Mavzu: “ Ma’naviyatshunoslik” fanining ob’ekti, predmeti va ma’naviyatning jamiyat hayotidagi o‘rni


Ma’naviyatshunoslik fani predmeti, boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 429,5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.04.2023
Hajmi429,5 Kb.
#929871
1   2   3   4   5
Bog'liq
маънавият 1-маъруза матни

Ma’naviyatshunoslik fani predmeti, boshqa fanlar bilan aloqasi.
Inson faoliyatining shunday yo‘nalishlari borki, ular ma’naviyatning turli 
jihatlari va voqelik shakllarini o‘rganibgina qolmay, o‘zlari ham ma’naviy 
amaliyotni, ma’naviy yaratuvchilikni tashkil etadi. Masalan, din, axloq, san’at 
(adabiyot, musiqa, musavvirlik, haykaltaroshlik, me’morlik, qo‘shiq, raqs, teatr 
va sh. k.), filosofiya va ilm-fan shular jumlasidan. Jamiyatdagi barcha 
munosabatlar — siyosiy, huquqiy, maishiy, hatto iqtisodiy va boshqa 
munosabatlar axloqiylik, insoniylik, kengroq olsak – ma’naviylik nuqtai 
nazaridan baholanishi mumkin va lozim. Binobarin, insonning har qanday 
faoliyati o‘zining ma’naviy tomoniga ega. Shu sababdan ma’naviyatga oid 
hodisalarni ko‘plab fanlar o‘rganib kelgan. Ayni ma’naviyat yaxlit, bus – butun 
tizim sifatida ham o‘rganilishi lozim. Bu vazifani ma’naviyatshunoslik fani 
bajaradi. 
Ma’naviyatshunoslik fani boshqa ijtimoiy – gumanitar fanlar bilan yaqindan 
aloqa qiladi. Ularning xulosalarini, tadqiqotlarini tahlil qiladi, umumlashtiradi. 
Ulardan foydalanish asosida o‘z predmetini, didaktik mazmunini, tushunchalar 
tizimini, ilmiy apparatini, ilmiy xulosalarini shakllantiradi va mudom boyitib 
boradi. Ayni paytda ma’naviyatshunoslik fani ulardan yasalgan quroq ilm emas. 
U falsafiy fanlar jumlasiga kirsa-da, o‘zining aniq predmetiga, alohida tadqiqot 
ob’ektiga ega. U falsafaning ilmiy usullaridan, ontologik (ontologiya — borliq 
2
Биз ушбу умумлаштирувчи атама орқали маънавият масалаларини ўрганувчи барча мавжуд ва бўлажак 
предметларини назарда тутмоқдамиз. 


mohiyati haqidagi ta’limot), epestimeologik (bilish nazariyasi, boshqacha 
atamasi — gnoseologiya), aksiologik (aksiologiya — qadriyatlar haqida ta’limot, 
qadriyatshunoslik) kategoriyalaridan, tushunchalaridan, ijtimoiy filosofiya 
materiallaridan, xulosalaridan o‘z predmetini o‘rganish zaruriyatiga mos ravishda 
foydalanadi. Boshqa fanlar materiallaridan foydalanish xususida ham shunday 
deyish mumkin. 
Har bir fanning predmeti uning asosiy ijtimoiy vazifasidan kelib chiqadi. 
Ularning tadqiqot ob’ektlari bir xil bo‘lishi mumkin, ammo predmeti farq qiladi. 
Masalan, biologiya insonni tirik, jonli mavjudod, alohida biologik tur sifatida 
o‘rgansa, tibbiyot ilmi insonni sog‘lomlik, uning tanasi a’zolari normal ishlashi, 
agar kasallanib qolsa, normal faoliyatini tiklash zaruratidan kelib chiqib 
o‘rganadi. Pedagogika esa insonni (bolani) unga ta’lim-tarbiya berish, 
qiziqishlarini muayyan maqsadga yo‘naltirish zarurati bilan bog‘lab o‘rganadi. 
Ma’naviyatshunoslik fanining predmeti — bunyodkor, izlanuvchan, o‘zini va o‘z 
ijtimoiy borlig‘ini ezgulik, adolat, go‘zallik asosida qayta qurishga
takomillashtirishga intiluvchan erkin, mustaqil fikrlovchi va ko‘ngil dunyosi boy 
inson, uning tabiatga, jamiyatga, o‘z-o‘ziga nisbatan ruhoniy va amaliy 
munosabatidir.
Bunday kishilarni ota-bobolarimiz fozil kishi, komil inson, ularni 
voyaga yetkazadigan jamiyatni fozil jamiyat (shahar) deb ataganlar. Qisqacha 
aytganda, ma’naviyatshunoslik fanining predmeti komil inson va uni voyaga 
yetkazuvchi insonparvar ijtimoiy qadriyatlar va munosabatlardir. 
Fanning ob’ekti esa insonning ichki aqliy va hissiy dunyosiga, erkinligiga, 
irodasiga, jamiyatda tutgan o‘rniga, ijtimoiy munosabatlariga, yaratuvchilik 
faoliyatiga, haqiqat va ezgulik, go‘zallik va ijodga intilishi, bu intilishlarning 
natijalari va baholariga oid barcha hodisalar, mavzular, inson ruhining 
tug‘yonlari, inson ongiga ta’sir ko‘rsatuvchi ijtimoiy munosabatlar, muhit, 
jamiyat hayotining turli sohalari bo‘lishi mumkin. Masalan, ma’naviyatshunoslik 
fanining tadqiqot ob’ekti oila ma’naviyati, yoki ekologik muammolarga 
shaxsning, butun jamiyatning munosabati bo‘lishi mumkin. Lekin bu 
muammolarni ma’naviyatshunoslik o‘z predmeti nuqtai nazaridan o‘rganadi. 
Huquqshunoslik fani oila munosabatlarini Oila kodeksi moddalaridan, talab va 
me’yorlaridan, tabiat muammolarini tegishli qonunlar me’yorlaridan kelib chiqib 
tahlil etsa, ma’naviyatshunoslik fani ularni va boshqa barcha masalalarni insonlar 
o‘rtasidagi munosabatlarning, inson faoliyatining qanchalik oqilonalikka, 
ezgulikka va go‘zallikka mosligi, insonda chin insoniy, ya’ni ma’naviy 
fazilatlarni tarbiyalash va mustahkamlash lozimligidan kelib chiqib o‘rganadi. 
Ijtimoiy muhitni va inson e’tiqodini, irodasini bir-biriga ijobiy yoki salbiy ta’sir 
ko‘rsatishi nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. 
Boshqa birorta gumanitar fan qayd etilgan predmet nuqtai nazaridan 
ma’naviyat masalalarini umumiy tarzda to‘liq qamrab olmaydi yoki ularning 
muayyan tomonlarinigina o‘rganadi. Faqat falsafa umumlashgan ilmlar tizimi 
sifatida ushbu masalalarga umumiy munosabatni bildirib o‘tadi. Lekin 
falsafaning etika,estetika, ijtimoiy filosofiya kabi nisbatan mustaqil qismlari 
ma’naviyat masalalarining o‘ziga tegishli yo‘nalishlarini o‘rganadi, boshqalarini 


to‘la qamrab olmaydi. Bir qarashda yuqoridagi masalalarni o‘rganish etikaga 
(axloq haqidagi fan) ham aynan xosdek tuyuladi. Bundan etika fani predmetidan 
ma’naviyatshunoslik predmeti nimasi bilan farq qiladi, ular bir xil emasmi, degan 
savol tug‘iladi? 
Etika fanining predmeti ma’naviyatshunoslik predmetiga nisbatan sezilarli 
darajada tor. U o‘rganadigan mavzularini, ob’ektini, inson ongini, madaniyatini, 
xatti-harakati va faoliyatini faqat axloqiy baholar, me’yorlar, axloqiy omillar – 
ezgulik va yovuzlik nuqtai nazaridan tahlil qiladi. U ijtimoiy taraqqiyot 
masalalarining ko‘pchiligi bilan, masalan, ilm-fan, adabiyot va san’at 
rivojlanishi, jamiyat demokratiyalashuvi kabi masalalar bilan qiziqmasligi yoki 
ularning faqat axloqiy jihatlari bilangina qiziqishi mumkin. Ma’naviyatshunoslik 
fani ushbu masalalarni batafsil tahlil etmasa-da, ammo chetlab ham o‘tmaydi, 
ularni inson e’tiqodi, irodasi, kamoloti va jamiyat yuksalishi, ijtimoiy muhit bilan 
bog‘laydi. Chunki jamiyatda sodir bo‘layotgan jarayonlar, san’at va madaniyat 
rivojlanishi, ijtimoiy taraqqiyotning barcha yo‘nalishlari, demokratlashish, 
fuqarolik institutlari rivojlanishi va h.k. jamiyat a’zolarining ma’naviy-madaniy 
saviyasiga, ma’naviy tarbiyasiga, jamiyatdagi ma’naviy muhitga bog‘liq. Ular 
o‘rtasidagi bog‘liqlik va munosabatlar ma’naviyatshunoslik fani ob’ektga 
aylanadi. 
Ma’naviyatshunoslik alohida fan sifatida mustaqillik davrigacha qayd 
etilmas edi. Ammo u o‘rganadigan masalalar va mavzular ilm-fan e’tiboridan 
mutlaqo chetda bo‘lmagan. Ular turli fanlar doirasida, jumladan ijtimoiy 
filosofiya, etika, estetika, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik, madaniyat 
nazariyasi, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlar doirasida u yoki bu darajada 
o‘rganilgan. Ammo har bir fan mazkur masalalarni o‘z predmeti nuqtai nazaridan 
— yo juda toraytirib (xususiy fanlar), yo juda kengaytirib (filosofiya) o‘rgangan.
Ma’naviyatshunoslik o‘z predmetiga taalluqli boshqa fanlar tadqiqotlarini, 
axborotlarini umumlashtiruvchi va uyg‘unlashtiruvchi vazifani bajaradi. Shu bois 
uning predmeti yuqorida zikr etilgan fanlar predmetiga nisbatan o‘ziga xosligi, 
ularning aksariyatiga nisbatan kengligi va ko‘pqirraligi bilan ajralib turadi. 
Qadimgi yunon ilmiy-falsafiy qarashlarida inson ma’naviy hayoti uch 
guruhga bo‘lingan — aql (tafakkur), iroda va tuyg‘u. Aqlni (tafakkurni) mantiq 
fani, irodani etika fani tadqiq etgan. XVIII asrga kelib estetika fani vujudga 
kelgan. U inson tuyg‘ulari va kechinmalarini go‘zallikka munosabat nuqtai 
nazaridan o‘rgana boshlagan. Ilgari ushbu masalalar umumiy filosofiya fani 
doirasida bilish nazariyasi, etika, poetika, ritorika va sh.k. fanlar tomonidan 
o‘rganilgan. Psixologiya ushbu masalalarni boshdanoq mushtarak tarzda, ammo 
mavzu doirasini toraytirib va xususiylashtirib, uni inson ongining tashqi ta’sirga 
javobi (reaksiyasi) tarzida o‘rgangan. 
Ma’lumki, Yevropa falsafasi «axloq», «ruh», «iroda», «go‘zallik» kabi 
tushunchalarni tadqiq etishda ulkan natijalarga erishgan, teran tadqiqotlarni 
amalga oshirgan bo‘lsa-da, u ma’naviy hayotni yaxlit holda emas, bo‘lib 
o‘rganish an’anasiga sodiq qolgan. Chunonchi, Gegel ta’limotida “g‘oya” 


Shopenhauer ta’limotida «iroda» substansional (borliqning o‘zagi o‘laroq) 
ahamiyat kasb etadi va butun tarixiy jarayonning faol sub’ekti sifatida namoyon 
bo‘ladi. Bunday hol ularning ta’limotiga yaqqol (Shopenhauer) yoki noyaqqol 
(Gegel) mistik sifat baxsh etadi. Gegel barcha moddiy va ideal hodisalarni — 
tabiat, inson, jamiyat, davlat, axloq, huquq, san’at, ong, tafakkur, tushuncha 
kabilarni absolyut (mutlaq) g‘oyaning o‘zgacha borlig‘i, moddiylashgan muqobil 
shakli deb hisoblaydi. Gegel ularning barchasini mutlaq g‘oyaning o‘z-o‘zidan 
taraqqiy etishi, o‘zining qarama-qarshi, inkor shakliga aylanishi kabi o‘zi taklif 
etgan dialektikaning qonunlariga bog‘lab o‘rganadi. 
