Qum bo‘ronlari vaqtida harakatlanuvchi qumlar karvonlarni o‘tishini qiyinlashtiradi, quduqlarni to‘ldiradi. Uning uzunligi 550 km, eni 200 km ga yetadi. Bu yerda tagi yassi bo‘lgan balandligi 200-250 m ni tashkil qilgan oqmas cho‘kmalar almashinib turadi. Barxan va qum qatorlari, taqir va sho‘rxok yerlar ustun turadi. Siyrak vohalar kuzatiladi. Ichki Eron yassi tog‘ligi Sharqiy Eron va O‘rta Eron tog‘ tizmalari bilan kesishadi, alohida cho‘qqilari 3000-4000 m va undan baland (Xezor 4419 m, Kuxe-Lolazor 4374 m). O‘rta Eron tog‘ligida vulqan jinslar keng tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |