Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko‘p bo‘lmagan guruhlarda bo‘lishi mumkin. Agar guruh
ko‘p sonli bo‘lsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim. Buning uchun 4 ta aylana
chiziladi. Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko‘p tanlangan guruh a’zosining shartli belgisi
qo‘yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni ikkinchi aylanaga 3 marta tanlangan o‘quvchilarning nomeri
yoziladi, uchinchi aylana ichiga 1 – 2 ta tanlash olgan o‘quvchi, to‘rtinchi aylanaga tanlanmagan
o‘quvchilarning shartli belgisi hamda aylanadan tashqariga rad etilgan o‘quvchilar nomeri
yoziladi.
Bunda aylana 2 qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o‘ng tomonga o‘g‘il bolalarning
shartli belgilari joylashtirib chiqiladi. Qizlar doira, o‘g‘il bolalar esa uchburchak bilan
ifodalanadi. Doira va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab, strelkali chiziqlar bilan
birlashtiriladi. Bu sxema sotsiogramma deb ataladi.
Agar guruhda 20 dan ortiq a’zo bo‘lsa, bunday sxema tuzish qiyinroq bo‘ladi. Shuning
uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Matritsa quyidagicha tuziladi. To‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, guruh a’zolarining
soniga qarab katakchalarga bo‘linadi. CHap tarafdan yuqoridan pastga va yuqoridan o‘ng tarafga
guruh a’zolarining shartli belgilari qo‘yib chiqiladi. Guruh a’zolarining shartli belgilari
o‘quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi, tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo‘lishi
mumkin. Gorizontal chiziq bo‘yicha qatorlarga tanlanayotgan o‘quvchi, vertikaliga esa katakcha
ichiga kimni tanlayotgani haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Ijobiy tanlash “+” belgisi bilan, o‘zaro
bir-birini tanlash esa “+” belgisi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruhlar mavjud bo‘lishi mumkin. Bu
birlamchi guruhlar esa boshqa matritsada belgilanadi. Buning uchun yuqorida ko‘rsatilganidek,
to‘rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap burchagidan pastdagi o‘ng burchagiga
qaratib diagonal chizig‘i o‘tkaziladi. Bu chiziq kvadratning shu diagonal chizig‘iga to‘g‘ri
kelgan kataklari ustidan o‘tadi. 1 – matritsadan o‘zaro tanlanishga ega bo‘lgan istagan bir
o‘quvchini tanlab olinadi. Uning tartib nomerini va familiyasini matritsaning 1 – qatoriga
o‘tkaziladi. Xuddi ana shu nomerni yuqoridagi 1 – katakka qo‘yiladi. So‘ngra 1 – matritsadan 1
– qatorga yozilgan shaxs bilan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan shaxslarni tanlab olinadi. Uning tartib
nomeri va familiyasi 2 – qatorga yoziladi. Xuddi na shu nomerni yuqoridan 2 – ustunga yoziladi.
Matritsaning shunga muvofiq keladigan kataklariga “+” belgisi yozib qo‘yiladi. Matritsaning 1 –
qatoridagi o‘quvchi bilan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan guruhning navbatdagi a’zosini uning 1 –
matritsadagi nomerini saqlagan holda 3 – qatorga yoziladi. SHu nomerni 3 – ustunning yuqori
qismiga ham qo‘yiladi. Tegishli katakka “+” belgisi qo‘yiladi. SHu tariqa 1 – matritsadan tanlab
olinadigan familiyalarni navbatdagi qatorga yoziladigan o‘zaro tanlanishda bo‘lgan birorta ham
kishi qolmaguncha davom ettirish kerak. Boshqacha qilib aytganda, o‘zaro tanlanishda bo‘lgan
kishilar doirasi yakunlanishi lozim. O‘zaro bir-birini tanlamagan o‘quvchilar matritsaning
oxiriga yoziladi. Mikroguruh, ya’ni birlamchi guruh 2 -5 kishidan iborat bo‘lishi mumkin.
SHunday qilib, sotsiometriya metodi ob’ektiv va aniq ma’lumotlar, ya’ni shaxsning guruh
yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma’lumotlar olishga imkon beradi hamda amaliy
maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Sotsiometrik matritsa
Do'stlaringiz bilan baham: