Mavzu : Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ( takrorlash )
Darsining talimiy maqsadi :
O`quvchilarga oksidlanish qaytarilish reaksiyalar, oksidlovchi,qaytaruvchi to`g`risida bilim berish.
Oksidlovchi,qaytaruvchilarni aniqlash, oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish ko`nikmalarini hosil qilish .
Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarini ahamiyatini anglatish .
Darsning tarbiyaviy maqsadi :
O`quvchilarda bir-biriga do`stona munosabatda bo`lish malakasini,bir-biriga yordam berish tuyg`usini,guruh bo`lib ishlash malakasini hosil qilish .
Sinfda do`stona muhitni vujudga keltirish .
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi :
O`quvchilarning mustaqil mutoala qilish , mustaqil bilim olish , o`qigan ,o`rgangan
materiallar asosida xulosa qilish malakalarini rivojlantirish .
Darsning jihozlari :plakatlar , tarqatmalar.
Darsning turi : noanaviy ,sinov, berlashuv .
Darsning borishi :
I . Tashkiliy qism :
1. Sinf xonasini darsga tayyorligini ,o`quvchilar davomatini , o`quv qurollari , formasini ko`zdan kechirish.
2. Sinf o`quvchilarini uch guruhga ajratish va ularni ,, oksidlovchilar” ,
,,qaytaruvchilar” va ,,ham oksidlovchi ,ham qaytaruvchi “ guruhlari bilan nomlash.
Sinfda jami 27 o`quvchi bo`lib har guruhda 9 tadan o`quvchi bo`ladi .
II. Mavzu o`tilgan darslarda o`rganilgan va o`quvchilarga takrollab kelish topshirilgan. Dars bellashuv tarzda o`tadi .Doskaga faqat oksidlovchi , faqat qaytaruvchi va ham oksidlavchilar ,ham qaytaruvchi xossalarni namoyon qiluvchi moddalarning formulasi yozilgan doira shaklidagi qog`ozlar ilib qo`yilgan. Guruhlarning har bir o`quvchisi navbatma –navbat moddalardan o`z guruhi bilan nomlanuvchi moddalarni tanlaydi va ko`krak nishon qilib ta`qib oladi .
Guruhlarning ishlari tekshirilib, xato va kamchiliklar kuzatib boriladi va baholab jadvalga qayt etiladi .
Dars quyidagi shartlar bo`yicha davom etadi :Har bir guruhdan bir o`quvchi doskaga taklif etilib ularga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma`lumotlar yozilgan qog`ozlar beriladi . Ular ma`lumotlarni quyidagi tartibda joylashtirishlari zarur .
Oksidlanish qaytarilish reaksiyalari
Malekulalar aro ichki malekulyar disproporsiyalanish
MnO2 + HCl =Cl2 + MnCl2 KNO3 =KNO2 + O2 Cl2 + H2O = HCl + HClO
3-shart : Har bir guruxdan bir o`quvchi doskada o`z guruhi nomini izohlaydi .
4-shart : Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalarining turini aniqlash uchun ularda ishtirok etayotgan atomlarning oksidlanish darajalarini aniqlash lozim . Har bir guruhdan bitta o`quvchilar doskaga taklif etiladi va moddalarning formulasi asosida ulardagi atomlarning oksidlanish darajasini aniqlaydilar . O`quvchilarning
ishlari tekshirilib baholab boriladi .
5-shart : Har bir guruh a`zosi oksidlanish – qaytarilish reaksiya tenglamalarini
elektron balans usulida tuzadi .
6-shartda : Barcha o`quvchilarning mavzu yuzasidan bilimlari sinaladi . Buning uchun teskari o`girilib qo`yilgan turli shakldagi qog`ozlarga savollar yozilgan .
Har bir guruhdan o`quvchilar navbatma-navbat o`qiydi va javob beradilar .
Doskaga ilib qo`yiygan kimyoviy jihozlarning rasmi chizilgan plakatlarga yopishtiriladi. Har bir guruh uchun quyidagicha jihozlar chizilgan :
Qaysi guruh jihozini to`liq yasasa g`olib hisoblanadi .
Har bir guruh a`zolari navbatma-navbat quyidagi savollarga javob berishadi.
-
guruh savollari :
-
Oksidlovchi nima ?
-
murkkab moddalarda atomlarning oksidlanish darajalari yig`indisi nechaga teng?
-
Vodorodning oksidlanish darajasi necha ?
-
Ichki malekulyar oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari .
-
Ftor erkin sharoitda oksidlovchimi , qaytaruvchimi ?
-
Atom qaytarilganda uning oksidlanish darajasi qanday o`zgaradi ?
-
Turmushda suvni tozalashda nihoyatda zaharli gaz xlor ishlatiladi , nima uchun ?
-
Quyidagi reaksiya turini aniqlang :
KNO3 = KNO2 + O2
-
HJ oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?
-
guruh savollari :
-
Qaytaruvchi nima ?
-
Oddiy moddalarning oksidlarinish darajasi
-
Malekulalar aro oksidlanisg – qaytarilish turlari
-
Sinproporsiyalanish reaksiyalari qanday reaksiyalar
-
O2 oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?
-
Oksidlanish jarayonida atomlarning oksidlanish darajalari qanday o`zgaradi ?
-
Sanoatda kislorod havodan olinadi yoki suvni parchalab olinadi .Bulardan qaysi biri
oksidlanish – qaytarilish reaksiyalariga misol bo`la oladi ?
-
Quyidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasini turini aniqlang :
Cl2 + KOH = KCl +KClO3 +H2O
-
K2 Cr2O7 oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?
III – guruh savollari :
-
Oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari tarifi .
-
Kislorodningning oksidlanish darajasi .
-
Oksidlanish – qaytarilisg reaksiyalari turlari .
-
Disproporsiyalanish reaksiyalari .
-
Metallar erkin holda oksidlanish –qaytarilishga ko`ra oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?
-
Agar kimyoviy reaksiyalar paytida atomlarning oksidlanish darajasi o`zgarmasa bu qanday jarayon ?
-
Kaliy permanganat tibbiyotda dizenfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatiladi , bu qanday tushuntiriladi ?
-
Quyidagi reaksiya turini aniqlang :
KMnO4 + HCl = Cl2 + MnCl2 +H2O + KCl
-
Kislorod oksidlovchimi yoki qaytaruvchimi ?
7- shart : Atamalar va uylarni izohlash .
O Q D
K A I
S Y S
I T S
D A O
L R T
A I S
N L I
I I Y
Sh Sh A
8- shart : Sardorlar bellashuvida mavzuga oid masalaning yechilishi doskaga yoziladi , sardorlar masalarini shartini tuzadilar . So`ngra sardorlarning tuzgan masalalari eshitiladi va tahlil qilinadi .
Barcha shartlar bo`yicha o`quvchilarning javoblari tahlil qilinadi xato va kamchiliklari to`g`rilanadi.
O`quvchilarning to`plagan ballari asosida g`olib guruh aniqlanadi va shu guruh o`quvchilarininh barchasi ,, 5 “ ball bilan , ikkinchi o`rinni olgan huruh o`quvchlari ,,4” ball bilan , uchunchi o`rinni olgan guruh o`quvchilari esa ,,3” ball bilan baholanadi .
Uyga vazifa :
-
Mavzuni takrorlash
-
Mavzu yuzasidan qo`shimcha materiallar yig`ish
-
Oksidlanish – qaytarilish reksiyalari mavzusiga oid testlar tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |