Yoritish anjomlari nosozliklari va ularga TXK - Yoritish anjomlari nosozliklari va ularga TXK
- Yoritish va ogohlantirish anjomlarining nosozliklarini kelib chiqishi lampochkalarning kuyishi, uzgich-ulagichlarning ishdan chiqishi natijasida ro’y beradi. Eng asosiy qiyinchilik faralarning nosozligi aniqlashdan iborat. Yaqin yoritish chiroqlari 30 m ni, uzoq yoritish chiroqlari 100 m masofani yoritishi kerak. Burilish chiroqlarining o’chib yonish chastotasi 1,50,5 Gst ni tashkil qilishi kerak.
- Faralar maxsus optik priborlar yoki avtomobildan ma’lum masofada devorga o’rnatilgan mahsus ekran yoki jihozlar yordamida sozlanadi. Rostlash vaqtida bitta fara yorug’lik nuri o’tkazmaydigan g’ilof bilan yopib qo’yiladi. Agarda farani sozlashda ekrandan foydalanilsa, u holda ekran, avtomobilning turiga qarab, undan 5-12 m gacha uzoqlikda joylashtirilishi mumkin. Agar yorug’lik sharpasining ellipssimon shakli markazi bilan ekrandagi vertikal va gorizantal chiziqlarning kesishish nuqtasi mos tushmasa, faralar rostlash vintlari yordamida sozlanadi. Shunday tartibda ikkinchi fara ham sozlanadi.
- Fara nurlarini rostlash uchun avtomobilni (yuklanishsiz va shinalarda bosimning normal holatida), devordan yoki avtomobilning bo’ylama o’qiga perpendikulyar holatda soyada joylashgan tik ekrandan 10 m masofada, gorizontal maydonchaga qo’yiladi va rostlash ishlari bajariladi.
Tekshiruv-nazorat asboblari - Tekshiruv-nazorat asboblari
- Tekshiruv-nazorat asboblarining ishlash qobiliyati va to’g’ri ko’rsatishi tekshiriladi. Ularning nosozliklari sim chulg’amlarining kuyishi, simlarning uzilishi, noto’g’ri ko’rsatishi bo’lib, tuzatib bo’lmasa, ular yangisiga almashtiriladi.
- Moy bosimi, suv harorati va yonilg’i sathining ko’rsatgichlari datchik va qabul qiluvchilarning ishchanligini tekshirish uchun, ular avtomobildan echib olinadi va mahsus jihozlar yordamida me’yor ko’rsatgichlariga taqqoslab tekshiriladi.
- Nazorat-ulchov asboblarining konstrukstiyasi va vazifasining turli-tumanligini hisobga olib quyida misol tariqasida, haroratning magnitoelektrik ko’rsatkichidagi asosiy nosozliklar keltirilgan:
- - datchikni dvigatelga maxkamlash paytida uning gaykasiga ortiqcha kuch bilan burash oqibatida datchik ballonidagi germetiklikni buzilishi (bu holda suv datchik ichiga o’tib termorezistorni ishdan chiqaradi);
- - termorezistor tavsifnomasini barqarorligining buzilishi ishlatish jarayonida termorezistorning ortiqcha va uzoq, vaqt qizishi oqibatida yuzaga keladi, masalan, dvigatelni sovutish suyuqligisiz ishlatilganda; tebranish va zarblar ta’sirida priyomnik strelkasining magnit o’qida siljishi;
- - priyomnik ichidagi simning uzilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |