Davlat tasarrufidan chiqarish – bu davlat korxona-larini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, xo`jalik jamiyatlari va shirkatlariga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish esa jismoniy shaxslarning va dav-latga taalluqli bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining ak-siyalarini davlatdan sotib olishidir.
Turli mulk shakllari hamda turli tashkiliy-huquqiy shakldagi xo`jalik yurituvchi subyektlarning mavjud bo`lishi esa aralash iqtisodiyotning asosiy belgisi bo`lib hisoblanadi. Ular sosialistik to’zumdagidek bir-birini inkor etishmaydi, aksincha bir-birini to`ldirib borishadi. Korxonalarni xususiylashtirish orqaligina iqtiso-diyotda raqobat muhitini shakllantirish va shu orqali xo`jalik yuritish sohasida davlat monopoliyasini bartaraf etish mumkin. «Tahlillar shuni ko`rsatmoqdaki, bugungi kunda davlat korxonalari nodavlat korxonalari bilan raqobatga dosh bera olmayapti. Zarar ko`rib ishlayotgan va samaradorligi past korxonalarning aksariyati aynan davlat korxonalari yoki davlat ulushi yuqori bo`lgan aksiyadorlik jamiyatlari ekani buni amalda tasdiqlab turibdi. Bunday holatning bosh sababi-bu korxonalarda haqiqiy xo`ja-yinning yo`qligi, real iqtisodiy omil va usullarning ishga solinmaganligidir»1. mulkning daxlsizligi belgilab qo`yildi. Biroq Konstitusiya qabul qilinguniga qadar mulkchilik munosabatlariga doir boshqa qonunlar qabul qilingan edi. Ushbu qonunlarning dastlabkisi 1990 yil 31 oktabrda qabul qilingan O`zbekiston Respublikasining «Mulkchilik to`g`-risida»gi qonuni bo`ldi. Ushbu qonunga muvofiq quyidagi mulk shakllarining amalda bo`lishi etirof etildi:
-xususiy mulk;
-shirkat(jamoa) mulki;
-davlat mulki;
-aralash mulk;
-boshqa davlatlar hamda xalqaro tashkilotlar yuridik va jismoniy shaxslarining mulki.
Qonun shuningdek barcha mulk shakllarining tengligini va ularni huquqiy jihatdan muhofaza etilishini kafolatlab qo`ydi. Eng muhimi mazkur qonun mulkdorning mulkiy huquqlari doirasini belgilab berdi.
1991 yil 19 noyabrda esa O`zbekiston Respublikasining «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`-risida»gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunlarni birin-ketin qabul qilishdagi mantiqiy bog`liqlik shundan iborat ediki, mulkdorning mulkiy xuquqlarini kafolatlamay, xususiylashtirishni amalga oshirish jarayoni qiyin kechardi. Chunki yuridik va jismoniy shaxslarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlashning yagona yo`li, ularning mulkiy huquqlarini kafolatlashdan iborat edi. Aynan 1991 yil 19 noyabrdagi qonun davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning shakllarini, shartlarini hamda amalga oshirish tartibini belgilab berdi. Mazkur qonunga muvofiq, davlat mulki obyektlari Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ qarori bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan bo`ldi.
Munisipal mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risidagi qaror qabul qilish huhuhi mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga beriladi. O`zbekiston Respublikasining ommaviy mulkini respublika mulkiga va mamuriy-hududiy to’zilmalar mulkiga (munisipal mulkka) ajratishni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga binoan amalga oshiradi
Davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi mumkin bo`lmagan hamda Prezidentining qaroriga bilan davlat tasarrufidan chiqa-riladigan va xususiylashtiriladigan obyektlar hamda kor-xonalarning ro`yxati O`zbekiston Respublikasining "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida"gi o`zbekiston Respublikasi Єonunining 4-moddasiga o`zgartishlar kiritish, shuningdek, O`zbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalariga oid ayrim qonun hujjatlarini o`z kuchini yo`qotgan deb topish haqida”gi qonunida belgilab qo`yildi.
Quyidagi davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi:
1) asosiy fondlarining balans qiymati (2005 yil 1 yanvar holatiga ko`ra) bir milliard so`mdan ortiq bo`lgan korxonalar;
2) qimmatbaho, nodir metallar, qimmatbaho toshlarni kavlab olish hamda qayta ishlash korxonalari;
3) sanoatning tayanch tarmoqlari: yoqilg`i-energetika, konchilik, mashinasozlik va paxtani qayta ishlash majmualarining korxonalari va tashkilotlari. Neft, gaz va ko`mir qazib chiqarish, quduqlar burg`ulash korxonalari va tashkilotlari. Magistral neft quvurlari va gaz quvurlari, neft mahsulotlarini oqizma holda yetkazib beradigan quvurlar, elektr va issiqlik hosil qiluvchi stansiyalar va hududiy qozonxonalar, tizim hosil etadigan elektr tarmoqlari. Avtomobillarga yonilg`i quyish va gaz to`ldirish stansiyalari;
4) kimyo korxonalari (gerbisidlar, mineral o`g`itlar, sintetik tolalar, qishloq xo`jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda ishlatiladigan zaharli kimyoviy dorilar va shu kabilarni ishlab chiqarish);
5) farmasevtika sanoati hamda tibbiy-biologik dori-darmonlar sanoati korxonalari;
6) elektr aloqasi korxonalari, televizion, radio qabul qilish va radio o’zatish markazlari hamda ularning muhandislik inshootlari;
7) raketa-kosmik majmualari, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini ishlab chiqish, tayyorlash, tamirlash va realizasiya qilishni amalga oshiruvchi korxonalar va obyektlar;
8) matbaa korxonalari va nashriyotlar;
9) axborot va telegraf agentliklari;
10) shifrlashda ishlatiladigan texnikani ishlab chiqarish, tamirlash, realizasiya qilish va undan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
11) standartlashtirish va metrologiya korxonalari hamda tashkilotlari;
12) tavakkalchilik xavfi yuqori bo`lgan obyektlar hamda ichki va tashqi xavf-xatari bor ishlab chiqarish obyektlari (ushbu moddaning 2-bandi 12-kichik bandida ko`rsatib o`tilgan obyektlar bundan mustasno) qurish hamda ulardan foydalanishni, ular uchun uskunalar, nazorat qilishva falokatlarning oldini olish tizimlarini tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
13) yong`inga qarshi avtomatika vositalarini, qo`riqlovchi, yong`indan ogohlantiruvchi va qo`riqlash-yong`indan ogohlantirishga mo`ljallangan signal berish vositalarini loyihalash, tamirlash, montaj qilish, sozlashni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
14) suv xo`jaligi hamda meliorasiya tizimlarini loyihalash, qurish, tamirlash hamda ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar, avariya-qutqaruv kemalari, gidrotexnika inshootlarini texnik nazorat qilish kemalari;
15) muhandislik infrato’zilmasi obyektlari: tuman markazlari va shaharlarning elektr, issiqlik va gaz taminoti, vodoprovod-kanalizasiya xo`jaligi, tashqi yoritish, tashqi obodonlashtirish obyektlari, shuningdek bunday obyektlarni loyihalash, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko`rsatishni amalga oshiruvchi korxonalar;
16) temir yo`l, havo va daryo transportida yo`lovchilar hamda yuklar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
17) shaharda yo`lovchilar tashishni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar;
18) vazirliklar, davlat qo`mitalari, idoralarning oliy, o`rta maxsus va kasb-hunar o`quv yurtlari, shuningdek umumtalim muassasalari;
19) O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining, O`zbekiston qishloq xo`jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining tashkilotlari. Davlat ilmiy markazlari;
20) davlat naslchilik xo`jaliklari va fermalari, ot zavodlari, elita-urug`chilik xo`jaliklari, urug`chilik va seleksiya stansiyalari, davlat urug`chilik inspeksiyalari va qishloq xo`jalik ekinlarining texnologik sifatini baholash laboratoriyalari, nav sinov stansiyalari va uchastkalari;
21) pochta aloqasi korxonalari;
22) o`rmon xo`jaligining, geologiya, kartografiya-geodeziya, gidrometeorologiya xizmati korxonalari va tashkilotlari hamda ularning axborot markazlari;
23) sanoatning qattiq chiqindilari va ro`zg`or chiqindilari ko`miladigan maydonlar, binolar, inshootlar va ko`mish uchun kerakli uskunalar, chorva mollar ko`miladigan joylar;
24) mashina sinash stansiyalari, elevatorlar, mo’zlatkichxonalar, ombor xo`jaligi obyektlari;
25) O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida joylashgan davlat sanatoriy-kurort xo`jaliklari; 26) konsert-tomosha ko`rsatish muassasalarining korxonalari va obyektlari, kinolashtirish obyektlari, shuningdek kutubxonalar va o`quv zallari;
27) sog`liqni saqlash muassasalari;
28) veterinariya xizmati, o`simliklarni himoya qilish xizmati korxonalari va muassasalari;
29) nogironlar, qariyalar va fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoya etilmagan boshqa toifalari qarovda bo`ladigan uylar va internatlar;
30) bolalar, o`smirlar va yoshlarning sog`lomlashtirish muassasalari;
31) marosimlar o`tkazish bo`yicha xizmatlar ko`rsatadigan korxonalar va tashkilotlar.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xu-susiylashtirish dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Xususiylashtirishning birinchi bosqichi Va-zirlar Mahkamasining 1992 yil 23 sentabrdagi qarori bilan boshlab berildi1 hamda 1994 yilning o`rtalarigacha davom etdi. Mazkur bosqichda umumiy uy-joy fondi, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko`rsatish korxonalari va qish-loq xo`jaligi mahsulotlarini tayyorlash tizimlari xusu-siylashtirildi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi hamda 1994 yil 15 martdagi «O`zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risida»gi Farmonlari xususiylashtirishning navbatdagi bosqichiga o`tish uchun turtki bo`ldi. 1994 yil 21 yanvardagi Farmon bilan Vazirlar Mahkamasiga xususiylashtirish bo`yicha davlat dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Mazkur dasturda sanoat va qurilish tarmoqlarida xususiylashtirishni amalga oshirilishiga, shuningdek fuqa-rolarni xusuiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlash maqsadida yopiq aksiyadorlik jamiyatlarini ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirish masalalariga ko`proq etibor qaratilishi lozimligi takidlandi.
1994 yil 15 martdagi Farmonda qimmatbaho qog`ozlar bozorini rivojlantirish, aksiyadorlik jamiyatlarida dav-latga tegishli aksiyalar ulushini qisqartirish hamda xusu-siylashtirish cheklab qo`yilgan korxonalar sonini kamaytirish masalalari o`z aksini topgan. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga talluqli bo`lgan qonun hujjatlarini ularning maqsad-laridan kelib chiqqan holda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchisi, bevosita davlat mulkini xususiylashtirishga oid qonun hujjatlari bo`lsa, ikkinchisi ana shu qonun hujjatlarini samarali ijrosini taminlashga qaratilgan normativ hujjatlar. Misol uchun, 1995 yil 12 iyunda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat mulki bo`lgan korxonalarni aksiyalashtirishni jadallashtirish va qimmatli qog`ozlar bozorini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni1 qabul qilindi. Mazkur Farmonda davlat boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari hamda korxona va tashkilotlarning rahbarlari orasida xano’zgacha saqlanib qolgan boshqaruvning mamuriy buyruqbozlik tizimi paydo qilgan boqimandalik kayfiyati davlat korxonalarini aksiyalashtirish muddatlarini cho`zib yuborishayotgani tanqid ostiga olingan.
Xususiylashtirishning ikkinchi bosqichi (1995-1996 yillar) ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarini yaratish, korxonalarning aksiyalarini muomalaga chiqarish, ko`chmas mulk hamda qimmatli qog`ozlar bozorini shakllantirish, sanoat, qurilish va transport sohasidagi hamda agrosanoat kompleksining go`sht-sut, oziq-ovqat va paxta tozalash tarmoqlaridagi o`rta va yirik korxonalarni, shuningdek sayyohlik komplekslarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan xarakterlanadi2.
1998 yildan boshlab respublika iqtisodiyotida yirik industriya gigantlarini, yani yoqilg`i-energetika kompleksi, kimyo, metallurgiya va mashinasozlikning ayrim yor-damchi korxonalarini xususiylashtirish hamda mazkur ja-rayonga xorij investisiyasini keng jalb qilishning yo`-nalishlari belgilab berildi. 1998 yil xususiylashtirishdan tushgan mablag` 8 milliard 800 million so`mni tashkil etgan bo`lsa, 1999 yili 9 milliard 100 million so`mni tashkil etdi. 1999 yil sotib olingan korxona va aksiyalar uchun xorijiy investorlar tomonidan to`langan mablag` 16 mil-lion AqSh dollarini tashkil etdi3.
Korxonalarni xususiylashtirish va aksiyalashtirishni yanada chuqurlashtiri hamda ushbu jarayonlarga xorijiy investorlarni yanada keng jalb etish maqsadida 1999 yil 26 noyabrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan «2000-2001 yillarda xorijiy investorlarni jalb qilgan holda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarito`g`risida» qaror1 qabul qilindi. Mazkur qaror bilan 2000-2001 yillarda xorijiy investorlarga turli shakllarda sotiladigan korxonalar ro`yxati tas-diqlandi.
2003 yildan boshlab xususiylashtirish jarayonida sifat jihatidan tub o`zgarish ro`y berdi. Shu vaqtgacha amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlarning tahlili shuni ko`rsatdiki, korxonalarning nizom jamg`armasida davlat ulushining yuqori bo`lishi, ularning iqtisodiy va xo`jalik faoliyatiga davlatning bevosita aralashuviga olib kelayotgan edi. Mazkur salbiy omillarni bartaraf etish mqsadida 2003 yil 24 yanvarda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «O`zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu Farmon ustav fondida davlatning ulushi 25% va undan kam miqdorni tashkil etgan aksiyadorlik jamiyatlarida davlat ulushini saqlab qolish maqsadga muvofiq emasligi va mazkur ulush fond bozorida xususiy sektorga sotib yuborilish kerakligi belgilab qo`yildi. Avvallari korxonalarning davlatga tegishli aksiya paketlari shu korxona uyushmasining ishonchli boshqaruviga topshirilar edi. Biroq mazkur holat uyush-malarni o`z vazifalarini bajarishlari o`rniga, korxonalarning moliyaviy va xo`jalik faoliyatiga asossiz ravishda aralashuviga sababchi bo`ldi. Mazkur holatni bartaraf etish maqsadida, yuqoridagi farmon davlatga tegishli aksiyalar paketini 2003-2004 yillarda tanlov asosida professional boshqaruvchi kompaniyalarning ishonchli boshqaruviga beri-lishi lozimligi ko`rsatib qo`yildi. Bundan tashqari fuqa-rolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirok etishlarini taminlash maqsadida, xususiylashtirilgan korxonalar negizida tashkil etilgan xo`jalik jamiyatlari va shirkatlari aksiyadorlarining dividenddan oladigan daromadlari besh yil muddatgacha soliqqa tortishdan ozod etildi.
Yuqoridagi farmonning ijrosini taminlash, xususiylashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish, unga xorijiy investorlarni keng jalb etish hamda korxonalarning ustav jamg`armalarida davlatning ulushini mumkin qadar kamaytirish maqsadida 2003-yil 17-aprelda Vazirlar Maxkamasining «2003-2004-yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturi to`g`risida»gi qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan korxonalar ulardagi davlat ulushining miqdoriga qarab quyidagi to`rt guruhga ajratildi: birinchi guruhga, ustav fondida davlat ulushi 25% va undan kamni tashkil etadigan korxonalar kiritildi. Bozor munosabatlari ko`p ukladli iqtisodiyot bo`lganligi uchun davlat mulkini xususiylashtirish ham bir nechta shakl va usullarda amalga oshiriladi. Xususiylashtirish bo`yicha jahon tajribasi tahlil etilganda, uni yettita usulda amalga oshirish mumkinligi aniqlandi1.
Birinchisi, davlat korxonalari aksiyalarini erkin sotish orqali. Biroq fond bozori yaxshi rivojlanmagan davlatlarda xususiylashtirishni mazkur usulda amalga oshirish juda qiyin kechadi, chunki ushbu aksiyalarni reklama qilish uchun ko`p mablag` sarflanadi. Ikkinchisi, aksiyalarni auksionlarda sotish orqali. Aksiyalarni auksionlarda sotishdan maqsad, xususiylashtirish jarayonida suistemollikka yo`l qo`ymaslikdir. Chunki, Meksikada xususiylashtirishning dastlabki bosqi-chida hokimiyat tepasidagi partiyaning safdoshlariga kor-xonalar arzonlashtirilgan narxda sotib yuborilganligi nizolarning kelib chiqishiga sababchi bo`lgan.
Uchinchisi, davlat korxonalariga xususiy investisiya kiritish orqali. Bunda korxona to`g`ridan-to`g`ri sotib olinadi yoki uning aksiya paketi xarid qilinadi. Biroq yirik hamda strategik ahamiyatga ega bo`lgan korxonalar uchun mazkur usul maqbul bo`lib hisoblanmaydi, chunki ularda davlat albatta o`z ulushini saqlab qolishi shart.
To`rtinchisi, korxonaning mol-mulklarini sotib yuborib, tushgan mablag`lar bilan uning qarzlarini qoplash hamda korxonani butunlay tugatish. Mazkur usul korxonaning iqtisodiy ahvolini yaxshilashimkoniyati mavjud bo`lmagan vaziyatlarda qo`llaniladi. Ayniqsa Polsha davlatida mazkur usuldan keng qo`llanilgan. Beshinchisi, davlat korxonalarini turli qismlarga bo`lib yuborib, ularni alohida-alohida sotish orqali. Bunda yirik korxonalar bir nechta korxonalar majmuasidan iborat bo`ladi. Mazkur korxonalardan yaxshi daromad keltiradigani alohida korxona sifatida sotib yuborilishi mumkin.
Oltinchisi, korxonani uning rahbari yoki mehnat kol-lektivi tomonidan sotib olinishi. Xususiylashtirishning mazkur usulida ishchi bir vaqtning o`zida ham mulkdor bo`ladi, ham bozor munosabatlari sharoitida ijtimoiy jihatdan himoyalangan bo`ladi. Ushbu usul AqShda keng qo`llaniladi va mazkur korxonalarga soliqlar bo`yicha ko`proq imtiyozlar berishga harakat qilinadi.
Yettinchisi, davlat korxonasini ijaraga berish yoki uni boshqarishni shartnoma asosida muayyan xususiy korxonaga topshirish. Xususiylashtirishning ushbu usulida yangi sha-kldagi korxona o`zining imkoniyatlarini to`liq namoyon eta olmaydi.
Jahon tajribasidan hamda ichki sharoitdan kelib chiqqan holda O`zbekistonda xususiylashtirishning quyidagi usul va shakllaridan foydalanildi:
-davlat korxonasini jamoa korxonasiga, xo`jalik jamiyati yoki shirkatiga aylantirish;
-ijaraga olingan korxonani kelgusida haq to`lab sotib olish sharti bilan davlat korxonasini ijara korxonasiga aylantirish;
-davlat korxonasini tanlov yo`li bilan yoki kimoshdi savdosida davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik va jismoniy shaxslarga sotish.
Davlat korxonasini jamoa korxonasiga aylantirish, mehnat jamoasi azolari tomonidan davlat mulkini sotib olinishi yoki bu mulkni ularga tekin berilishi yo`li bilan amalga oshiriladi. Bunda jamoa korxonasining ustavida har bir xodimning mol-mulkdagi hamda foydadagi ulushi belgilab qo`yiladi. Mazkur miqdor xodimlarning ish staji, maoshining miqdori va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilanadi. O`zbekistonda xususiylashtirishning davlat korxonalarini xo`jalik jamiyatlari va shirkatlariga aylantirish usuli keng qo`llanildi. Xususiylashtirishning mazkur usu-lini keng qo`llashdan maqsad, bozor iqtisodiyoti sharoitida fuqarolarni mulkdor qilish orqali ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash edi. Chunki bozor munosabatlariga o`tish davrida ishsiz fuqarolarning soni ortadi hamda ularni ijtimoiy jihatdan himoyalash dolzarb muammolardan biri bo`lib qoladi. Aynan mana shunday vaziyatda fuqaro birorta korxonaning aksiyasiga ega bo`lsa yoki uning nizom jamg`armasida o`z ulushiga ega bo`lsa, u ijtimoiy jihatdan hi-moyalangan bo`ladi, chunki ular vaqti-vaqti bilan dividend olib turishadi. Dastlab yopiq turdagi aksiyadorlik ja-miyatlari tashkil etilgan bo`lsa, keyinchalik fuqarolarni xususiylashtirish jarayonida faol ishtirokini taminlash uchun, ular ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirila boshlandi. Biroq iqtisodiy tahlillar mazkur jamiyat va shirkatlarda davlat ulushining saqlanib qolishi maqsadga muvofiq emasligini ko`rsatdi. Shuning uchun ham keyingi davrdagi iqtisodiy islohotlar xo`jalik jamiyatlari va shirkatlaridagi davlat ulushlarini mumkin qadar qis-qartirishga yoki bo`lmasa ularning barchasini xususiy sek-torga o`tkazib yuborishga qaratildi. Eng achinarlisi maz-kur korxonalarda aksiyadorlarning o`z huquqlarini bil-masliklari yoki ularni amalga oshirmasliklari, mulkdor sifatida ularning manfaatlariga salbiy tasir ko`rsatmoqda. Shuning uchun ham korxonalarning korporativ boshqaruvini tubdan isloh etish dolzarb muammolardan biri bo`lib qolmoqda. Davlat mulki obyektlarini tanlov asosida sotish xususiylashtirishning samarali usullaridan biri bo`lib hisoblanadi. Bunda tanlovni o`tkazish shartlari, tartibi va muddati maxsus tanlov komissiyasi tomonidan belgilab beriladi. Tanlov shartlari ijtimoiy hamda investision shartlardan iborat bo`ladi. Ijtimoiy shartlarga avvalgi ishchi o`rinlarini saqlab qolish, qo`shimcha ishchi o`rinlarini yaratish, xodimlarning malakasini oshirib borish, mehnatni muhofaza qilish, korxonaning faoliyat sohasini o`zgartirmaslik kabilar kiradi. Investision shartlarga korxonani rekonstruksiya qilish, zamonaviy uskunalar sotib olish, ishlab chiqarishni kengaytirish va shu kabilar kiradi.
Davlat mulki obyektini kim oshdi savdosida sotib xususiylashtirishdan maqsad, budjetga ko`proq mablag` tushirishdan iborat. Bunda davlat mulki obyekti bir muncha yuqori narxda sotiladi va uni sotib oluvchilarga hech qanday shartlar qo`yilmaydi. Agarda xususiylashtirilishi lozim bo`lgan korxona hech kimni qiziqtirmasa va unga xaridor topilmasa, u tugatiladi hamda uning balansida bo`lgan mulklar sotib yuboriladi. Xususiylashtirishni samarali amalga oshirishning asosiy shartlaridan biri xususiy-lashtirilayotgan korxonaga nisbatan xususiylashtirish usulini to`g`ri tanlay bilishdir. Masalan, aksariyat hol-larda iqtisodiy jihatdan samarasiz ishlayotgan korxonalar xususiylashtirishga xarakat qilinadi. Biroq mazkur toi-fadagi korxonalar xyech kimni qiziqtirmaydi yoki ular juda past narxlarda sotib yuboriladi. Shuning uchun ham Ang-liyada dastlab daromad keltiruvchi korxonalar xususiy-lashtirilgan. Chunki bunday korxonalarning aksiyalarigaXususiylashtirishga qarama-qarshi bo`lgan jarayonlardan biri nasionalizasiyadir. Xususiylashtirishda mulk davlat ixtiyoridan xususiy sektor tasarrufiga o`tsa, nasionalizasiyada mulk xususiy sektordan davlat ixtiyoriga o`tkaziladi. Natsionalizasiya fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli mol-mulkka nisbatan bo`lgan mulk huquqini haq to`lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o`tkazishdir. Nasionalizasiya mulk huquqini vujudga kelishi va bekor bo`lishining asoslaridan biri bo`lib hisoblanadi, chunki bunda davlat mulkka nisbatan mulkiy huquqni qo`lga kiritsa, yuridik va jismoniy shaxslar esa mazkur huquqdan mahrum bo`lishadi. Uni davlat mulkini vujudga keltirishning tarixiy usullaridan biri sifatida ham qarash mumkin1. Nasionalizasiya majburiy va erkin ravishda amalga oshirilishi mumkin.
Majburiy nasionalizasiyada fuqarolar hamda yuridik shaxslarga tegishli bo`lgan mulk davlat ixtiyoriga o`tkaziladi va qonun hujjatlariga muvofiq mulkdorlarga yetkazilgan zarar qoplanadi. Jaxon tajribasida yetkazilgan zarar qoplanmasdan ham mulk nasionalizasiya qilingan holatlar mavjud. Masalan, Fransiyadagi «Reno» zavodi urush yillarida fashistlarga yordam berganligi va ular bilan hamkorlik qilganligi uchun 1945 yilda haqi to`lanmasdan nasionalizasiya qilingan.
Nasionalizasiya erkin ravishda mulkdorning o`z xohishi va tashabbusi bilan amalga oshiriladi. Nasionalizasiya qilinadigan obyektlarni vujudga kelish asoslaridan kelib chiqqan holda uni ikkiga ajratish mumkin. Birinchisi, dastlabdan xususiy bo`lib kelgan korxonalarni nasionalizasiya qilish bo`lsa, ikkinchisi avval davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni nasionalizasiya qilish, yani deprivatizasiyadir. Avval nasionalizasiya qilingan mulklarni xususiylashtirish esa denasionalizasiya deb yuritiladi.
Nasionalizasiyani amalga oshirishdan maqsad quyi-dagilardir:
-davlat xavfsizligini taminlash hamda jamiyat uchun strategik ahamiyatga ega bo`lgan korxonalarni saqlab qolish; -ekologik xavfsizlikni taminlash;
-tabiiy monopoliyalarni xususiy mulk bo`lishi, istemolchilarning huquqlarini himoya qilishda suistemolliklarga olib kelishi mumkinligini bartaraf etish;
-xalq xo`jaligini tarkibiy jihatdan qayta qurish;
-milliy rejada nazarda tutilgan ijtimoiy-iqti-sodiy vazifalarni amalga oshirilishini taminlash;
-bank tomonidan moliyaviy resurslar ishlatilishini nazorat qilish uchun va boshqalar.
Nasionalizasiyani amalga oshirishda quyidagilar asos bo`ladi:
-mamlakatning iqtisodiy va milliy xavfsizligiga tahdid qilish;
-jamiyat uchun zarur bo`lgan hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy sohada muhim bo`lgan korxonalarning bankrotligi;
-korxonalar tomonidan atrof-muhitni ifloslantirilishi;
-korxona tomonidan daromadni chet elga noqonuniy o`tkazish:
-xususiylashtirilgan obyekt sohasini o`zgartirish;
-xususiylashtirilgan mulkning qiymatini tushirish, davlatga tegishli bo`lgan aksiya paketlarini real narxlardan pastroq narxda sotish va qonun hujjatlarida ko`rsatilgan boshqa hollar.
Do'stlaringiz bilan baham: |