Fe`lning vazifadosh shakllari
Fe`lning gapda ma`lum bir gap bo`lagi vazifasini bajarishga mos bo`lgan shakli uning funksional formasi deyiladi. Fe`lning funksional formalari gapda kesim, hol, aniqlovchi, ega va to`ldiruvchi vazifalarida keladi.
O`zbek tilida fe`lning funksional formalariga sof fe`l, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi kiradi.
Sof fe`l
Fe`lning tuslangan formada qo`llanib, kesim vazifasini bajarishga mos shakli sof fe`l deb ataladi. Sof fe`l har uch zamon shaklida qo`llangan aniqlik, buyruq-istak, shart mayli formasidagi fe`llarni o`z ichiga oladi. Masalan: To`g`ri so`z odam butun hayoti davomida mehr, sadoqat nurlarini tarqatadi (U.Mahkamov). Kimki oz bilsa, ozga o`rgatadi. (Tafakkur gulshani). Aqlni beaqldan o`rgan (Maqol).
Do'stlaringiz bilan baham: |