Sharq ilmida esa ma’naviy hayotga ko‘proq mushtarak hodisa sifatida 
qaralgan. G‘arbdagidan farqli o‘laroq, «ruh», «iroda», «axloq» (odob) va boshqa 
ko‘plab tushunchalarni alohida har tomonlama tadqiq etish unchalik urf 
bo‘lmagan. Ko‘proq qisqacha ta’rif berish, eng muhim belgilarni e’tirof etish 
bilan cheklanilgan. Lekin bundan Abu Hamid G‘azzoliy, Aziziddin Nasafiy kabi 
(XI-XIII asr) ayrim olimlar istisno. Islom mamlakatlarida yillar o‘tishi bilan 
ma’naviyatni o‘rganishda mistik unsurlar kuchaya borgan. Bunday yondashuv 
oxir-oqibat ma’naviyatning mohiyatini ilohiy irodaga, g‘ayritabiiy qobiliyatga va 
shuurga bog‘lashga olib kelgan. Ma’naviyatni o‘rganadigan, tahlil qiladigan, 
umumlashtiradigan ilmiy tushunchalar, atamalar tizimini rivojlantirishga, har bir 
atamani ilmiy tahlil qilishga yetarli e’tibor berilmagan. Hattoki tasavvuf 
doirasidagi har xil tariqatlar bir hodisani yoki jarayonni ifodalashda turli 
atamalardan foydalanganlar. Bu o‘rta sharqda XIV-XV asrlarda uzil-kesil 
shakllangan an’ana edi. 
Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviyatga iqtisodiyot qatorida ustuvorlik 
berilishi uni har tomonlama va maxsus o‘rganishni kun tartibiga qo‘ydi. 
Ma’naviyat to‘g‘risida aniq va nisbatan mukammal tasavvurlargina milliy 
manfaatlarimizni, yutuq va kamchiliklarimizni teranroq tushunib olib, 
O‘zbekistonni taraqqiy etgan davlatlar qatoriga olib chiqishda ma’naviy 
omillardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Ma’naviyatshunoslik ijtimoiy-gumanitar fanlarning deyarli hammasi bilan 
aloqa qiladi. U falsafiy fanlardan yana dinshunoslik fani bilan yaqindan 
bog‘langan. Din uzoq tarixiy davrlar davomida odamlar e’tiqodini, 
dunyoqarashini belgilagan. Jamiyat mafkurasiga, axloqiga, san’atiga, iqtisodiy, 
huquqiy, maishiy ongiga, odamlarning o‘zaro munosabatlariga, urf-odatlariga to 
kapitalizm qaror topib industrial jamiyat vujudga kelgan davrgacha hal qiluvchi 
ta’sir ko‘rsatgan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda hozirgacha dinning ta’siri 
kuchli. Shu bois ma’naviyatning kelib chiqishi, taraqqiyot bosqichlari va 
qonuniyatlarini o‘rganishda dinshunoslik fani materiallariga murojaat etmaslik, 
ularni hisobga olmaslik mumkin emas. 
Lekin ta’kidlash joizki, ma’naviyat hatto qadimgi ibtidoiy jamiyatda ham 
faqatgina diniy tasavvurlar va qarashlar bilan bog‘liq holda rivojlanmagan. U 
ibtidoiy raqslar, asotirlar (mifologiya), ertaklar, rivoyatlar, qoya sur’atlari, oilaviy 
munosabatlar, urf-odatlar shaklida ham rivojlangan, insonning ilk nodiniy 


ijodkorlik faoliyatidan oziqlanib kelgan. Bu tendensiya muttasil kuchayib borgan. 
Ma’naviyatshunoslik folklor va adabiyotshunoslik, tilshunoslik, san’atshunoslik 
va keng ma’nodagi madaniyatshunoslik, tarix, ijtimoiy psixologiya fanlari 
hisobidan aniq dalillar va ma’lumotlar bilan boyiydi, o‘z predmeti yo‘nalishida 
ularni to‘ldiradi va boyitadi. 
Ma’naviyat qotib qolgan hodisa emas. U jamiyat va inson bilan, ijtimoiy 
amaliyot bilan birga takomillashadi, rivojlanadi, o‘zgaradi. Unga davlat siyosati, 
ijtimoiy tabaqalar, sinflar millatlar, xalqlar, mamlakatlar, madaniyatlar 
o‘rtasidagi munosabatlar, aloqalar muayyan tarzda ta’sir ko‘rsatadi. Ma’naviy 
qadriyatlar turli ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar tomonidan bir xil 
o‘zlashtirilmaydi, bir xil baholanib, bir xil tushunilmaydi. Ushbu masalalarni 
o‘rganish uchun turli ijtimoiy guruhlar qiziqishlarini yaxshi bilish, sotsiologik 
tadqiqotlar o‘tkazish zarur. Demak, ma’naviyatshunoslik nazariy va amaliy 
sotsiologiya bilan aloqa o‘rnatadi, uning usullaridan, xulosalaridan foydalanadi. 
Davlat siyosatining, partiyalar o‘rtasidagi mafkuraviy kurash yoki sheriklikning, 
xalqaro iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy aloqalarning ma’naviy 
jarayonlarga ta’sirini siyosatshunoslik fani yordamisiz teran tushunish qiyin. 
Ushbu fan ham ma’naviyatshunoslikni ko‘plab aniq dalillar, teran xulosalar bilan 
boyitadi. 
Ma’naviyatning predmetlashgan shakli madaniyat – adabiyot va san’at 
asarlari, badiiy obraz, inson tili, xulq-atvori ideal shakli – axloqiy estetik, ilmiy, 
huquqiy, siyosiy g‘oyalar, tushunchalar,– hammasini o‘ziga xos ramz, belgi, deb 
hisoblash mumkin. Har qanday so‘zning o‘zi – ramz: yo biror tushunchani, fikrni, 
yo hayotda ob’ektiv mavjud predmetni, hodisani ifodalaydi. So‘z bilan 
ifodalanadigan tushuncha va real predmet o‘rtasida hech qanday bevosita 
o‘xshashlik, bog‘liqlik yo‘q. So‘z ifodalanuvchi narsaning faqat nutq yoki imlo 
(yozuv) yordamidan foydalanilgan belgisidir, xolos. Shu sababdan turli sharoitda 
yashagan, bir-biriga qardosh bo‘lmagan etnoslar ularni turli so‘zlar orqali 
belgilagan. Agar so‘z predmetga bevosita bog‘liq bo‘lganida, muayyan predmetni 
barcha xalqlar bir xil atar edilar. Shunday qilib, tilni o‘ziga xos belgilar va ramzlar 
tizimi, deyish mumkin. Har qanday g‘oya, me’yor, ijtimoiy mo‘ljal va ideal – 
ramz. Ularni har kim, har bir tarixiy davr o‘zicha tushunadi, talqin qiladi. Tilning, 
g‘oya va obrazning, badiiy asarning belgilik (ramziylik) xarakterini va bu bilan 
bog‘liq 
barcha 
murakkab 
masalalarni 
semiotika 
fani 
o‘rganadi. 
Ma’naviyatshunoslik semiotika, semaseologiya fanlari ma’lumotlaridan, 
talqinidan, ba’zan ilmiy uslublaridan foydalanadi.
Va, nihoyat, ma’naviyatshunoslik fani bizning ijtimoiy hodisalarni 
shunchaki anglab olishimizgagina, tor ma’nodagi ma’rifiy vazifalargagina xizmat 
qilib qolmay, mustaqil O‘zbekistonning barkamol avlodini tarbiyalashga o‘z 
hissasini qo‘shish maqsadini oldiga qo‘yadi. Bu mazkur fanning pedagogika va 
pedagogik psixologiya fanlari bilan aloqa qilishini taqozo etadi. Yuqoridagi 
mulohazalardan ma’naviyatshunoslikka gumanitar fanlar tizimida o‘z predmetiga 
ega mustaqil fan sifatida qarash lozimligi hamda uning ijtimoiy taraqqiyotidagi 
ahamiyati ayon bo‘ladi. 



Download 429,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish