Mavzu : Korxonani davlat tasarrufidan chiqarish va xususiy lashtirish tushunchasi.
Reja:
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tushunchalari.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning huquqiy asoslari.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish subyektlari va obyektlari.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish usullari.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tartibi.
Tayanch so’z va iboralar: davlat tasarrufidan chiqarish, xusussiylashtirish, sherikchilik, xususiylashtirish obyektlari, aktivlar, aksiyalar, aksiyalar paketi, davlat korxonalari, shirkat mulki, aralash mulk, iqtisodiy isloxotlar.
Sobiq sosialistik to’zum uchun xususiy mulk tushunchasi yot edi. Faqatgina mulkning shaxsiy, davlat hamda kolxoz-kooperativ shakllari mavjud edi. Shaxsiy mulkdan foydalanib daromad olish qonunga zid faoliyat hisoblanardi. Davlat mulki umumxalq mulki deb atalgani bilan, obyektiv reallikda xalq mazkur mulkdan yiroqda edi. Natijada ushbu mulk xalq tomonidan emas, balki mavhum bo`lgan subyekt-davlat tomonidan, yanada aniqrog`i uning byurokratik apparati tomonidan boshqarilar edi. Shuning uchun ham xalqda, ham davlatda mazkur mulkka nisbatan mulkdorlik hissi mavjud emasdi. Bu esa uning talon-taroj qilinishiga sabab bo`lardi. Kolxoz-kooperativ mulki ham rasmiy jihatdan jamoaniki deb etirof etilgani bilan, amalda butunlay davlat ixtiyorida edi. Mulkka nisbatan bunday tartibning o`rnatilganligi odamlarni mulkdan begonalashib ketishiga sababchi bo`ldi. Chunki barcha ishlab chiqarish vositalari tanxo davlatning mulki edi. Ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan odamlarning ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lishi hamda iqtisodiy manfaatdorlikning mavjud emasligi ularda mulkka nisbatan egalik hissining yo`qolishiga olib kelgan edi.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy mohiyati jamiyatdagi mulkni haqiqiy mulkdorlar qo`liga topshirishdan iborat. Bunda mulkdor o`z mulkini avaylab-asrashga, uni o`zgalar tomonidan talon-taroj etilishiga yo`l qo`ymaydi va eng asosiysi undan daromad olish maqsadida foydalana oladi. Sosialistik to’zumda tanqidostiga olingan xususiy mulk, bozor iqti-sodiyotiga asoslangan jamiyatda muqaddas deb hisoblanadi.
So`nggi yillarda xususiylashtirish shakl va uslublarini takomillashtirish, korxonalarni to`liq va aksiyalarning davlat paketlarini xususiy mulkka sotish bo`yicha qabul qilingan chora-tadbirlar iqtisodiyotning amaldagi barcha sohalarida mulkchilik munosabatlarini tubdan o`zgartirish jarayonlarini jadallashtirish va chuqurlashtirish uchun shart-sharoit yaratdi. Davlat aktivlari va aksiyalar paketlarini nolga teng qiymat bo`yicha sotish keyingi yillarda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o`ziga xos xususiyati hisoblanadi. Xususiy sektorni kengaytirish, kichik biznes, fermer xo`jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilish amalga oshirilmoqda. Shuning uchun Davlat mulki qo`mitasi va uning joylardagi organlari faoliyatini yaxshilash talab etilmoqda.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish-ning zaruriyati davlatning mulkchilik hamda xo`jalik yuritish sohasidagi monopoliyasiga barham berish orqali ko`p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirishdir. Chunki xususiylashtirish natijasida turli xil mulk shakllari vujudga keladi va ular asosida turli tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi subyektlar (aksiyadorlik jamiyatlari, xo`jalik jamiyatlari, xo`jalik shirkatlari va x.k.) tashkil etiladi.
Korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni o`tkazish tashabbusi bilan chikish xukukiga fuqarolar, davlatga taalluqli bo`lmagan "O`zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari va boshqa davlatlarning yuridik shaxslari" mehnat jamoalari ommaviy mulki obyektlarini tasarruf etuvchilar egadirlar. Davlat tasarrufidan chiqarishni, xususiylashtirishni o`tkazish yoki buday qilishni rad etish to`g`risidagi qarorni ommaviy mulk obyektlarini tasarruf etuvchi buyurtma tushgan paytdan boshlab 10 kun ichida qabul qiladi hamda uni buyurtma berganga va davlat tasarrufidan chiqarilayotgan xususiylashtirilayotgan korxonaning mehnat jamoasiga yozma ravishda yetkazadi
Davlat tasarrufidan chikarish yoki xususiylashtirish: basharti, korxona davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan korxonalar ruyxatiga kiritilgan bo`lsa, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning korxonalarning mazkur turi uchun nazarda tutilgan xususiyatlari hisobga olinayotgan bo`lsa, ommaviy mulki obyektlarini tasarruf etuvchi rad etishni asoslash bilan birga davlat tasarrufidanchiqarish yoki xususiylashtirishni amalga oshirish mumkin bo`lgan shartlar va muddatlari ko`rsatilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |