U mamlakatning asosiy gidrologik tuguni hisoblanadi. Eron chegarasiga yaqin tizmalar sezilarli darajada pasayadi. Shimolga tomon Hindiqush tog‘ tizmasi o‘rtacha balandlikdagi tizmalar zanjiri bilan chegaralangan. Sekin-asta Baxtriya tekisligi boshlanadi (Janubiy Turkiston yoki Afg‘oniston-Turkistoni). Tekislikning tog‘lar bilan tutashgan qismi lyos yotqiziqlari bilan qoplangan Amudaryoga yaqin qumliklar bilan almashinadi. Tekislikning balandligi 600 metrdan Amudryo yaqinida 250 m gacha yetadi. Shimoliy Afg‘oniston tog‘ tizmasidan janubda joylashgan Eron tog‘ligining ichki qismi cho‘l yassi togligi bilan, mamlakatning markaziy qismi esa Hazarajat tog‘ligi bilan ajralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |