mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»
1
. Tarbiyaviy ishlarni, xususan
siyosiy, huquqiy, axloqiy va estetik tarbiyani milliy negizlar bilan yanada
mahkamroq bog‘lash uchun ma’naviyatni alohida o‘rganuvchi predmetlarga,
ya’ni ma’naviyatshunoslik faniga ehtiyoj tug‘iladi.
Bozor munosabatlari va jamiyat a’zolarining ijtimoiy tabaqalanishi ular
o‘rtasida o‘zaro begonalashishni, sinfiy adovatni emas, balki ijtimoiy sheriklikni
vujudga keltirish uchun insonparvarlik, halollik,
hamkorlik, insof, adolat
me’yorlari, qonun ustuvorligi hayotimizning asosiy qadriyatlariga va xulq-
atvorimizning, faoliyatimizning amaliy mo‘ljaliga aylanmog‘i zarur.
Zamonaviy texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish, ilmiy-texnika
taraqqiyoti yutuqlarini turmushga joriy qilish, turmush tarzimizni hozirgi zamon
tamadduniga moslashtirish xalqimizni milliy qiyofasidan, madaniyatimizni
o‘ziga xosligidan judo qilmasligi kerak. Yuqorida e’tirof
etilgan va boshqa
ko‘plab muammolar bizdan milliy ma’naviyatga e’tiborni kuchaytirishni talab
qiladi. Ma’naviyatning mustaqil taraqqiyotdagi, yangi jamiyat qurishdagi
ahamiyati shunchalik ulkan va bebahoki, uni alohida ilm, o‘quv predmeti sifatida
o‘rganish, yosh avlodga o‘qitish hayotiy zarurat kasb etmoqda. Shu bois, tabiiyki,
O‘zbekiston maktablarida, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida maxsus
predmetlar orqali ma’naviyat masalalari o‘rganilmokda.
Yoshlar qarashlarida (nafaqat yoshlar, balki kattalarda ham) o‘zlikni anglash
bilan bog‘liq masalalarda chalkashliklar, ziddiyatlar yo‘q emas. O‘zlikni anglash,
avvalo insonning tabiat va jamiyat tizimidagi o‘z o‘rnini bilish, o‘z ayniyatini
tasavvur qila olishidir. O‘zlikni anglash faqat individual ong hodisasi emas. U
sotsiumning yuqori darajalariga, umummilliy darajaga ham xos bo‘lishi mumkin,
o‘zlikni anglash
xalqning tarixini bilish, milliy qadriyatlar bilan faxrlanish
qatorida milliy manfaatlarni, zamonaviy taraqqiyot talablarini to‘g‘ri tushunish
demakdir. U taraqqiyot talablari yutuqlarga tanqidiy munosabatda bo‘lishni, ular
bilan cheklanib qolmaslikni, mavjud kamchiliklarni xolis tahlil etib, bartaraf
etishni, tarixdan saboq olishni talab qiladi. Bu esa ma’naviyatni milliy g‘oya bilan
bog‘lashni va uning negizida rivojlantirishni taqozo etadi. Milliy g‘oya, bir
tomondan, xalq ma’naviyatining muhim tarkibiy unsuri, o‘zagi bo‘lsa, ikkinchi
tomondan – uning mezoni va ijtimoiy mo‘ljalidir.
Jamiyatdagi turli tabaqalar,
guruhlar, siyosiy partiyalar da’volari-yu dasturlarini milliy g‘oyaga qanchalik
mos kelish-kelmasligi bo‘yicha ijobiy yoki salbiy baholash mumkin. Ularni
milliy g‘oya asosida murosaga keltirish, xalqni jipslashtirish va umumiy
maqsadlarga safarbar etish mumkin.
Lekin milliy g‘oyani anglash va aniq ifodalash oson emas. Oddiy xalq
buning ustida hech qachon bosh kotirib o‘tirmagan, uni aniq ifodalay olmagan.
Ammo xalq doimo o‘z ma’naviyatiga ega bo‘lgan, chunki aqliy va hissiy
ehtiyojlarini qondirish uchun ijod bilan shug‘ullangan. O‘zligini, o‘z sha’ni-
shavkatini ma’lum darajada doimo anglagan, shunga yarasha unda milliy g‘urur
bo‘lgan.
Kundalik ong darajasida, maishiy turmushda odamlarning orzu-
1
Ислом Каримов. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т., 2008, 119-б
havaslari hech qachon barham topmagan. O‘zligini, o‘z manfaatlarini anglash,
milliy g‘urur, hayotiy orzu-havaslar aslida milliy g‘oya o‘rnini bosgan. Ammo
bunday hollarda xalqning ma’naviy hayoti juda ziddiyatli rivojlanadi. Aniq va
mujassam ifodalangan milliy g‘oya bilan boyitilgan ma’naviyat jamiyat
taraqqiyotiga yanada barakali ta’sir ko‘rsatadi, uning xalqqa o‘zligini anglatish,
milliy ongni, madaniyatni turli adashishlar va tashqi xurujlardan himoya qilish
imkoniyatlari ortadi.
Ba’zi bir diniy ekstremistik g‘oyalarning ayrim yoshlarga ta’siri e’tiqod
masalasiga bepisand qarash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Shuning uchun yosh
avlodda ilmiy-ratsionalistik dunyoqarashni shaqllantirish ijtimoiy-gumanitar
fanlarda ustuvor vazifalardan biridir. Bu,
bir tomondan, an’anaviy o‘qitilib
kelinayotgan fanlar — falsafa, etika, estetika, dinshunoslik, sotsiologiya,
siyosatshunoslik kabi fanlarning didaktik mazmunini takomillashtirishni,
ikkinchi tomondan – ma’naviyatshunoslik kabi yangi fanlarni haqiqiy barqaror,
tugallangan o‘quv predmeti darajasiga ko‘tarishni talab qiladi.
Ma’naviyatni to‘g‘ri rivojlantirish uchun uning mohiyatini, mazmunini,
namoyon bo‘lish
shakllarini, ular o‘rtasidagi aloqalarni, umuman ma’naviy
rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu esa ushbu masalalarni
boshqaruv idoralari mutasaddilaridan hamda bo‘lajak mutaxassislardan
chuqurroq o‘rganishni talab qiladi va gumanitar oliy o‘quv yurtlarida alohida
o‘rganiladigan «Ma’naviyatshunoslik» faniga ehtiyoj tug‘diradi.
2
Do'stlaringiz bilan baham: