Mamlakatning eng cheka shimoli-g‘arbiga balandligi 60-300 m ga yetuvchi pasttekislik Eron Mugoni kiradi. U Kura-Araks pasttekisligining bir qismi hisoblanadi. Janubiy Kapiy pasttekisligi Elbrusning shimoliy etagida joylashgan. Bu pasttekislikning kengligi 2-6 km dan 30-40 km gacha. Pasttekislik dunyo okeani sathidan pastda joylashgan. Kaspiy dengizining janubiy sohili kam parchalangan, bu esa kemalar to‘xtashi uchun noqulay. Janubiy-Kaspiy pasttekisligidan sharqda yassi Gorgon pasttekiligi joylashgan. Unda taqirlar, qumli sho‘rhok yerlar uchraydi. Mamlakat janubida Fors va Ummon ko‘rfazi sohili bo‘yida kengligi 10-15 km ga yetuvchi tekislik Garimsir cho‘zilgan. Uning pastki qismlari botqoqliklar bilan band.
Do'stlaringiz bilan baham: |