Taklif elastikligini aniqlab beruvchi asosiy omillarga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Ishga tushirilmagan ishlab chiqarish kuchlarining mavjudligi. O‘sib
borayotgan talab ishlab chiqarish kuchlarini nisbatan tezroq ishga tushirish evaziga
qondirilishi mumkin.
2. Sotish uchun taklif qilinayotgan tovar va xizmatlarning turlari. Tez
o‘zgarib turadigan va bu jarayonda qo‘shimcha sarmoya talab qilmaydigan tovar,
xizmatlar, texnologiya va ishlab chiqarish hajmlari boshqalarga nisbatan taklif
elastikligi yuqoriroqdir.
3. Tayyorlangan tovarni uzoq muddat saqlash imkoniyatining mavjudligi.
Agar firmada bunday imkoniyat mavjud bo‘lsa, u zahirada yig‘ilgan mahsulotlar
evaziga ishlab chiqarish hajmini oshirishi mumkin. Shunga muvofiq, uning taklifi
ham narxlar o‘zgarishiga nisbatan yanada elastikroq bo‘ladi.
4. Ishlab chiqarishni kengaytirish uchun zarur bo‘lgan minimal hajmdagi
harajat. Zarur bo‘lgan kapital qo‘yilmalarning hajmi qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif
elastikligi ham shunchalik past bo‘ladi.
5. Bozor kon’yunkturasi. Tovar defitsiti sharoitida ishlab chiqaruvchilar aniq
hajmdagi tovarni yuqori narxda sotsh imkoniga ega bo‘ladilar. Bunday sharoitlarda
taklif noelastik bo‘ladi.
6. Vaqt oralig‘i. Vaqt oralig‘i qanchalik uzoq bo‘lsa, ishlab chiqaruvchida
shunchalik narxlarni o‘zgarishiga moslashib olish uchun imkoniyat tug‘iladi va
taklifning elastikligi ham ortib boradi.
Xulosa va takliflar
Talab va taklif qonuni – bozor qonuni. Unga muvofiq talab narxga teskari
mutanosiblikda, taklif esa to’g’ri mutanosiblikda o’zgaradi. Talab va taklif o’zgarishiga juda ko’p omillar ta’sir qiladi. Ularni ikkiga narx va narxdan boshqa omillarga ajratiladi.
Talab va taklif qonuni talab va taklifni narx o’zgarishiga bog’liq ravishda o’zgarishini ko’rsatadi, lekin qanday o’zgarishini ko’rsatmaydi. Bu vazifani talab va taklif elastikligi ko’rsatkichlari bajaradi va elastiklik koeffitsienti orqali ifodalanadi. Bu koeffitsient 1dan kata bo’lsa,talab va taklif elastik, 1ga teng bo’lsa yagona elastik, birdan kichik bo’lsa nolastik bo’ladi. Elastiklik koeffitsienti narxga nisbatan hisoblangandan tashqari daromadga qarab ham aniqlanadi.Undan tashqari bilvosita talab koeffitsienti ham hisoblanadi.Bunda biz tovarlarni mustaqil tovarlar, bir-birini o’rnini bosuvchi tovarlar, bir-birini to’ldiruvchi tovarlarga bo’lib
o’rganamiz.
Elastiklik koeffitsientini aniqlash iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega. Unga ko’ra firma, uy xo’jaligi, davlat narxni o’zgarishi qanday oqibatga olib kelishini chamalab, muvofiq ravishda chora-tadbirlar belgilaydi.
Talab xaridor uchun tovarning qadr-qimmatini ham belgilaydi. Bunda har bir xaridor o’zi tovarning nafliligini uning narxi bilan taqqoslaydi. Naflilik har bir xaridor uchun sub’ektiv bo’lib, unga ko’ra xaridor tanlovi amalga oshadi. U nimani afzal ko’rsa shuni sotib oladi.
Iqtisodiyotda me’yoriy naflilik qonuni amal qiladiki, uning amal qilishiga ko’ra xaridorning ehtiyoji qondirilgani sari uning uchun ko’shimcha tovarning nafliligi pasayib boradi. Demak bozorni o’rgangan holda chora-tadbirlar elgilash talab qilinadi.
Bozorda talab va taklif muvozanati asosida tovar va xizmaitlarning narxi belgilanadi. Alohida tovar-xizmatlarga bo’lgan talab va taklif muvozanati juz’iy muvozanat, bozordagi barcha tovar, xizmatlar tarkibi va miqdori jihatidan talab va taklifni bir-biriga muvofiq kelishi bozor muvozanatini ifodalaydi.
Bozor muvozanati mutloq va abadiy emas, u o’zgarib turadi. Bozorda dinamik muvozanatga: narxlar o’zgarishi, talab va taklif nisbatini o’zgarishi, raqobat kurashi orqali erishiladi. Bozorda muvozanatning davomiyligi sotuvchi uchun xam xaridor uchun ham ayni muddao.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular
eng ko‘p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish
imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi
turli ko‘rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ularning
shunchaki o‘zini-o‘zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo‘jalik faoliyati
sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga o‘tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o‘rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |