Eron tog‘ligini shimoldan janubga tomon ikkita katta tog‘lar o‘rab turadi. Kaspiy dengizining janubiy sohiligacha yetuvchi shimoldagi tog‘ tarkibiga Demovand (5604 m) cho‘qqisi bilan baland tog‘ tizmasi Elbrus ham kiradi. Elbrus sharqida Turkman-Xuroson tog‘ligi o‘tadi. U ikkita yo‘nalishdan tashkil topgan: shimolda Kopetdog‘, janubda Nishopur tog‘i. Bu ikki yo‘nalish orasida Gorgon – Mashxad vodiysi va botig‘i joylashgan. Tog‘larning balandligi kam hollarda 3000 m dan oshadi, 1500-2000 m balandlikkacha yetadi. Nishopur tog‘ining baland cho‘qqisi - Miraba tog‘i (3322 m), Kopetdogniki esa - Xezor–Masjid tog‘i (3117 m).
Do'stlaringiz bilan baham: |