rg’on va Xayraton – Mozori Sharif magistrallarining bog’liqligi istiqbolda Afg’onistonni Qozog’iston va Rossiyadan resurslar olishiga imkon beradi. Shuningdek, bu ikki davlat ham Afg’oniston bilan hamkorlikdan manfaatdor, Qozog’iston uchun iqtisodiy foydali bo’lsa, Rossiya uchun bu ham iqtisodiy, ham strategik masaladir”1- deb ta’kidlagan.

Shimoliy yetkazib berish tarmog’i AQSH uchun qaltis geopolitik va logistik bir qator kuchlar xavfi hisoblanadi, masalan, Markaziy Osiyodagi konfliktlar NDN





1 Енисеев М. Узбеко-афганская жд начнет работать в июле http://centralasiaonline.com/ru/articles/ caii/ features/politics/2011/06/29/feature-01?mobile=true

60

uchun jiddiy tahdid bo’lishi, Vashington va tranzit davlatlari o’rtasida konfliktlar keltirib chiqarishi mumkin.

Markaziy Osiyo ekspertlari ham transport yo’lagining xavfsizligi muammolarini tasdiqlashmoqda. O’zbekistonlik ekspertlar Termizdan Mozori Sharifgacha temir yo’l terroristik kuchlarning e’tiborini jalb qilib, O’zbekiston terrorchilarning suqilib kirish tahdidi ostida qolishi va mintaqadagi vaziyatni yomonlashishiga olib kelishi mumkin deb hisoblashadi. O’zbekistonlik ekspert Xan fikricha, haqiqatan ham bu tanganing teskari tomoni. Lekin O’zbekiston uchun bunday loyihani rad etish befoyda – bu uning shimoliy Afg’onistonda siyosiy va iqtisodiy mavqeini kuchaytiradi. O’zbekiston hozirda Xirotdan g’arbga yo’naltirilgan, temir yo’l tizimi bilan bog’lanuvchi Mozori-Sharif – Xirot temir yo’li yangi loyihasini rejalashtirmoqda. O’zbekiston temir yo’llari kompaniyasining rasmiy vakili R.Xoliqov sharqdan Xirotgacha 1435 mm Yevropa temir yo’l izidan foydalanilgani, bizning temir yo’l tarmog’i 1520 mm standartda bo’lishi iqtisodiy va infratuzilmaviy muammolar keltirib chiqarishi haqida fikr bildirgan. MDH davlatlari Sobiq Ittifoq davridagi kengroq temir yo’l tizimidan foydalanmoqda. “bu ikki tarmoqni birlashtirish Afg’onistondan qo’shimcha lokomotiv va vagonlar sotib olishni talab qiladi”1 – deydi Xoliqov.

NDNdan foydalanish Markaziy Osiyoda eksport qiluvchi davlatlar uchun ba’zi bir muammolarni keltirib chiqaradi. Ko’plab Markaziy Osiyo va Afg’onistondan yuk tashuvchilar Shimoliy yetkazib berish tarmog’i orqali O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasidagi chegaradan o’tish jarayonida quyidagi muammolarga uchraydi:

O’zbekiston va Afg’oniston chegarasida yuklarni ushlab qolinishi, uzoq vaqt davomida transport, bojxona va fitosanitariya nazorati tartibi;

Qozog’iston-Qirg’iziston-Tojikiston avtomobil yo’llarining sifat darajasining pastligi va ob-havo sharoiti;






1 Енисеев М. Узбеко-афганская жд начнет работать в июле http://centralasiaonline.com/ru/articles/ caii/ features/politics/2011/06/29/feature-01?mobile=true

61

Afg’onistonga temir yo’l bilan tranzit yuklarni O’zbekiston orqali yetkazib berishda yuk tashuvchi avtomobil transportlarni chegarada uzoq vaqt belgilangan tartibdan o’tishi, xuddi shunday yuklarni ushlanib qolishi;1


Shuning uchun, Asosiy Xaridorlar asosiy tranzit yuklarni olib o’tish markazi sifatida Manas aeroportidan foydalanadi. 2011 yil o’rtalaridan boshlab AQSH Mudofaa vazirligi N-11 “Yuklarni tashish sohasida O’zbekistonga taaluqli qoidalar” nizomi amal qilmoqda.

AQSH va Qirg’iziston o’rtasidagi Manas aviabazasi ijarasi bo’yicha hukumatlararo Bitim 2014 yil iyunga qadar amal qiladi, shundan kelib chiqib, O’zbekiston orqali, uning geografik joylashuvini hisobga olib, yuklarni olib o’tish muqobil yo’lini ko’rib chiqish zarur. Bir tomondan, O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasidagi temir yo’l tizimidan boshqa temir yo’l tizimi mavjud emas. Afg’onistondagi Amerika qo’shinlari uchun 60%ga yaqin yoqilg’i yetkazib berish SHEBT orqali yetkazib berilmoqda hamda ularning asosiy qismi Termiz-Xayraton punkti orqali Mozori-Sharifga qadar o’tadi.

Shimoliy yetkazib berish tarmog’ini rivojlantirish maqsadida NDN bo’yicha yuklar va Markaziy Osiyodan sotib olinadigan mahsulotlar xajmini kengaytirdi. Markaziy Osiyo davlatlari Afg’onistonni rivojlantirish dasturiga kiritilgan (Afg’oniston iqtisodiyotini qayta tiklash va mustahkamlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan chora-tadbirlar siyosati ).

AQSH Mudofaa vazirligining (MV) front ortidagi ta’minot agentligi (DLA) va umumiy xizmat Boshqarmasi (GSA) Termizda Afg’onistonga jo’natilishidan oldin tovarlar to’planadigan “virtual magazin” tashkil qildi. Biroq, umumiy harakatlanish mintaqaviy yetkazib berish AQSH Mudofaa vazirligining qattiqqo’l siyosati kuchi bilan sekin amalga oshirilmoqda. Mahsulotni yetkazib berish








1 проект Агентства Международного Развития США по региональному экономическому сотрудничеству Отчет по барьерам, выявленным при поставках товаров для нужд Министерства обороны США в Афганистане из Центральной Азии. Контракт № AID-176-TO-11-00001
62

talablaridan biri, ijrochi tasdiqlovchi xujjatni taqdim etishi, yetkazib beruvchi “maqsadga erishishga yo’naltirilgan” bo’lishi kerak.

Markaziy Osiyoda AQSH Mudofaa vazirligi uchun zarur mahsulotlarni sotib olish va jo’natish asosiy yetkazib beruvchilar «TWI», «Seven Seas» (TMC), «Supreme Food», «An’am» va DLA sotib olish bo’yicha Guruhi orqali amalga oshiriladi. Ular quyidagilarni:



  • AQSH MV uchun zarur tovar va xizmatlarni amalga oshirish;

  • Xarbiy qism tovarlarini sotib olish, saqlash;

  • Afg’onistondagi AQSH MV uchun zarur bo’linmalari orasida tovarlarni transportda tashish va tarqatishni ta’minlaydi.

Hozirgi kunda AQSH MV uchun zarur sotib olinayotgan mahsulotlar tarkibi: elektr generatorlari va unga detallar, elektr panellar va kabel bog’lovchilar, yog’och-taxtalar, ichki truboprovodlar, ISHXHS tizimi (isitish, shamollatish, havo haroratini saqlagich); jihozlar; kabellar; taxtalar; qurilish anjomlari; devor; vaqtinchalik yashash chodirlari; yorug’lik uskunalariva boshqa shunga o’xshash mahsulotlarni o’z ichiga oladi.

O’zbekistondan DLA uchun 2011 yil oktyabridan dekabriga qadar sotib olingan mahsulotlar 16 073 797 dollarni tashkil qilgan. Mazkur ko’rsatkich DLAning (2011 iyul – sentyabr oyi) kvartaliga taqqoslaganda mahsulot sotib olish xajmini 122% o’sganini yoki 2011 moliyaviy yildagi umumiy sotib olingan ($25 092 744) summaning 56%ni namoyon etadi. 2011 yil oktyabr - dekabr oyi davomida GSA uchun O’zbekistondagi sotib olgan mahsuloti $853 054 tashkil qilgan bo’lib, oldingi kvartalga taqqoslaganda 148%ga oshgan. DLA va GSAning O’zbekistondagi umumiy xaridi 2012 moliyaviy yil (oktyabr - dekabr 2011) uchun

$16 926 85 tashkil qilgan. Mazkur ko’rsatkich 2011 moliyaviy yildagi ($25 724 192) umumiy xaridni 66%ni tashkil etgan.

2009 yil dekabrь oyida Vashingtonda o’tkazilgan o’zbek-amerika siyosiy maslahati birinchi bosqichi ikki davlat orasidagi siyosiy muloqotlarning institutlashtirilganidan dalolat bermoqda. Siyosiy maslahatlashuvning ikkinchi bosqichi 2011 yil fevral oyida Toshkent shahrida o’tkazildi. Ta’kidlash joizki, ikki

63

davlat orasidagi hukumatlararo aloqalar mustahkamlana boshlandi. Xususan, AQSH Kongressi bilan amaliy suhbat belgilandi. Siyosiy maslahatlashuvning uchinchi bosqichi 2012 yilning 15-17 avgust kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tdi.

2010 yil 19 fevral kuni Prezident Islom Karimov Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida AQSHning Afg’oniston va Pokistondagi maxsus vakili R.Xolbrukni qabul qilib, Afg’on muammosini hal etishda O’zbekiston pozitsiyasi bo’yicha fikr almashindi. O’zbekiston-Amerika hamkorligining ustuvor yo’nalishini Afg’onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikni ta’minlash tashkil etishini e’tirof etishdi. R.Xolbruk Afg’on muammosini bartaraf etishda O’zbekistonning pozitsiyasi muhim ahamiyatga molikligini yana bir bor ta’kidladi. Shuningdek, AQSH ma’muriyati O’zbekiston bilan mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanligini hamda o’zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari bo’yicha mulohaza yuritildi.

AQSH 2014 yilga qadar Afg’oniston hududidan o’z qo’shinlarini olib chiqadi. Afg’oniston hududida “Tolibon” harakatiga qarshi yo’naltirilgan NATO harbiy harakatlari 2001 yilda boshlangan edi. Harbiy operatsiyalarda asosiy ahamiyatdagi AQSH qurolli kuchlari 10 yil davomida 1605 kishidan ortiq vafot etgan, 11684 jarohatlangan harbiylarini yo’qotgan1.

AQSH Prezidenti B.Obama Amerika Qo’shma Shtatlari o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishi haqida e’lon qilib, qo’shinlarni olib chiqilishi 2014 yilda tugatilishini ma’lum qilgan.




AQSH va uning ittifoqchi kuchlarining Afg’onistondan 2014 yilda tugallanishi taxmin qilinayotgan chiqish jarayoni Markaziy Osiyoda keng ko’lamli hodisaga sabab bo’ladi. Yangi afg’on tizimining mamlakatdagi jarayonlarni g’arb qo’shinlari chiqib ketgandan keyin o’z nazorati ostiga olishi jiddiy shubha tug’dirmoqda. Afg’oniston katta ko’lamli fuqarolar urushi xolatiga qaytishi yoki yana avvalgi toliblar nazoratiga o’tishi, hozirda tinch sharoitda parchalanish xolati

1 США_начинают_вывод_войск_из_Афганистана http://ru.wikinews.org/wiki/

64

chegarasida muvozanat saqlayotgan davlatlar (masalan, Qirg’iziston va Tojikiston) uchun “poroxli bochka” vazifasini o’ynashi mumkin1.

.

Natijada, 2014 yilda amerika Bunday vaqtda, AQSH va uning ittifoqchilari qo’shinlarining Afg’onistondan olib chiqilishining e’lon qilinishi, bu xususda AQSH rasmiy shaxslarining tamoman bir xil xabar berishi va bu mamlakatda Amerika harbiy ishtirokini tugatishini anglatmaydi. AQSH qo’shinlari 2014 yilgacha Afg’on kuchlari tuzilmasi toliblarga qarshi kurash vazifasini o’z nazoratiga olguniga qadar turishi shart.



2012 yil oktyabr holatiga, AQSH qurolli kuchlari umumiy soni, NATO bo’yicha amerika ittifoqchilariva boshqa davlatlar – NATO boshchilik qiladigan Xalqaro tinchlikparvar kuchlari International Security Assistance Force (ISAF) kontingenti qatnashchilari 104,9 ming kishini tashkil qilgan. Mazkur kontingent asosini Amerika kuchlaridan (68 ming) tashkil topgan. ISAF nazoratida 10 mingga yaqin Amerika harbiy xizmatchilari mavjud. Shuningdek, ISAF tarkibida Buyuk Britaniyaning (9500), Germaniya (4700), Italiya (4000), Frantsiya (2418), Polshaning (1800) harbiy xizmatchilari mavjud. 2008-2009 yillarda Amerika va ittifoqchi qo’shinlar sonini tezkor oshirish sodir bo’ldi (bunga qadar mintaqada Amerika kontingenti 30 ming kishini tashkil qilgan). Mazkur xolat bir tomondan amerika kuchlarining Iroqdagi vaziyat qisman barqarorlashganligi sababli, boshqa tomondan – Afg’oniston va Shimoliy Pokistonda vaziyatning yomonlashuvi bilan bog’liq edi.

Biroq, 2010 yil yanvarda Afg’oniston bo’yicha konferentsiyada ittifoq qo’shinlarini istiqboli va Afg’onistondan chiqish taxminiy muddati belgilandi. Afg’oniston nobarqaror rayonlarda asosiy og’ir operatsiyalar o’tkazishni o’ziga olish imkoniyati haqida ma’lum qildi. 2010 yil dekabrda AQSH Prezidenti Barak







1Vyvod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://mir-politika.ru/1832-html
65

Obama 2011 yil iyulidan amerika qo’shinlarini mamlakatdan chiqishni boshlashi va uni tugatilishi 2014 yil oxiriga qadar davom etishi haqida ma’lum qildi1.

2011 yil iyunda Obama yil oxiriga qadar Afg’onistondan 10 ming va 2012 yilda 23 ming kishi chiqishi haqida ma’lum qilgan.

Afg’onistonda AQSH qo’shinlari 100 ming kishiga yetgan edi. Amerika qo’shinlari miqdorini qisqartirishning yangi bosqichi iyunь oyidan sentyabrь oyida bo’lib o’tib, 23 ming kishi Afg’oniston hududidan chiqib ketgan.

AQSH Prezidenti Obama va Afg’oniston Prezidenti Xamid Karzay 2012 yil may oyida uzoq muddatli strategik hamkorlik to’g’risida Bitim imzolab, AQSH kuchlarini Afg’onistondagi ishtirokini kelgusida chegaralash bo’yicha huquqiy asos o’rnatilgan. Bunga ko’ra, afg’on xavfsizlik kuchlari 2013 yil oxiriga qadar toliblarga qarshi kurash operatsiyasi ma’suliyatini olishi va ISAF kontingentini mamlakatdan chiqishi 2014 yil oxiriga qadar tugallanishi shart bo’ladi.

Ekspertlar maqolalarida 2013 yil oxiriga qadar 60 ming kishi miqdoridagi kontingent mamlakatda saqlash imkoniyatiga ruxsat etilishi mumkin.

Qo’shinlarni Afg’onistondan chiqish dinamikasi harbiy harakatlar rivojlanish jarayoniga bog’liq bo’ladi. Afg’on xavfsizlik kuchlari miqdori 2012 yil oktyabrga qadar 352 mingni tashkil qilishi kerak edi. Afg’oniston Respublikasining oktyabr oyi o’rtalarida bergan ma’lumotlariga ko’ra, armiya 184676 kishi, politsiya – 146339 kishini tashkil qilgan2.

Rossiya pozitsiyasi, Amerikaning Afg’onistondagi ishtirokiga ikki taraflama munosabatda bo’lmoqda: bir tomondan, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga muvofiq, mazkur ishtirok tugatilishi kerakligi ta’kidlanmoqda. Ikkinchi tomondan, Rossiya horijiy qo’shinlarni chiqishi sun’iy aniqlanishiga qarshi chiqmoqda. Rossiya AQSH va ittifoqchilari samarali afg’on xavfsizlik





  1. Vyivod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://www.mezon.uz/world-news/ politika/482

  2. Vyivod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://www.mezon.uz/world-news/

politika/482

66

kuchlarini barpo etgunga qadar Afg’onistonda bo’lishini, shundan so’ng Afg’onistondan va maqsadga muvofiq butun mintaqadan ketishini xohlaydi1.

O’z vaqtida, mudofaa vaziri Leon Panetta AQSH harbiy kontingentini bir qismini 2014 yildan keyin ham Afg’onistonda qoldirishi zarurligini, chunki “Al- Qoida” guruhi mamlakatda mavjudligini va o’z ta’sir doirasini kuchaytirishga harakat qilishini ma’lum qilgan2.

2012 yilning may oyida Vakillar Palatasi mudofaa siyosati to’g’risida qonun loyihasini qabul qilgan. Unga ko’ra, Kongressning quyi Palatasi Obamani 2014 yil oxiriga qadar favqulodda 68 ming askarni Afg’onistonda saqlashga chaqirmoqda. Qo’shimcha kontingent chiqarilgandan keyin, mamlakatda mazkur miqdordagi Amerika harbiylari qolgan3.

Ta’kidlash joizki, 2 yil avval Amerika soldatlari “Tolibon” harakati va “Al- Qoida”ga yaqin guruhlar faolligi oshganda yordam sifatida yo’naltirilgan 33 ming AQSH harbiy xizmatchilari Afg’onistondan chiqarildi. 33 ming soldat va ofitserlar Afg’onistonni tark etgandan so’ng, mamlakatda 68 ming amerikalik va 40 ming harbiy NATOga a’zo mamlakatlardan xizmatni davom ettirmoqda. So’nggi vaqtlarda, Afg’oniston janubiy-g’arbi va janubida, shuningdek, sharqda Pokiston chegarasida nobarqaror vaziyat saqlanib qolmoqda.

NATO Bosh kotibi Andres Fog Rasmussen 2014 yilda alьyans davlatlar qurolli kuchlari Afg’oniston hududini tark etishini va mamlakatda faqatgina milliy armiyani o’rgatish bo’yicha instruktorlar qolishini tasdiqlagan4.

Shuningdek, Barak Obama ham o’z qo’shinlarini Afg’oniston hududidan olib chiqqandan so’ng, afg’on xavfsizlik kuchlari mamlakatning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash ma’suliyatini qabul qilishini ta’kidlab o’tgan.

Bundan ular keng miqyosda AQSHdan moddiy-texnik va moliyaviy yordam olishadi, shuningdek, Afg’onistonda ilgarigidek AQSHning maxsus xizmatlari va maxsus kuchlari hamda ularning ittifoqchilari faoliyat yuritishi taxmin







1 Vyvod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya. http://mir-politika.ru/1832html 2 Сенат США потребовал ускорить вывод войск из Афганистана/ http://lenta.ru/news/2012/11/30/quicken/ 3 Сенат за ускоренный вывод войск из Афганистана/http://www.kp.ru/daily/25994/2923463/

4 США начинают вывод войск из Афганистана/ http://actualcomment.ru/news/27523/

67

qilinmoqdaqo’shinlarini asosiy qismini chiqishini qo’rquv bilan kutayotgan mintaqaviy “o’yin ishtirokchilari” Amerika harbiylarini doimiy Osiyoning markazida bo’lishi istiqboliga bezovtalanmoqda. Ehtimol, Afg’onistondagi Amerikaning harbiy faolligi ma’lum vaqtdan so’ng, nafaqat antiterroristik maqsadlarni ta’qib qilishi mumkin, balki, Amerikaning Afg’onistondagi harbiy ishtiroki masalalari alohida davlatlar, masalan Rossiya yoki Xitoy pozitsiyasidan qaraydigan bo’lsak, biri birini inkor qiladigan qarama-qarshi tavsiflarni keltirib chiqarmoqda1.

Asosiysi shuki, muammo turli yo’nalishlardagi qator turli Afg’onistondagi guruhlar va manfaatdor guruhlar bilan munosabatdagi mintaqaviy va yirik mintaqadan tashqaridagi “o’yin ishtirokchilari”ni o’zida ifodalamoqda. Mazkur ishtirokchilar uchun AQSHning istiqboldagi rejalarining noaniqligi jarayonni yanada murakkablashtirmoqda.

Bu borada, O’zbekiston Respublikasi Afg’onistonda tinchlik va barqarorlikni hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha AQSH bilan hamkorlikni rivojlantirib, hamkorlik doirasida ikki davlat o’rtasida amaliy tashriflar olib borilmoqda. Ikki davlat o’rtasida mazkur masalani hal etish bo’yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Xususan, 2010 yilning aprelь-may va iyunь oylarida Oliy Majlis va fuqarolik jamiyati vakillarining AQSHga tashrifi sermazmun bo’ldi. AQSH O’zbekistonning Afg’onistondagi tinchlik va barqarorlik o’rnatilishidagi ahamiyatini yuqori baholaydi. Tashrif davomida Vashingtonda hozirda Toshkent bilan afg’on muammosini bartaraf etish bo’yicha jiddiy natijalarga erishilganligi ikki davlat vakillari tomonidan e’tirof etildi. Xususan, “Afg’onistonga noharbiy va gumanitar yuklarni yetkazishda O’zbekistonning hissasi Janubiy Osiyodagi xalqaro terrorizmga samarali qarshi turishda” katta ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.




1 Vyvod-voysk-ssha-iz-afganistana-kak-eto-budet-proishodit-i-kto-ostanetsya http://mir-politika.ru/1832html

68

Bundan tashqari, 2010 yil 15-17 noyabrь kunlari AQSH Markaziy Qo’mondonlik (USCENTCOM) generali J.Mettis O’zbekistonga tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida hukumat rasmiylari bilan mintaqaviy xavfsizlik masalalari, xususan, Afg’onistondagi jarayonlar to’g’risida fikr almashishdi. Tashrif davomida general J.Mettis hamda O’zbekiston Mudofaa vaziri Q.Berdiev ikki davlat tegishli idoralari o’rtasida “2011 yil xavfsizlik bo’yicha hamkorlik” Dasturini imzoladi.

2010 yilning 2 dekabrь kuni yurtboshimizning AQSH Davlat Kotibi Xillari Klinton bilan uchrashuvi O’zbekiston-AQSH hamkorligining rivojlanishiga turtki bergan muhim omillardan biri bo’ldi. Bu o’z navbatida ikki tomonlama hamkorlikning siyosiy, savdo va iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy hamda gumanitar sohalarda yangi sifat bosqichida rivojlanishiga imkoniyat berdi. Uchrashuv chog’ida ikki tomonlama aloqalar xalqaro terrorizm, narkotrafikka qarshi kurash, davlat chegaralarini himoyalashni o’z ichiga qamrab oluvchi mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash masalalari munozara etildi. Ikki tomon bu yo’nalishda doimiy tarzda tajriba almashinib, turli dasturlar doirasida mutaxassislar uchun o’quv mashg’ulotlari tashkil qilinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti o’zbek-amerika munosabatlarini turli sohalarda sherikchilik va o’zaro tushunish asosida qurilishini ta’kidladi. Shuningdek, AQSH bilan ikki tomonlama hamkorlik dinamikasi yuksak darajada ortib borayotganini, ikki tomon hamkorligida, mintaqaviy masalalarning yuqori cho’qqisida o’zaro manfaat turishiga umid bildirdi.

Ta’kidlash joizki, suhbat davomida O’zbekiston Afg’onistonni ijtimoiy- iqtisodiy qayta tiklashda faol ishtirok etayotganligi aytib o’tildi. O’zbekiston AQSH tomonidan yuboriladigan insonparvarlik va noharbiy yuklarni Afg’onistonga o’tkazishda, shuningdek, mamlakatni elektr energiyasi bilan ta’minlashda, qurilish materiallarini ishlab chiqarishda hamda transport kommunikatsiyasi qurilishida ko’maklashuv va amaliy yordam ko’rsatmoqda. Birgina, 2010 yilda Afg’onistonga elektr energiyasi uzatilishi ko’lami o’tgan yillarga qaraganda 6 baravarga o’sdi. O’zbekistonlik mutaxassislar oktyabrь oyida

69

Xayraton-Mozori-SHarif yo’nalishida muhim strategik temir yo’l qurilishini yakunlangani to’g’risida fikr almashishdi1.

Shuningdek, strategik jihatdan muhim bo’lgan temir yo’l qurilishini davom ettirilishi bo’yicha Mozori-Sharif-Xirot yo’nalishi loyihasi hamda Eronning transport-kommunikatsion tizimini Xirotga qadar uzaytirish loyihalari istiqbolda Markaziy Osiyo davalatlarini janubiy dengizlarga chiqish imkoniyatini beradi. Bunda O’zbekistonning temir yo’l transport tizimi asosiy ahamiyatga ega bo’lib boradi. Hozirda Afg’onistonni tashqi dunyo bilan bog’lovchi temir yo’l tizimi faqat O’zbekiston hududi bilan bog’langanligini inobatga olsak, AQSH uchun o’z qo’shinlarini Afg’oniston hududidan olib chiqishida Xayraton-Mozori-Sharif yo’nalishidagi temir yo’l transport tizimi muhim ahamiyatga ega bo’ladi. O’zbekiston hududi Markaziy Osiyoning markazida joylashganligi hamda Afg’oniston bilan bog’langan yagona temir yo’l transport kommunikatsion tizimining mavjudligi AQSH bilan O’zbekiston o’rtasidagi hamkorlik rivojlanishiga turtki bo’ldi.

2011 yilning 22 oktyabrь kuni X.Klintonning O’zbekistonga qayta tashrifi ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamladi. Uchrashuv davomida mamlakat Prezidenti Islom Karimov ikki davlat o’rtasidagi sherikchilik munosabatlari tenglik va hurmat printsiplariga asoslanib o’rnatilishini e’tirof etib, mintaqadagi xavfsizlik va barqarorlikni saqlab qolishda birgalikda hamkorlikni davom ettirishini ta’kidlagan. O’z navbatida, AQSH Davlat kotibi davlatining kelgusidagi O’zbekiston bilan o’zaro samarali hamkorligi yaxshilanib borishini tasdiqladi.

O’zbekiston va AQSH hamkorligida to’plangan mustahkam tajriba keng ko’lamda siyosiy masalalarda, ishlab chiqarishning savdo-iqtisodiy, investitsiya va xavfsizlik sohalarida muloqot, o’zaro tushinish ruhida ikkitomonlama hamkorlikni yangi sifat darajasiga ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda.






1 Islam Karimov Meets with US Secretary of State/ http://www.uzbekistan.org/uz_us_relations/archive/882/

70

Amerika ma’muriyatining yuqori martabali rasmiylari xalqimizning konstruktiv siyosatini mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda markaziy ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Telefondagi bo’lib o’tgan suhbat davomida, ikki davlat rahbarlari davlatlarimiz ishtiroki hamda xalqaro va mintaqaviy ishlar manfaatli munosabatlarni o’rnatishga kelishildi. Shu tarzda, AQSH Davlat kotibi X.Klinton Islom Karimovga Afg’on inqirozini bartaraf etish va Afg’onistonda ijtimoiy- iqtisodiy qayta qurishda berayotgan amaliy yordamlarini alohida ta’kidlab o’tgan. Tomonlar ikki davlatning fuqarolik jamiyatlari o’rtasida muloqot va hamkorlik qilish masalalarida fikr almashishdi1.

2011 yil 31 mayda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroyda AQSH Prezidenti Milliy Xavfsizlik bo’yicha maslaxatchisi o’rinbosari D.Makdonani qabul qildi. Uchrashuv davomida davlat ahamiyatiga molik masalalar va ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilinib, tomonlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari o’zaro manfaatli jihatlari bo’yicha fikr almashdilar. D.Makdona AQSH Prezidenti B.Obama yo’llagan xabarini davlatimiz rahbariga yetkazib, O’zbekistonning Afg’onistonni ijtimoiy- iqtisodiy qayta tiklashdagi ishtirokini AQSH hukumati yuksak darajada qadrlashini alohida e’tirof etdi.

2011 yilning 25 avgustida O’zbekiston Prezidenti AQSH Respublikachi Senatori L.Greyxem bilan Oqsaroyda uchrashdi. Uchrashuv chog’ida davlat rahbari O’zbekiston bilan AQSH hamkorligini yuqori qadrlab, aloqalarning istiqbolini ijobiy baholashini e’tirof etgan. Oqsaroydagi suhbat keng ko’lamdagi xalqaro va mintaqaviy masalalarni, xususan, muhokama o’z tarkibiga Afg’onistonda tinch hayotni qayta ta’minlash yo’lida O’zbekistonning faol harakat qilayotgani hamda Afg’onistondagi nobarqaror siyosiy vaziyatdan so’ng yuzaga kelgan inqirozni bartaraf etish masalalarini qamrab oldi. Mamlakatdagi iqtisodiy qayta tiklash, siyosiy barqarorlik va aholini me’yoriy hayotga qaytarish masalasi hozirgi kunga qadar muammoligicha qolayotganini ta’kidladi.







1Uzbekistan, US sign Science and Technology Cooperation Agreement http://www.uzbekistan.org/uz_us_relations/archive/988/

71

Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlikning mustahkamlanishiga sabab bo’lgan omilardan biri sifatida AQSH Kongressi 2011 yil 22 sentyabrda O’zbekistonga qarshi sanktsiyalarni bekor qilib, Kongress O’zbekistonga harbiy yordamni cheklovlarni olib tashlashga qaror qilinganini ko’rsatib o’tish mumkin. Qaror 2011 yil sentyabrь oyi boshlarida AQSH Prezidenti B.Obama ma’muriyati tomonidan Kongressga taqdim etilgan harbiy yordamni cheklovni olib tashlash to’g’risidagi taklifidan keyin qabul qilindi1.

2011 yil 28 sentyabrь kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va AQSH Prezidenti B.Obama telefon orqali suhbatlashishdi. Prezident B.Obama O’zbekiston xalqi va Prezidentini mustaqillikning 20 yillik tantanasi bilan muborakbod etib, O’zbekiston taraqqiyoti istiqbolda yanada yuksalib borishini o’zining samimiy tilaklari bilan ifodalagan.

AQSH Prezidenti O’zbekistonning 20 yillik rivojlanish yo’lida amalga oshirgan ishlarini yuksak baholab, O’zbekiston tomonidan taklif qilinayotgan tashabbuslar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilganini ma’lum qildi. B.Obama AQSHni O’zbekiston bilan keng ko’lamda savdo, iqtisodiy va investitsiya loyihalari, ikki xalqning fuqarolik jamiyatlari o’rtasida aloqalarni o’rnatish, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro va mintaqaviy masalalardagi munosabatlarini istiqbolli sohalarda kengaytirish va mustahkamlash zarurligiga yetarli asos keltirib o’tdi. Prezident B.Obama O’zbekistonning Afg’on inqirozini bartaraf etish va Afg’onistonda tinchlikni ta’minlashda AQSH hukumatini qo’llab kuvvatlayotgani uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni ochiq va tamomila rivojlangan siyosiy muloqot yaxshilanib borishida umumiy manfaatlarga amal qilib, o’zbek-amerika hamkorligi o’zaro xurmat va ishonch tamoyillari asosida qurilishini tasdiqlashdi2.







1 Конгресс США отменил санкции против Узбекистана. kongress-ssha-otmenil-sankcii-protiv-uzbekistana html. http://sngdaily.ru/2011/09/23/

2Uzbekistan, US sign Science and Technology Cooperation Agreement

http://www.uzbekistan.org/uz_us_relations/archive/988/

72

2012 yilning 12 iyunь kuni AQSH Davlat Kotibi o’rinbosari V.Berns O’zbekiston Prezidenti qabulida bo’lib, Oqsaroydagi suhbat jarayonida xalqaro va mintaqaviy muammolar, Afg’onistondagi barqarorlikni ta’minlash masalalari muhokama etildi. O’z navbatida V.Berns O’zbekiston bilan siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalarda AQSH rahbariyati manfaatli hamkorlikni rivojlantirish tarafdori ekanligini ta’kidlagan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 15 avgust kuni Oqsaroyda AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha yordamchisi R.Bleykni qabul qildi. O’zbekiston Respublikasi bilan AQSH o’rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning uchinchi davrasida ishtirok etish uchun Amerika davlat tashkilotlari va xususiy kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Uchrashuv chog’ida davlatimiz Prezidenti O’zbekiston-AQSH muloqoti izchil rivojlanib, mazmunan boyib borayotganini, o’zaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tomonlarning intilishlari mushtarak ekanini alohida ta’kidladi.

Tashrif davomida ikki tomonlama munosabatlarning muhim sohalaridagi hamkorlikning bugungi xolati va istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, tashqi siyosat mahkamalarining muntazam muloqotlari, parlamentlararo munosabatlar, davlatlararo darajadagi har tomonlama hamkorlik hamda ikki mamlakat fuqarolik jamiyati vakillari o’rtasidagi aloqalar haqida so’z bordi. Tomonlar Afg’oniston va Markaziy Osiyodagi vaziyatning rivojlanishi, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash masalalari, shuningdek, mamlakatlarimiz manfaatlariga daxldor boshqa muammolar yuzasidan fikr almashdilar.

SHu bilan bir qatorda, R.Bleyk AQSH rahbariyati O’zbekistonning mintaqada xavfsizlik va izchil rivojlanishni ta’minlashdagi, Afg’onistonni tinch yo’l bilan tiklashdagi rolini yuksak baholashini, shuningdek, ikki davlat o’rtasida har tomonlama hamkorlikni yangi amaliy mazmun bilan boyitishdan manfaatdor ekanini e’tirof etdi.

AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo’yicha o’rinbosari Robert Bleyk O’zbekiston va Afg’onistonni temir yo’l bog’lab

73

turganligi uchun xalqaro koalitsiya kuchlari yuklarining katta qismi O’zbekiston hududidan o’tishini ta’kidlagan1. Shuningdek, 2014 yildan keyin hamAfg’oniston muammosi AQSH va O’zbekiston munosabatlarining asosiy qismi bo’lib qolishi haqida fikr bildirgan.

Joriy yilning 25 aprelida R.Bleyk Toshkentga tashrifida so’zlagan nutqida O’zbekiston NATO qo’shinlari Afg’onistondan chiqqandan keyin ham Obama ma’muriyati siyosatida ustuvorligini saqlab qolishini ma’lum qilgan. Xavfsizlikka ko’maklashuvchi xalqaro kuchlarning O’zbekiston hududi orqali chiqishi haqida: “Afg’onistondagi postlarimizning katta qismi O’zbekiston hududi orqali olib ketiladi. Sababi – Afg’oniston bilan bog’langan yagona temir yo’l O’zbekistonda mavjudligini e’tirof etgan. Uning fikriga ko’ra, tashrif davomida mazkur masala bo’yicha O’zbekiston bilan yaxshi natijalarga erishgan va u kelgusida davom etadi. Shu bilan bir qatorda, R.Bleyk NATO qo’shinlari harbiy texnikalarni O’zbekistonda qoldirilishi hozirda muhokama bosqichida ekanligini ma’lum qildi.

2013 yil 11-13 mart kunlari AQSHga tashrifi mobaynida O’zbekiston Tashqi ishlar vaziri A.Komilov Vashingtonda AQSH Davlat kotibi Jon Kerri bilan muloqot o’tkazdi. Tashrif mobaynida Afg’onistondagi jarayonlar va mintaqaviy xavfsizlik masalalari muhokama etildi. O’z navbatida, O’zbekiston Tashqi siyosiy idorasi boshlig’i O’zbekistonning AQSH bilan Afg’oniston va Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha uzviy hamkorligimiz bor va biz mazkur yo’nalishda davom ettirilishini ma’lum qildi2.

Umuman olganda, O’zbekiston – AQSH munosabatlari 1991-2013 yillar davomida AQSH hukumati O’zbekiston bilan barcha sohalarda manfaatli aloqalarni o’rnatish va mustahkamlashni alohida e’tiborga olgan xolda hamkorlikni amalga oshirmoqda. O’zbekiston-AQSH xavfsizlik sohasidagi hamkorligi mintaqada, asosan, Afg’onistonda tinchlikni saqlash va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan bo’lib, bunda O’zbekiston tomoni Afg’onistonga insonparvarlik va





1 Отношения США с Узбекистаном - это больше, чем сотрудничество по Афганистану – Госдеп http://www.trend.az/regions/casia/uzbekistan/2143794.html

2Глава МИД Узбекистана обсудил с госсекретарем США "мир и стабильность в Афганистане

http://www.regnum.ru/news/1635474.html

74

noharbiy yuklarni yetkazib berishda tranzit vazifasini bajarib beradi. Ikki davlat o’rtasidagi hamkorlik Afg’oniston kesimida olib borilmoqda. O’zbekiston mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash hamda AQSHning Afg’onistonda tinchlikni ta’minlash kesimida yetakchi hamkorlaridan biriga aylanmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni ta’kidlash mumkinki, O’zbekiston- AQSH munosabatlarida mintaqaviy havfsizlikni ta’minlash O’zbekistonning temir yo’l transport-kommunikatsion tizimi orqali Markaziy Osiyo davlatlarining janubiy dengiz portlariga chiqish imkoniyati oshib borib, bunda O’zbekiston mintaqada markaziy ahamiyat kasb etib boradi. Bu omil AQSH hukumati uchun o’z qo’shinlarini Afg’onistondan olib chiqishida O’zbekistonning birlamchi ahamiyatga ega bo’lib borishiga sabab bo’lib bormoqda. 2014 yilga qadar AQSH xarbiy kontingentini Afg’oniston hududidan olib chiqishda va mamlakatga insonparvarlik va noharbiy yuklarini yetkazib berishda hamda ikki davlat munosabatlarida O’zbekiston temir yo’l transport tizimi muhim ahamiyatga ega bo’lib boradi. Geosiyosiy jihatdan strategik mintaqada joylashgan O’zbekistonning AQSH bilan aloqalarini mustahkamlashi Markaziy Osiyo mintaqasida AQSHning strategik hamkorlaridan biriga aylanishi, xususan, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash bo’yicha tashabbuslarini amalga oshirishdagi o’zaro ishonchli hamkorligining faollashuviga olib keladi.



    1. Download 425,31 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish