Bog'liq Energetik tizimni boshka tizimlar bilan bog‘liqligi.
Mavzu :Energetik tizimni boshka tizimlar bilan bog‘liqligi.
Reja
1.Elektroenergetik tizimni asosiy elementlarining konstruktiv bajarilishi va ishlash tamoili.
2. Elektr energiyani masofalarga uzatish. 3.Elektr energiyani masofalarga uzatish va energetik tizimni birlashtirish. 4. Elektroenergetik tizimni boshqarish. Elektr energetik tizim elementlarining konstruktiv bajarilishi. Elektr energetik tizimlarning asosiy elementlari elektr energiyani ishlab chiqaradi, o`zgartiradi, uzatadi va iste'mol qiladi.
Elektr stantsiyalarda har xil energiyadan-organik yoqilg`ining ximik energiyasi, ichki energiya, gidroenergiya va boshqa turdagi energiyadan elektr energiya olinadi. Elektr energiyani o`zgartirish, uzatish va iste'mol qilishda tarnsformatorlar qo`llaniladi. Elektr energiyani uzatishda havo va kabel liniyalari qo`llaniladi. Iste'moli asosan o`zgaruvchan tok dvigatellarida bo`ladi.
Sinxron generatorlar turbinaning mexanik energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. GES va issiqlik elektr stantsiyalarda asosan gidro va turbogeneratorlar qo`llaniladi. Ularni sovitishda havo, vodorod va suv ishlatiladi. Generator bilan bir o`qda turbina joylashgan bo`lib ularning bloki 8-12 tagacha bo`ladi, quvvati esa 4000-6000 MVt dan oshadi.
Shaxsiy iste'moli uchun blokda energiya chiqimi 4-8% bo`ladi. Blokni ishga tushirish uchun uning yordamchi shaxsiy iste'moli mexanizmlari yurgiziladi. Turbinaga bug`ni berib, temperaturasi va bosimi oshirilib boriladi. Aylanishi nominaliga yetkaziladi. So`ngra qo`zg`atish toki beriladi va energotizimga ulanadi. Ulangan generator turbinasiga beriladigan bug`ni oshirib blok yuklamasini ko`paytirib boradi. Turbageneratorlarni asoan kchlanishi 24 kV gacha bo`ladi. Energiyani uzoq masofalarga uzatish uchun kuchlanishni 110-1150 kV va undan yuqori oshirish kerak bo`ladi.
Elektr energetik tizimda har xil turdagi qo`shimcha elementlar qo`llanilib, ularga mumkin bo`lgan avtomatika, kommutatsiya appparatlari, muvozanatlovchi
(kompensatsiya) qurilmalar va boshqalar kiradi.
Bilimlarni chuqurlashib kengayishi, texnikaning rivojlanishi asosida elektr energetik tizim elementlarining konstruktsiyalari takomilashadi va xarakteristikalari yaxshilanadi.
Elektr energetik tizim elementlarining ishi tamoyili elektr texnikasi qonunlari asosiad bo`ladi.
Sinxron generator. Sinxron generatorning ish tamoyili elektr tagnit induktsiyasi qonuniga asoslangan. Bunda elektr yurituvchi kuch
e=-dФ/dt EYUK ni paydo bo`lishi 1..1 rasmda keltirilgan.
Ф