ASKUE tizimining umumiy ko‘rinishi
O„lchash tizimi sifatida ASKUE vazifalari. Elektr energiyasini hisobga
olishning asosiy maqsadi ulgurji va chakana bozorda ishlab chiqilgan, uzatilgan,
taqsimlangan va iste‟mol qilingan elektr energiyasi va quvvat haqida ishonchli
axborot olinishidir.Elektr energiyasi hisobga olinishining ishonchliligini nazorat
qilish har oyda, yo„qotishlar va o„z ehtiyojlariga sarflangan elektr energiyasini
hisobga olgan holda, kelib tushgan va berilgan elektr energiya balansini tuzish
hisobiga erishiladi. Balans har hisobot oyining oxirgi sutkasining mahalliy vaqt
bo„yicha 24 soatda olinadigan elektr energiyasi hisoblagichlarining ko„rsatishlari
asosida tuziladi. Hozirgi vaqtda qabul qilingan hisoblagichlar ko„rsatishlarining,
ular bo„yicha elektr energyasi balansi tuziladigan, qo„lda yozilishi uncha to„g„ri
emas va qo„shimcha xatoliklarga olib keladi, chunki bu ko„rsatishlarning bir
vaqtda va xatosiz yozilishini ta‟minlash qiyin, ayniqsa nazorat qilinayotgan
hisoblagichlarning
katta
miqdorida.Elektr
energiyasining
hisobga
olish
priborlarining qiyoslash davriyligi «O„zstandart» agentligining 2016 yil 4 mayda
O„zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligida davlat ro„yxatidan o„tkazilgan 2782-
sonli «Qiyoslashdan o„tkazilishi lozim bo„lgan o„lchash vositalari turkumlarining
ro„yhati»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu xujjatga asosan ASKUE tizimi va
shu tizimdagi elektr xisoblagichlar har 4 yilda bir marotaba o„rnatilgan tartibda
qiyoslab boriladi.Aholiga va tadbirkorlarga ko„rsatilayotgan servis xizmatlar
sifatini yaxshilash va elektr energiyasini hisobga olish priborlarini davriy
qiyoslashdan o„tkazish ishlarini tashkillashtirish maqsadida «O„zstandart»
20
agentligi «Metrologiya xizmatlari ko„rsatish markazi» DK tomonidan Damas
avtomobil ba‟zasida maxsus o„lchash vositalari bilan jixozlangan ko„chma
laboratoriya tashkil qilindi. Ushbu ko„chma laboratoriya yordamida
iste‟molchilarga o„rnatilgan elektr xisoblagichlarni elektr tizimidan uzmasdan
qiyoslash ishlarini amalga oshirish imkoniyatini beradi.Yuqorida bayon
etilganlardan xulosa chiqarib, shuni dadil aytish mumkinki, simsiz tarmoqlar
nafaqat mavjud telefon yoki universal ma‟lumot uzatish tarmog„ini, unga ham
uzoqda joylashgan, ham borish qiyin bo„lgan abonentlarining kirishini ta‟minlagan
holda, tez va yuqori ishonchlik darajasi bilan yoyish, kengaytirish yoki
modernizatsiyalash, balki mavjud tarmoqlarni to„liq modernizatsiyalamasdan
optimallashtirgan tarzda yangi xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. So„nggisi
esa ishlayotgan korxona sharoitlarida tizimni qurish nuqtai nazaridan muhim
hisoblanadi.
21
Do'stlaringiz bilan baham: |