Mavzu : Nutq uslublari. So’zlashuv uslubi


-MAVZU: “Rustamxon” dostoni



Download 129,03 Kb.
bet38/56
Sana12.01.2022
Hajmi129,03 Kb.
#353422
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56
Bog'liq
Ma'ruza matn(1) (2)

37-MAVZU: “Rustamxon” dostoni

Reja:

1. Rustamxon timsoli, unga xos mardlik, jasurlik, irodalilik.

2. Huroyim va Oftoboy timsollarida o’zbek ayollariga xos oqilalak, bardoshlilik.

3. Asarda ifodalangan milliy qadriyatlar va inson ruhiyati tasviri.



Tayanch so’z va iboralar:Rustamxon, Huroyim, Oftoboy,Sultonxon,doston

Dostonning bosh qahramoni Rustam yoshligidan baquvvat, mard va jasur bo’lib ulg’aydi. Doston voqealari rivojida Rustamning qo’rqmas va dovyurakligini, chin insoniylik sifatlarini ko’rish mumkin. Kundoshlari tuhmat bilan onasini yurtdan haydab, dorga ostirmoqshi bo’lganlarida, Rustam sarosimaga tushmadi. Onasini jallodlar qo’lidan qutqarib: “Adashganning oldi yo’l”, -deya yo’lga tushadi va Hukumu tog’ida qo’nim topib ovchilik bilankun ko’ra boshlaydi.

Rustam ov kunlarining birida o’tovga bog’lab qo’yilga xushsurat qizni ko’rib qoladi va uning ajdarga yemish uchun turganligidan xabar topadi. Xabarni eshitgan Rustam ajdar bilan jangga otlanadi. Oftoboy yalinib-yolvorib Rustamni o’z ahdidan qaytarishga urinadi, biroq dovyurak Rustam: “Mard so’zidan, yo’lbars izidan burilmaydi” degan gap bor, ajdahor domiga tortadi, meni yutadi deb vahm qilmayman, qayishmay ajdahorning yo’lini aytgin”, - deydi. Ajdar bilan mardonavor kurashib, uni yengadi va qizni o’limdan qutqaradi. Ajdar zulmidan xalos bo’lgan Bujul yurti Rustamni shohlikka ko’taradi va Oftoboyim bilan to’yini qilib uylantirib qo’yadi.Erkin va oddiy hayot yo’lini tanlagan Rustam uch kundan so’ng shohlikdan voz kechib, suyukli yorini olib, onasi oldiga qaytadi. Shu taruqa dostonda Rustam obrazi soddadil, mard va qo’rqmas, jismonan baquvvat inson, mehribon farzand va sadoqatli yor sifatida gavdalanadi.

Dostonda Huroyim va Oftoboyim obrazlari alohida ajralib turadi. Ularga xos go’zallik, oqilalik, sadoqat vamehribonlik doston voqealari rivojida ishonarlitasvirlangan. Xususan, Oftoboy- tengsiz go’zal qiz. Uni birinchi ko’rgan Rustam unga shunday murojaat qiladi:

Maloyik suratli, gul yuzli dilbar,

Seni ko’rgan odam bo’lar beqaror.

Oy-u kundan ziyod sening husning bor

Ne qildi seni boylab giriftor?

Oftoboyda mana shu go’zallikka teng fahm-farosat, zukkolik ham mavjud edi. Uning bu fazilatlari Sultonxon o’z qilmishlariga tavba qilib, o’g’li va xotinidan kechirim so’rash uchun darvesh qiyofasida kelgan paytda ham ko’rinadi.

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:



  1. Rustamning mard va jasurligiga munosabat bildiring.

  2. Rustam nima uchun podshohlikni rad etdi?

  3. Huroyim va Oftoboyimga xosfazilatlarni sanang.

  4. Matnda Sultonxon obro’si qanday ro’rsatilgan?


Download 129,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish