Normal rejimda
Avariya
rejimida
Avariyadan
keyingi rejimda
Tiklangan
normal rejimda
Normal rejimni
nazorat qilish va
boshqarish
Avariyani
bartaraf etish
(releli himoya)
Normal rejimni
tiklash
Normal rejimni
nazorat qilish va
boshqarish
Energiyani ishlab chiqarishga xos xususiyatlaridan energosistemalarni keng
jarayonda
avtomatlashtirish
talabi
kelib
chiqadi.
Energosistemalarni
avtomatlashtirish deb ularni elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va
taqsimlash texnologik jarayonlarini avtomatik tarzda boshqaruvchi qurilmalar
bilan jixozlashga aytaladi. Ushbu qurilmalar normal va avariyaviy rejimlarda
inson ishtirokisiz, ularga o„rnatilgan programma hamda o„rnatmalar asosida ish
yuritadi. Ishlatish nuqtai nazaridan barcha avtomatika qurilmalarini quyidagi ikkita
guruxga ajratish mumkin:
• texnologiya avtomatikasi;
• sistema avtomatikasi.
O„z navbatida ushbu guruxlardagi avtomatika qurilmalari quyidagilarga
bo„linadi:
• avtomatik boshqarish qurilmalari;
• avtomatik rostlash qurilmalari.
4
Texnologiya avtomatikasi normal ishlash rejimida avtomatik boshqarish
yoki rostlashni ta‟minlab beradi (kuchlanishni avtomatik rostlash, generatorlarni
avtomatik sinxronlash qurilmalari yordamida) va maxalliy axamiyatga ega.
Sistema avtomatikasi avariya rejimlarida avtomatik boshqarish yoki rostlashni
ta‟minlab beradi. Axamiyat nuqtai nazaridan ushbu avtomatika umumiy
(generatorlarning forsirovkasi, avtomatik chastotaviy yuksizlantirish (ACHYU))
va maxalliy (avtomatik qayta ulash (AQU), zaxirani avtomatik ulash (ZAU))
bo„lishi mumkin. CHastota va quvvatni avtomatik rostlash (CHQAR) qurilmasi
energosistemaning normal rejim avtomatikasiga kiradi. Elektr stansiyalar va
energosistemalar birmuncha va turli xil o„zaro bog„langan elementlardan
tashkil topib, murakkab komplekslar deb xisoblanadi. Bugungi kunda elektr
stansiyalar va energosistemalar ishonchliligini, ularning texnik-iqtisodiy
ko„rsatkichlarini va elektr energiya sifatini oshirish kabi talablar
energosistemada avtomatikani va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini (ABT)
keng ravishda tadbiq qilishgina orqali amalga oshirilishi mumkin. Avtomatika
qurilmalari quyidagi masalalarni echishga yordam beradi:
• elektr stansiyalar va energosistemalarning xizmat ko„rsatuvchi xodimlariga
berilgan texlogik rejimni olib borish;
• energosistemaning turgunligini va iste‟molchilar elektrta‟minotining
ishonchliligini ko„ratirish;
• avariyani jarayoni bartaraf etilishini tezlashtirish.
Avtomatika
qurilmalarini
quyidagi
ikki
guruxga
ajratish
mumkin:
stansiya avtomatikasi qurilmalari va sistema avtomatikasi qurilmalari.
Stansiya avtomatikasining asosiy qurilmalari:
• yoqilg„i tayyorlash va uzatish avtomatikasi;
• kimyoviy tozalangan suvni tayyorlash avtomatikasi;
• qozon va turbinaning berilgan rejimini olib borish avtomatikasi;
• agregatlarni ishga tushirish va to„xtatish avtomatikasi;
• generatorlarni avtomatik sinxronlash;
• sinxron mashinalar qo„zg„atish tizimini avtomatik rostlash;
5
• sinxron mashinalarning magnit maydonini avtomatik so„ndirish;
• turbinalaning aylanish tezligini avtomatik rostlash;
• aktiv va reaktiv quvvatni elektr stansiya generatorlari orasida avtomatik
taqsimlash;
• zaxirani avtomatik ulash.
Sistema avtomatikasiga quyidagilar kiradi:
• energosistema yuklamasini elektr stansiyalar orasida avtomatik taqsimlash
qurilmasi;
• energosistemada chastota va aktiv quvvatni avtomatik rostlash qurilmasi;
• energosistemaning asosiy bo„g„inlarida kuchlanishni avtomatik rostlash
qurilmasi;
• turg„unlik buzilishini avtomatik oldini olish qurilmasi;
• asinxron rejimni avtomatik bartaraf etish qurilmasi;
• chastota bo„yicha avtomatik yuklamalarni o„chirish qurilmasi;
• avtomatik qayta ulash qurilmasi;
• nimstansiyalarda zaxirani avtomatik ulash qurilmasi.
Elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va iste‟mol qilish jarayonini
insonning bevosita ishtirokisiz boshqarish avtomatik deb ataladi. Bugungi kunda
faqatgina ayrim elektr energetika ob‟ektlari avtomatik tarzda boshqariladi.
Umuman olganda, xozircha elektr energiyani ishlab chiqarish va uzatish
jarayonining boshqaruvi faqatgina energosistema dispetcherining, ya‟ni
insonning, ma‟mum darajadagi operativ ishtirokida bajirilishi mumkin.
Boshqarishning bunday turi avtomatlashtirilgan deb ataladi va
avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruv tizimi (ADBT - ASDU) yordamida
bajariladi. Ushbu boshqaruv tizimining asosiy qismini energosistemaning
dispetcherlik punktida joylashgan boshqaruv xisoblash kompleksi tashkil etadi.
Avtomatik boshqaruv elektrenergetika ob‟ektlarining xususiyatlari,
energosistemaning rejimiga bog„liq bo„lgan parametrlari hamda ularning xolati
va ishlash rejimlari haqidagi informatsiyani taxlil qilish asosida bajariladi. Elektr
energiyani ishlab chiqarish va uzatish jarayonining avtomatik boshkaruvi
6
quyidagi texnik vositalar yordamida bajariladi:
• energosistema normal ishlash rejimlarini boshqarish avtomatikasi;
• avariyani oldini olish avtomatikasi.
Energosistema normal ishlash rejimlarini boshqarish avtomatikasi quyidagilarni
bajarib beradi:
• energoblok (turbina-generator)larni avtomatik ishga tushirish va sinxron
generatorlarni parallel ishlashga ulash (sinxronlash);
• elektr stansiya shinalaridagi kuchlanishni va sinxron generatorlarning reaktiv
quvvatini berilgan qiymatda avtomatik tarzda ushlab turish;
• energosistema rejimlarini kuchlanish va reaktiv quvvat bo„yicha avtomatik
boshqarish;
• sinxron ishlayotgan generatorlarning aylanish tezligini o„zgarmas xolatda
ushlab turish hamda chastota va quvvatni avtomatik rostlash (ChQAR).
Avariyani oldini olish avtomatikasining vazifasi energosistemada kata
uzunlikga ega va katta yuklanish bilan ishlayotgan liniyalarda qisqa
tutashuvlar bo„lganda hamda ular bilan bog„liq bo„lgan katta quvvatli
energoob‟ektlar o„chishi oqibatida paydo bo„lgan rejimlarda parallel
ishlayotgan elektrstansiyalar majmuasining sinxron turg„unligini saqlab
qolishdan iboratdir.
Bunday xolatlarda aktiv quvvat etishmovchiligi yoki ortiqligi mavjud avariya
rejimi paydo bo„lib, u butun energosistemaga oid avariyaga rivojlanib ketib,
birlashgan energosistema turg„unligini buzilishiga va uni bo„linishiga, issiqlik
stansiyalar to„xtab qolishiga va iste‟molchilar elektr ta‟minotini katta
territoriyalarda yo„qolishiga olib kelishi mumkin.
Avariya xolati:
• asosiy turtki bo„lmish qisqa tutashuvdan hamda unga va uning o„chishiga bog„liq
bo„lgan quvvatlar balansi buzulishidan boshlanadi,
• va energosistemaning quvvat bo„yicha
– defitsit qismida kuchlanish va chastota pasayishi,
– ortiq qismida esa kuchlanish va chastota ko„tarilishi ko„rinishida rivojlanadi.
7
Chastotani pasayib ketishi issiqlik elektr stansiyalarida o„z extiyojlar
qurilmalarining unumdorligini pasayishiga va buning oqibatida uni yanaham
keskin, qayta tiklab bo„lmaydigan qiymatgacha tushib ketishiga («chastota
ko„chkisiga») olib kelishi eng xavfli avariya deb xisoblanadi. Shunga o„xshash,
reaktiv quvvat etishmovchiligidan paydo bo„lgan kuchlanish pasayib ketishi
«kuchlanish ko„chkisiga» rivojlanib ketishi mumkin. Avariyani oldini olish
avtomatikasining eng muxim vazifasi avariyaga olib kelgan turtkini yo„qotishdan
iboratdir. Bu masala releli ximoya va avtomatika (RXA) hamda RXAdan
o„chirilgan uzgichlarni avtomatik qayta ulash (AQU) qurilmalari yordamida
bajariladi. Ko„pchilik xollarda qisqa tutashuvlar (ayniqsa xavo liniyalaridagi
bir fazali qisqa tutashuvlar) o„tkinchi (elektr yoyi orqali) bo„ladi. Muvaffaqiyatli
avtomatik qayta ulash jarayonida avariyaviy turtki odatda yo„qoladi va
energosistema rejimi qayta tiklanadi. Turg„un qisqa tutashuvlar bo„lganda, ularni
releli ximoyadan qayta o„chirish jarayonida quvvatlar balansining buzilishi
takroran paydo bo„ladi va energosistema sinxron turg„unligining buzilish xavfi
yuzaga keladi. Bunday xolatda butun sistemaga taaluqli avariyani oldini olish
avtomatikasi ishga tushadi va uning vazifasi:
• statik va dinamik sinxron turg„unlikni buzilishini oldini olishdan,
• yoki qisqa asinxron rejimdan so„ng energosistemaning natijaviy
turg„unligini saqlab qolishdan iboratdir.
Dinamik turg„unlik buzilishini oldini olish uchun, masalan, bug„
turbinalarni qisqa muddatga impulьsli yuksizlantirish yoki gidrogeneratorlarni
qisqa muddatli elektr tormozlash kabi tadbirlardan foydalaniladi.Avariyadan
keyin paydo bo„lgan rejimlarda statik turg„unlik buzilishini oldini olish elektr
liniyalarning statik turg„unlik nuqtai nazaridan o„tayuklanishini kamaytirishga
qaratilgan quyidagi tadbirlar orqali bajariladi:
- sinxron kompensator rejimida ishlab turgan gidrogeneratorlarni aktiv rejimga
o„tkazish;
- ishlab turgan gidrogeneratorlarning bir qismini o„chirish;
- boshqa tadbirlar.
8
Shunga o„xshash tadbirlar asinxron rejimlarni bartaraf etish
avtomatikasiga ham xosdir. Agar ular yordamida asinxron rejimni yo„qotib
bo„lmasa, unda sistemani bo„lish avtomatikasi energosistemadan nosinxron ishlab
turgan qismini ajratib tashlaydi. Bu rejimda energosistemaning xar ikkala qismida
quvvat balansi buziladi. Energosistemaning ortiq quvvatli qismida chastota va
kuchlanishlar oshib ketadi, defitsit qismida esa – pasayadi. Bunda energosistema
parametrlarini ruxsat etilgan qiymatlardan chiqib ketishi oldini olish
avtomatikasi ishga tushadi:
• kuchlanish tushib ketishini yoki ko„tarilib ketishini cheklash avtomatikasi;
• chastota tushib ketishini yoki ko„tarilib ketishini cheklash avtomatikasi.
Ushbu avariyani oldini olish avtomatikasining vazifasi quyidagidan iborat:
• quvvat balanslarining buzilishini to„xtatish;
• balanslarni to„liq tiklashga yordam berish;
• rejim parametrlarini nominal qiymatlarga qaytarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |