mavzu / soat / juftlik


Birinchi guruh tuslovchilar



Download 1,01 Mb.
bet79/82
Sana03.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#427817
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82
Bog'liq
Umumiy

Birinchi guruh tuslovchilar


Bu guruhga mansub tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa qo`shimchalarini olgan sof fe`l negizidan so`ng va edi to`liqsiz fe`liga qo`shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.


Fe`llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:


Shaxs


Son

Birlik

Ko`plik

I

yozdim, yozsam, yozgan edim

zdik, yozsak, yozgan edik

II

yozding, yozsang, yozgan eding

yozdingiz, yozsangiz, yozgan edingiz

III

yozdi, yozsa, yozgan edi

yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan edi(- lar)



Ikkinchi guruh tuslovchilar




Bu affikslar –b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (- yotgan qo`shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, -yotib, -moqchi bilan shakllangan fe`l negizidan so`ng qo`shiladi. Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko`rinishda bo`ladi, ya`ni birinchi xil ko`rinishda –b(-ib), -a(-y) qo`shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlar hamda –yap, - yotib bilan shakllangan fe`llar III shaxs birlikda –di (-ti), ko`plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko`rinishda esa fe`lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), -digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan shakllangan fe`l negizlari, shuningdek, fe`llar ekan, emish to`liqsiz fe`llari bilan birga qo`llansa, III shaxsda shaxs ko`rsatkichi shakllanmaydi (nol ko`rsatkichli shaklda keladi).
Fe`llarning ikkinchi guruh (A.B ko`rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha: «A» ko`rinishi

Shaxs


Son

Birlik

Ko`plik

I

yozib-man, yozayotib-man, yoza-man
yozyap-man

yozib-miz, yozayotib-miz, yoza-miz,
yozyap –miz

II

yozib-san, yozayotib-san, yoza-san,
yozyap -san

yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-siz,
yozyap –siz

III

yozib-di, yozayotib-di, yoza-di, yozyap
-ti

yozibdilar, zayotibdilar, yozadilar,
yozyaptilar

«B» ko`rinishi



Shaxs


Son

Birlik

Ko`plik

I

yozgan-man, yozar-man, yozadigan- man, yozmoqda-man, yozmoqchi-man

yozgan-miz, yozar-miz, yozadigan- miz, yozmoqda-miz, yozmoqchi-miz

II

yozgan-san, yozar-san, yozadigan-san, yozmoqda-san, yozmoqchi-san

yozgan-siz, yozar-siz, yozadigan- siz, yozmoqda-siz, yozmoqchi-siz

III

yozgan, yozar, yozadigan, yozmoqda, yozmoqchi

yozgan-lar, yozar-lar, yozadigan- lar, yozmoqda-lar, yozmoqchi-lar



Uchinchi guruh tuslovchilar


Bular buyruq maylidagi sof fe`l negizidan so`ng qo`shiladi. Fe`llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:



SHaxs

Son

Birlik

Ko`plik

I

yozay, yozayin, o`qiy, o`qiyin

yozaylik, o`qiylik

II

yoz, yozgin, o`qi, o`qigin

yozingiz, o`qingiz,

III

yozsin, o`qisin

yozsinlar, o`qisinlar,






20-mavzu / 2 soat / 1 juftlik

Fe’l zamonlari





Reja:

  1. Fe’llarda zamon kategoriyasi.

  2. O’tgan zamon:

a) yaqin o’tgan zamon fe’li;
b) uzoq o’tgan zamon fe’li;
s) o’tgan zamon hikoya fe’li;
d) o’tgan zamon davom fe’li;
ye) o’tgan zamon maqsad fe’li.

  1. Hozirgi zamon:

a) hozirgi-kelasi zamon fe’li;
b) hozirgi zamon davom fe’li.

  1. Kelasi zamon:

a) kelasi zamon gumon fe’li;
b) kelasi zamon maqsad fe’li.
Mashg’ulot maqsadi:
Talabalarga fe’llardagi zamon kategoriyasi, o’tgan zamon fe’llari, ularning hosil bo’lishi va imlosi, hozirgi zamon fe’llari, ularning hosil bo’lishi va imlosi, kelasi zamon fe’llari, ularning hosil bo’lishi va imlosi haqida ma’lumot berish.


Mavzuni o’rganish natijasida talaba:
Talabalar fe’llardagi zamon kategoriyasi, o’tgan zamon fe’llari, ularning hosil bo’lishi va imlosi, hozirgi zamon fe’llari, ularning hosil bo’lishi va imlosi, kelasi zamon fe’llari, ularning hosil bo’lishi va imlosi haqida bilib oladilar va amaliyotda qo’llash ko’nikmalariga ega bo’ladilar.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar ro`yxati:
1. M.Hamroyev, D.Muhamedova, D.Shodmonqulova, X.G’ulomova, Sh. Yo’ldosheva. Ona tili. Darslik. MOLIYA-IQTISOD, Toshkent, 2007-yil. 81. 633.1 O -56 У-6793 (10 ta)
2. R.Ikromova, D.Muhamedova, M.Hamrayev. Ona tilidan mashqlar to’plami (o’quv qo’llanma) TDPU, Toshkent, 2009-yil. 81.633.1921994 И 37 (60 ta).
3. George Yule. The Study of Language. CAMBRIDJE UNIVERSITY PRESS. 2010.
4. B.Mengliyev, O’. Xoliyorov. O’zbek tilidan universal qo’llanma. T., 2007
Qo`shimcha adabiyotlar
5. H.Jamolxonov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 2005, “Talqin” nashriyoti.
6. Sh.Rahmatullayev. Hozirgi adabiy o’zbek tili. 2006, “Universitet” nashriyoti.
7. M.Hamrayev. Ona tili fanidan lisoniy tahlil qoliplari. “Sharq” NMAK, 2015.
8. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent – “O`zbekiston” -2016.488 b.
Internet saytlari:

  1. www.wyebofscience.com- Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  2. www.scopus.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi.

  3. www.elibrary.ru - Rossiya ilmiy maqolalar indeksi.

  4. www.ziyonet.uz - Axborot ta’lim tarmog`i yoshlarni, murabbiylarni, shuningdek aholining turli qatlamini kerakli axborot bilan ta’minlash bazasi.




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish