Oilada qulay mikroiqlim – bu sog’lom bolani tarbiyalashning ajral-mas
shartidir. Bolani parvarishlash va tarbiyalashda ota-onalar o’rtasida vazifalarini aniq, muntazam taqsimlanishi oilani mustahkamlaydi, kattalar o’rtasidagi munosabatlarga yangi tus kiritadi. Zamonaviy ideal inson-lar orasida ajralmas holat sifatida sog’lom turmush tarzi bo’lishi lozim, jumladan, chekishni tashlash, spirtli ichimliklarni iste’mol qilinmasli-gi,qo’pol va bema’ni so’zlarni muomalada qo’llamaslik,salomatlikka zararli vositalardan foydalanmaslik ijobiy samara beradi. Tarbiya vositalarini tanlashda bolalarning yoshi xususiyatlari hisobga olinadi. Tibbiyot xodimlari (tarbiyachilar, pedagog psixologlar, tibbiyot institutining talabalari) statsionarda (bolalar uyida,yasli, bolalar bog’chasi, internatda) navbatchilik vaqtida turli tadbirlar, o’yinlar, va bolalar bilan tarbiyaviy suhbatlarini qiziqarli tashkil etishga katta e’tibor berishlari kerak. Har bir yoshdagi bola uchun o’yinchoqlar to’plami, o’yin mashg’ulotlari mavjud. Shuningdek, 10 –12 oylik bolalar uchun o’yin mashg’ulotlarning namu-naviy ro’yxati quyidagicha bo’ladi: o’yinchoq suyujetlari namoyishi (ayiqcha, quyoncha, itlar, mushuklar va boshkalar) harakatlarni rivojlantirish uchun
koptok,shiqildoqlar,yorqin ranglardagi o’yinchoqlar, kublar bilan uyin –
mashg’ulotlari, uyin haraktlar: “YAshirish va qidirish”, “Ladushki” (ashula bilan
qarsak chalib o’ynaladigan bolalar uyini) turdagi, yumshoq uyinchoq-lar va ketma
ketlikdagi mashinalar,paravozlar namoyishi. 1 yoshdan 2 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun rasmlar bilan mashg’ulotlar, nutqni rivojlantirish va harakatlar koordinatsiyasi maqsadida “qurilish” materiallari bilan o’tkaziladi. 2 yoshdan 3 yoshgacha bo’lgan bolalar bilan suhbatlar o’tkazish, kitoblar o’qib berish, ularda birlamchi raqamlar,shakllar tasavvurini shakllantirish mumkin. Avvalo diqqat uchun o’yinlarini tashkil qilish, barmoqlarning noziq motorika ko’nikmalarini, narsalar va o’yinchoklarni faqat o’lcham va shaklda emas, balki rangiga ko’ra ajratish qobiliyatini rivojlantirish lozim. 3 yoshdan 5 yoshgacha bo’lgan bolalarga elementar hisoblashni o’rgatish, rasm mashg’ulotlari, yopishtirish, aplikatsiya, musiqa, gimnastika yoki jismoniy harakatli mashqlar,nishonga aniq olish va stol ustida,ochiq maydonchada tashkil etiladigan o’yinlari tavsiya etiladi. SHuni esda tutish kerakki, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o’yinlar ijtimoiy hayotning o’ziga xos shaklidir. Bolaning hayot tajribasi, ayniqsa erta yoshda va kichik bog’cha yoshidagilar o’yinlarda bolalar nimani bajara bilishlari va kattalar tomonidan nimaga o’rgatilganliklarini aks ettiri-shadi. O’yin elementlari bolada gigiyena ko’nikmalarini rivojlantirishda ham zarurdir,bunday ko’nikmalarni ovqatlanish paytida, hojatxonada, uyqudan oldin qo’llanilishi kerak. O’yin ham anglash faoliyatining asosi bo’lishi kerak. Ayni o’yinda bola mustaqil ravishda ishtiyoq bilan chizadi,plastilin-dan shakllar yasab yopishtiradi, applikatsiyalarni kesadi va yelimlaydi, kons-truktsiyalaydi, qo’lbola o’yinchoklar yasaydi, kattalarga taqlid qiladi,ko’shiq aytadi, ertaklarni hikoya qiladi va uylab topadi. SHuni esda tutish kerakki, rus pedagogi V.A.Suxomlinskiy ta’kidlaganidek, « Bolanig ruhiy hayoti to’liq shakllanganligi faqatgina u o’yinlar, ertaklar, musiqa, fantaziyalar, ijodkorlik dunyosida yashaganda ko’rinadi, bu siz u – qurib qolgan guldir»Ta’lim – bir murrakab, ko’p qirrali jarayon bo’lsada, bolalar bilan jamoaviy va individual ravishdagi tarbiyaviy ishlar davomida bir necha asosiy pedagogik tushunchalarni hisobga olish lozim. Biror mavzu material asosida ifodalanishida soddalik murakkablikdan oldin bo’lishi , osonlik – qiyinlikdan, predmetlar va
hodisalar haqida aniq ma’lumotlar – ularni mavhum og’zaki ramzlari oldinda ekanligi tushuntirib yetkaziladi. Vaqti – vaqti bilan ta’limdagi yuklamalar ratsional taqsimlanishi bolaning asab tizimidagi uzilishlar oldini olishga qaratilgan bo’ladi. Kun tartibiga qat’iy rioya qilishga intilish kerak.Bolalarda ijobiy his tuyg’u-larni uyg’otish, ularda go’dakligidan kattalarga va o’z tengdoshlariga yordam berish istagini kuchaytirish, topshiriqni uning mantiqiy xulosasiga yetka-zishni, bolaning fikrlashidagi mustaqilligini rivojlantirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |