17
O‘zbekiston Respublikasida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va
nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
O„zbekiston iqtisodiyoti xo„jalik yuritishning bozor usullariga o„tishi elektr
energiyasini hisobga olish ishonchliligi va operativligiga qattiq talablar qo„yadi.
Bu talablarga faqat zamonaviy hisoblash texnikasi bilan jihozlangan elektr
energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimlarining
(ASKUE) yaratilishi javob beradi. Mavjud eskirgan induksion elektr energiyasi
hisoblagichlari bu qo„yilgan vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega emas.
O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 05.06.2009 y. 150-sonli,
22.08.2009 y. 245-sonli va 01.11.2013y. 295-sonli Qarorlarida maishiy
iste‟molchilardagi va xo„jalik yurituvchi sub‟ektlardagi mavjud elektr energiyasi
hisoblagichlarini almashtirish va elektr energiyasi iste‟molini hisobga olish va
nazorat qilish avtomatlashtirilgan tizimiga ulash muddatlarini ko„rsatgan holda,
zamonaviy elektron priborlarga almashtirish tartibi va qoidalari ko„rsatilgan.
Yuqorida qayd etilgan hukumat qarorlarining bajarilishi, shuningdek, elektr
energiyasi iste‟molini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan
tizimining ko„rsatishlari buzilishidan va axborotiga sanksiyalanmagan kirishdan
himoyalanishini ta‟minlash uchun shaxsiy javobgarlik “O„zbekenergo” AJga
yuklatilgan. Elektr energiyasini tijorat hisobga olish avtomatlashtirilgan tizimini
(keyinchalik matnda – ASKUE) attestatlash tartibi va unga qo„yiladigan umumiy
talablar O„zbekiston Respublikasi Davlat standarti O‟z DSt 8.038:2014 “O„zR
DO„T. Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilish avtomatlashtirilgan
tizimlari. Qiyoslash usul va vositalari” bilan reglamentlangan.ASKUE tarkibida
ixtisoslashtirilgan dasturiy ta‟minotga (DT) ega shaxsiy kompyuter (ShK)
qo„llanishi bu tizimlarga qo„shimcha egiluvchanlikni taqdim etadi. ASKUE
ishlashini ta‟minlash bo„yicha asosiy vazifani hal qilishdan tashqari, bu ShK
elektroenergetik tizimlarning holatini va o„lchashlar ishonchliligini baholash
bo„yicha bir qator amaliy masalalarning hal qilinishi, masalan, energiya
yo„qotilishini va shu yo„qotilish joylarining kengayishiga yo„l qo„yilmasligini
ta‟minlashi mumkin.Iqtisodiyot rivojlanishining tez o„sish surati, xo„jalik
18
yuritishning bozor usullarini hisobga olgan holda, elektr energiyasi iste‟molining
hisobga olinishiga juda qattik talablar qo„yadi. Ushbu talablar bir ma‟noda va
to„liq hajmda, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning eng
zamonaviy yuqori texnologik avtomatlashtirilgan tizimlari (ASKUE) yaratilishi
hisobiga qondirilishi mumkin.Texnik vositalar va mos ravishda texnik park,
elementli radioelektron bazaning muntazam takomillashtirilishi bilan bog„liq
bo„lgan, ulkan qadamlar bilan rivojlanishini hisobga olgan holda, bugungi kunda
turli boshqaruv tizimlarida, jumladan elektr energiyasini tijoratga oid hisobga olish
avtomatlashtirilgan tizimlarining komplekslarida ma‟lumot uzatish muhiti bo„lib
xizmat qilishi kerak bo„lgan telekommunikatsion aloqa kanallari ma‟lumot
almashish tizimlarining bugungi kundagi zarur ehtiyojlaridan (sig„im, tezlik va
hokazo) kamida bir qadam oldinda bo„lishi kerak.Avtomatlashtirilgan tizimlarning
joriy etilishi elektr energiyasi va quvvatning asosiy iste‟molchilari tomonidan
iste‟mol qilish rejimlarini operativ nazorat qilish va tahlil qilish, iste‟molchilar
yuklanishining optimal boshqaruvini amalga oshirishga imkon beradi. ASKUEdan
foydalangan holda, energoob‟ektlarda ma‟lumot yig„ish va shakllantirish, axborot
yig„ish va yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, shuningdek shu asosda elektr
energiya yetkazib beruvchilari va iste‟molchilari o„rtasida tijoratga oid hisob-
kitoblarni bajarish maqsadida ma‟lumot shakllantirish mumkin bo„ladi. ASKUE
iste‟molchilar
bilan
hisob-kitoblarni
bajarishda
bank
operatsiyalarini
soddalashtirishga imkon beradi.ASKUE texnik vositalari tarkibiga quyidagilar
kiradi:o„lchanayotgan elektr energiyasini elektromagnit impuls signallariga yoki
raqamli kodlarga o„zgartiradigan datchik-o„zgartirgichlar bilan jihozlangan elektr
energiyasi hisoblagichlari;hisoblagichlardan axborot yig„ilishi va ularning yuqori
boshqaruv darajasiga uzatilishini ta‟minlashi kerak bo„lgan ma‟lumotlar yig„ish va
uzatish qurilmasi (USPD);axborotga ishlov berish vositalari.ASKUE tizimining
muvaffaqiyatli ishlashi uchun yuqorida sanab o„tilgan texnik vositalardan har
birining zarurligi va ahamiyatliligi shubhasiz. Biroq telekommunikatsion aloqa
kanallari qonuniy ravishda ASKUE kompleksining asosiy tarkibiy qismlaridan biri
hisoblanadi. Aloqa kanallarining mavjud emasligi yoki ularning qoniqarsiz holati
19
nafaqat ASKUE joriy etilishini to„xtatib turuvchi omil bo„lib, yoki kompleksning
kichik samara bilan ishlatilishiga, balki, ko„pincha ro„y beradigan, tizimning
ishdan chiqishiga xizmat qilishi mumkin.Aloqa kanallarining tanlovi, shuningdek
jihozlar tanlovi ASKUEni loyihalashtirish bosqichida, ob‟ektlar bilan xizmatga oid
va texnologik ta‟minot talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi
kerak.Bugungi kunga aloqa kanallari sifatida quyidagilar keng qo„llanadi:
yo„ldoshli aloqa tizimlari;
tolali-optik aloqa liniyalari;
mobil aloqa quvvat tizimlari;
simsiz ma‟lumot uzatish tarmoqlari (BSPD).
elektr energiya hisoblagichining simsiz tarmog„i.
Do'stlaringiz bilan baham: