2.2. Raqobatning turlari, mohiyati va usullari.
Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni
cheklash va raqobat to‘g‘risidagi qonon bugungi kunda eskirdi va zamon
talablariga javob bermay qoldi. Shuni e’tiborga olgan xolda “Raqobat
to‘g‘risidagi” yangi qonunni ishlab chiqarishimiz va qabul qilishimiz zarur.”6- deb
ta’kidlagan edilar.
Shulardan kelib chiqqan xolda, raqobat bozor iqtisodiyotini
harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblanadi. Zero, raqobat tashqi kuch sifatida
maydonga chiqib, korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish, harajatlarni
kamaytirish, ishlab chiqarish va mehnatni oqilona tashkil etishga, binobarin ishlab
chiqarishni kengaytirish va samaradorligini oshirishga doimo undab turadi.
Raqobat nima ishlab chiqarish kerak? degan savolga aniq javob beradi.
Chunki haridorning tovar va xizmatlarni sotib oligga sarflash uchun mo‘ljallangan
mablag‘lari doimo cheklangan bo‘ladi. O‘z navbatida tovar ishlab chiqaruvchilar
o‘z tovarlarini sotish orqali Ushbu mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida
kurashadilar.
Shuni aloxida ta’kidlash kerakki raqobat iqtisodiy agentlarning bitimlarini
uzluksiz oshirishga, rag‘batlantirib turadi. Busiz raqobatda g‘olib chiqish mumkin
emasligini ta’kidlab, shuni aytish kerakki fan-texnika taraqqyoiti yutuqlarini
vaqtida ishlab chiqarish, joriy etish yuqori saviyadagi mutaxassislarni talab etadi.
Ushbu ishlarni amalga oshirmaslik esa muqarrar ravishda raqobat kurashini boy
berishga olib keladi.
Bozorda firmalar resurslarini arzon olish va tovarlarni qimmatroq sotishga
intiladilar va foydani ko‘proq olish uchun kurashadilar. Haridor mollarni bozorda
arzon olmoqchi bo‘lsa, sotuvchi qimmatroqqa sotishni o‘ylaydi. Raqobatda aniq
maqsadlar qanday bo‘lmasin, pirovard natija daromad ko‘rish yoki imidj ortishidan
iborat. Raqobatsiz bozor iqtisodiyotining bo‘lishi mumkin emas va bunda
iqtisodiyot mavjud bo‘la olmaydi ham.
Bozor raqobati qanday xususiyatga ega? Birinchi navbatda, rivojlangan
bozorda raqobat iste’molchilar (haridorlar) o‘rtasida emas balki tovarlar va
xizmatlarni sotuvchilar ham iste’molchilar singari foyda olish yo‘lida harakat
qiladi. Ammo ishlab chiqaruvchining shaxsiy foydani ko‘zlashi raqobat bo‘lganda
yuqori raqobatdoshlikka erishish moddiy texnika, moliya va mehnat resurslaridan
samarali foydalanish esa umuman jamiyat manfaatlariga mos keladi, chunki
resurslar har qanday jamiyatda cheklangan. Raqobat mahsulot birligiga mehnat
sarfini kamaytirishga eng mukammal texnologiyalarni ishlab chiqarish va joriy
etishga, mahsulot sifatini yaxshilash va narxini pasaytirishga rag‘zbat beradi. 7
Bozorning raqobatchilik tarkibiy tuzilishining turli modellari ajratib
berilgan. Uning turli modeli keng e’tirof etilib, mukammal (sof) raqobat;
monopolistik raqobat, oligopoliya, mukammal monopoliya kabilarga bo‘linadi.
Mukammal (sof) raqobat - bozorga kirib keladigan va undan chiqib ketadigan,
haridor va sotuvchilarning ko‘pligi bilan tavsiflanadigan, sotuvchilar bir xil ish
turidagi tovarlar va xizmatlarni taklif etadigan raqobat turidir. Bunda haridor va
sotuvchilarning birontasi ham aloxida bir o‘zi bozor narxlariga ta’sir ko‘rsatishga
qodir bo‘lmaydi. Bu modelga ko‘ra mukammal raqobatchi mavjud bozor
narxlarida sotish uchun mo‘ljallangan jami mahsulot yoki xizmatni bozorda sotish
imkoniyatiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki tovarlarni sotuvchi hisoblanadi.
U umumbozor narxlariga uni ko‘tarish yoki pasaytirish tomoniga qarab hech
qanday ta’sir ko‘rsata olmaydi, chunki bir xil yoki turdosh tovarlar va xizmatlar
savdosining umumiy xajmida uning hissasi bir ishlab chiqaruvchi bozorni o‘z
ichiga oladigan bo‘sag‘asidan past ijtimoiy manfaatlar nuqtai nazaridan xuddi shunday raqobatli bozor eng foydali hisoblanadi. Bunday bozorda yakka bir ishlab
chiqaruvchi va sotuvchi narxga ta’sir ko‘rasat olmaydi, jamiyat esa haridor
qiyofasida tekshirib, sinab, tanlab olib ayni paytda ishlab chiqarishni nazorat qiladi
va boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |