Mavzu
:
XX asrning 80-yillari oxiri 90-yillar
Boshida sobiq SSSR ni saqlab qolishga
Bo'lgan urinishlar va ularning
O'zbekiston mustaqilligiga ta'siri.
(Yangi ittifoq shartnomasi. GKCHP)
GKChP (“Gosudarstvenniy komitet po chrezvichaynomu
polojeniyu”, o‘zbekchasi –
FVDQ yoki “Favqulodda
vaziyat bo‘yicha davlat qo‘mitasi”) –
bundan roppa-rosa
28 yil avval, bor-
yo‘g‘i uch kun davlat to‘ntarishi ortidan
SSSRda
hukmron bo‘lgan qo‘mita nomi. Qisqa muddat
yashagan bu tuzilma SSSR hamda uning tarkibiga kiruvchi
davlatlar, umuman dunyo tarixida muhim rol o‘ynadi. Bu
haqda “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh hikoya qiladi.
1991-yil 19-avgust. Sovet Ittifoqining barcha
burchaklarida televideniye va radio orqali xabar berildi:
“Prezident Mixail Gorbachyov sog‘lig‘i yomonlashgani
uchun mamlakatni ortiq boshqara olmaydi. U boshlagan
islohotlarning aksariyati boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Shu sababli mamlakat boshqaruvini sakkiz kishidan iborat
Favqulodda vaziyat davlat qo‘mitasi o‘z qo‘liga oladi. Olti
oy davomida mamlakatga yangi rahbar saylanadi”. Bu
xabarni eshitgan odamlar biroz xavotirga tushdi.
“Gorbachyovga nima bo‘lgan ekan
-
a?!” degan o‘y
ko‘pchilikning xayolidan o‘tdi. Mamlakat ahli hali Stalin
vafot etganda “sog‘lig‘i yomonlashdi” deb ma’lumot
tarqatib o‘zaro taxt talashishganini, Xrushchyov Brejnev
tomonidan “sog‘lig‘i yomonlashgani tufayli ishdan
bo‘shash haqida ariza yozdi” degan bahona bilan taxtdan
ketkazi
lganini unutgani yo‘q edi. Qolaversa, bunday
“ssenariy” ittifoqdosh respublikalarning har birida necha
martalab qo‘llangandi. Odamlarning xavotirlari bejiz
emasligi uch kun ichida oydinlashdi. Favqulodda vaziyat
davlat qo‘mitasiga ham mamlakatni olti oy bo
shqarish
nasib etmadi. Hammasi uch kunda tugadi.
1985-yil 11-
mart sanasida SSSR “taxti”ga o‘tirib, Sovet
Ittifoqi kommunistik partiyasining birinchi kotibi
lavozimini olgan Mixail Sergeyevich Gorbachyov sal
o‘tmay mamlakatda “qayta qurish” nomi ostida yan
gi
islohotlar boshlanganini ma’lum qildi. Oldiniga islohotlar
oldinga siljishi biroz sustroq bo‘ldi. Axir Stalin vafotidan
keyin 30 yildan oshiq vaqt bir xil tartibda ishlab kelgan
amaldorlarni o‘zgartirish juda qiyin edi. Ammo
1986yildan boshlab mamlakatdagi aksariyat tartiblar
o‘zgardi. Birinchi navbatda, Gorbachyov KPSSning 1986
-
yilning fevral oyida bo‘lib o‘tgan XXVII syezdida
Afg‘onistondagi behuda urushni to‘xtatish va qo‘shinlarni
bosqichmabosqich bu mamlakatdan olib chiqish haqida
gapirdi. Oktabr oy
ida ilk olti polk Afg‘onistondan olib
chiqildi. Shuningdek, Gorbachyov mamlakatda
kommunistik partiya gegemonligiga chek qo‘yadigan
qaror qabul qildi va boshqa partiyalar tuzishga ham
ruxsat berildi. Shuningdek, diniy sohada ham katta
o‘zgarishlar bo‘ldi v
a mamlakatda 1991-yilgacha turli
konfessiyalarga tegishli ibodatxonalar qayta ochildi,
yangilari qurildi. So‘z erkinligi masalasida juda katta
oldinga siljishlar kuzatildi.
Eng muhimi, mahalliy xalqlarda milliy o‘zlikni anglash, shu
jumladan, mustaqillikka intilish harakatlari boshlandi.
1987
–
1988-
yillardan boshlab Boltiqbo‘yi davlatlari
1940yilda SSSR ularni zo‘rlik bilan bosib olgani, shu tufayli
endi ular SSSR tarkibidan chiqib, mustaqil bo‘lishi haqida
turli chiqishlar qila boshladi.
1990-yilga kelib bir paytlar ikkinchi qutb sifatida dunyoni
titratgan SSSRning tarqab ketish ehtimoli ancha
oydinlashdi. Bu paytga kelib Boltiqbo‘yi davlatlari SSSR
boshqaruvi ostidan chiqqanini bir tomonlama e’lon qilib,
o‘zini boshqarish yo‘liga o‘tgan edi. Shuningdek,
1990yilga kelib bir paytlar sotsialistik tizimning muhim
bo‘laklari sifatida SSSRning qanoti ostida unga suyanchiq
bo‘lgan Sharqiy Yevropa davlatlari –
Polsha, Bolgariya,
Vengriya, Ruminiya, Yugoslaviya, Chexoslovakiya,
Albaniya kabi mamlakatlar sotsialistik boshqaruv usulidan
voz kechib, G‘arbiy Yevropa tomon yuz burdi. Ularda
mamlakatni boshqarib turgan rahbarlarning ayrimlari bu
ishlarga o‘zi boshchilik qilgan bo‘lsa, ayrim qarshilik
qilganlari xalq tomonidan ag‘darib tashlandi.
Buning ortidan sotsialistik tuzumlarning harbiy
bo‘linmalarini birlashtirgan va bir paytlar NATOga qarshi
kuch o‘laroq tashkil etilgan Varshava shartnomasi
tashkiloti (VShT, ruscha OVD) ham 1991-yil 1-iyul
sanasida tarqab ketdi. Bungacha esa Sharqiy Yevropadagi
sobiq sotsialistik mamlakatlarda SSSR harbiy bazalarini
faoliyat yuritishiga qarshi ko‘plab namoyishlar ham bo‘lib
o‘tdi va buning natijasida SSSR Sharqiy Yevropadagi bir
qator mamlakatlardagi harbiy bazalarini yopib, ularda
faoliyat yuritgan qo‘shinlarini SSSRga qaytargan e
di.
SSSRning Yevropa markazidagi muhim tayanch nuqtasi
–
Germaniya demokratik respublikasi 1990-yil 3-oktabrda
yilda Germaniya federativ respublikasiga qo‘shildi va
Germaniya birlashdi. SSSR esa Yevropa markazidagi
muhim tayanch nuqtasidan ayrildi. SSSR aholisi bu
voqealarni sinchkovlik kuzatardi; shuning ortidan SSSRda
yashovchi turli millatlar, ittifoqdosh respublikalarda
mustaqillik uchun harakatlar kuchayib boraverdi. Shu
yo‘lda 1990
-yilda ittifoqdosh respublikalarning aksariyati
mustaqillik deklaratsiyalarini qabul qildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Mustaqillik deklaratsiyasini
1990-yil 20-iyunda qabul qilgan.
Mustaqillik deklaratsiyasining birin-ketin qabul qilinishi
ittifoqdosh respublikalarning mustaqillik yo‘lida qo‘ygan
ilk muhim qadamlari edi.
1991-
yilga o‘tib esa mustaqillik uchun harakatlar biroz
jonlandi.
O‘sha paytda SSSR rahbari sifatida ishlab kelayotgan
Gorbachyov 1988
–
1989-yillarda ham, 1990
–
1991-yillarda
ham mamlakatning turli hududlarida ro‘y berayotgan
voqea-hodisalarga birmuncha xotirjam qaradi. Ayniqsa
1990
–
1991-yillarda SSSRning turli hududlarida
mustaqillik uchun qilinayotgan harakatlarga ham ancha
bosiq munosabatda bo‘ldi.
Ammo Moskvada o‘tirgan SSSRning bir necha yuqori
martabali shaxslariga ro‘y berayotgan hodisalar ma’qul
kelmadi va ular Gorbachyovni munosabat bildirishda
ko‘ngilchanlik qilayotganlikda aybladi.
1991-yil 17-mart kuni SSSRda umumxalq referendumi
o‘tkazildi. Unda qatnashgan aholining 77,85 foizi SSSRni
saqlab qolishni yoqlab ovoz berdi. Gorbachyov SSSRni
tarqat
ish va uning o‘rniga Mustaqil davlatlar
konfederatsiyasini tuzish rejasini e’lon qildi. Rejaga ko‘ra,
20-avgust kuni ittifoqdosh respublikalar rahbarlari
Mustaqil davlatlar konfederatsiyasi bitimini imzolashlari
kerak edi. Bu reja SSSRni saqlab qolish tarafdorlari
bo‘lgan ko‘pgina rahbarlarga yoqmadi.
1991-yilning 4-avgust kuni Gorbachyov dam olish uchun
Qrimdagi hukumatga tegishli Foros dam olish
rezindensiyasiga jo‘nab ketdi. 16
-avgust kuni Gorbachyov
Forosdan turib 20-
avgust kuni ta’tildan qaytishi va
ittifoqdosh respublikalar bilan Mustaqil davlatlar
konfederatsiyasi shartnomasini imzolashini ma’lum qildi.
1991-yil 18-avgustdan 19-
avgustga o‘tar kechasi SSSR
prezidenti Gorbachyovning mamlakatda olib borayotgan
ichki va tashqi siyosatidan norozi
bo‘lgan bir guruh
rahbarlar uning SSSRni tarqatib yuborib, o‘rniga
konfederatsiya tuzishiga qarshi chiqib, SSSRda davlat
to‘ntarishi uyushtirdi hamda Gorbachyovni Forosdagi
dala hovlisida dam olayotgan joyida nazoratga olib, unga
rejasini bekor qilish tala
bini qo‘ydi.
Ammo Gorbachyov bu talabga ko‘nmadi. Shundan so‘ng
ular Gorbachyovni dala hovlidan chiqa olmaydigan qilib
nazoratga oldi. Ular Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha davlat
qo‘mitasi tuzilganini va mamlakatni vaqtincha shu
qo‘mita boshqarishi haqida
televideniye va radio orqali
e’lon qildi.
Ular davlat to‘ntarishini sodir etishidan asosiy maqsad
SSSRni saqlab qolish edi. Ular Gorbachyov 1991-yil
20avgust kuni SSSRni tarqatib yuborsa, egallab turgan
mansablaridan ayrilishi aniqligini yaxshi bilar edi. Shu
uchun ham ular bu rejaga mutlaqo qarshi edi.
Ular mamlakat boshqaruvini qo‘lga olar ekan, davlat
to‘ntarishi uyushtirilgani haqida umuman gap bo‘lmadi.
Faqat Gorbachyov oxirgi paytlar SSSRni boshqarish
layoqatini yo‘qotgani, shu tufayli mamlakat taqd
iri jar
yoqasiga kelib qolgani, Gorbachyov oxirgi kunlarda
sog‘ligi yomonlashgani tufayli iste’fo bergani va
davolanayotgani, shu sababli mamlakatni yangi rahbar
tayinlanguncha qo‘mita boshqarib turishi haqida
uzundan-
uzoq murojaatnomani o‘qib berdi.
Favq
ulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasi tarkibida SSSR
vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev, bosh vaziri Valentin
Pavlov, ichki ishlar vaziri Boris Pugo, mudofaa vaziri
Dmitriy Yazov, davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) rahbari
Vladimir Kryuchkov, mudofaa vazirining 1-
o‘rinbosari
Oleg Baklanov, dehqonlar ittifoqi raisi Vasiliy
Starodubsev, qurilish, transport, aloqa va davlat
korxonalari va obyektlari assotsiatsiyasi prezidenti
Aleksandr Tizyakovlar bor edi.
Shuningdek, ularni mudofaa vaziri o‘rinbosari,
quruqlik
dagi qo‘shinlar qo‘mondoni Valentin Varennikov,
prezident apparati rahbari Valeriy Boldin, KPSS MQ
kotibi, siyosiy byuro a’zosi Oleg Shenin, SSSR prezidentini
qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Vyacheslav Generalov, KGB
DXQ qo‘riqlash xizmati boshlig‘i Yuriy Ple
xanov, Oliy
Kengash raisi Anatoliy Lukyanov va yana bir qator yuqori
martabali amaldorlar qo‘llab
-quvvatladi.
Favqulodda vaziyatlar davlat qo‘mitasini DXQning “Alfa”
guruhi, mudofaa vazirligining Dzerjinskiy, harbiy desant
qo‘shinlarining Tula diviziyasi,
Taman motoo‘qchi
diviziyasi va Kantemir diviziyalari faol qo‘llab
-quvvatladi.
Shuningdek, davlat teleradiokompaniyasi ham FVDQ
ixtiyoriga o‘tdi.
Qo‘mita rahbari SSSR vitse
-prezidenti Gennadiy Yanayev
bo‘ldi.
1991-yil 19-
avgustda “Gorbachyovning sog‘lig
i
yomonlashgani tufayli mamlakat konstitutsiyasining
127,7-
moddasigiga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar davlat
qo‘mitasi mamlakat boshqaruvini o‘z qo‘liga olganini”
e’lon qilgan FVDQ mamlakatning ayrim hududlarida
favqulodda vaziyat joriy etilganini e’lon qildi
.
FVDQ mamlakatda kommunistik partiyadan boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |