Mavzu: 15. Taqsimlash qurilmalarini o'tkazgichlari izolyatorlari
Reja
1.
2.
Taqsimlash qurilmasi (Tq) - bu elektr energiyani qabul qilish va taqsimlash uchun xizmat qiluvchi hamda elektr a’’aratlar, shinalar va yordamchi qurilmalarga ega bo’lgan elektr uskunadir.Agar taqsimlash qurilmasi bino ichiga joylashgan bo’lsa, u yo’iq Tq si deb ataladi.
Yo ‘ i q t a q s i m l a sh q u r i l m a l a r i (YoTq) odatda 3-20 kV dagi generatorli kuchlanishga mo’ljallab quriladi. Biroq Tq ga ajratilgan maydon cheklangan bo’lsa, yoki atmosfera juda ifloslangan bo’lsa, shuningdek chekka SHimol rayonlarida ham 35-220 kV kuchlanishli YoTq qo’llanilishi mumkin. Taqsimlash qurilmalari elektr uskunalarini ishonchli ishlashini tahminlashi kerak. Bu talab elektr asbob-uskunalarini to’g’ritanlash va joylashtirish, Tq turi bilan konstruktsiyasini ‘UE ga muvofiq tanlash yo’li bilan bajariladi. Tq ga xizmat qilish qulay va xavfsiz bo’lishi kerak. Tq da joylashgan asbob-uskunalar bir-birini to’smay yaxshi ko’rinishi, tahmirlash ishlarini bajarishga qulay va havfsiz bo’lishi, ularni ko’zdan kechirish va tahmirlashda xavfsiz bo’lishi kerak. Buning uchun YoTq ni turli elementlarini tok o’tkazuvchi qismlardan minimal masofalari buzilmasligi kerak. Izolyatsiyalanmagan tok o’tkazuvchi qismlarga tasodifan tegib ketmaslik uchun ular maxsus kameraga joylashgan yoki
to’silgan bo’lishlari kerak yoki ulardan odam qo’l ko’targanda qo’ligacha
masofa ‘UE da ko’rsatilgandan kam balmasligi kerak. Tq yong’inga qarshi
xavfsizlikni tahminlashi kerak. YoTq konstruktsiyalarida to’siqlar aralash
bo’ladi. Bunda to’siqdan balandligi 1,9 m dan kam bo’lmasligi kerak, to’rlar (setka) teshiklari 25x25 mm dan katta bo’lmasligi kerak, to’siqlar
qluflanishi kerak. Izolyatsiyalanmagan tok o’tkazuvchi qismlar 3-10 kV da 2,5 m dan, 20-35 kV da 2,7 m dan yuqori bo’lmasalar to’rlar bilan to’silishi kerak.
To’r ostidagi o’tish balandligi 1,9 m dan ‘ast bo’lmasligi kerak. Uskunalar ko’zdan kechirishlari xizmat yo’lagidan bajariladi, uning kengligi uskunalar bir tomonga joylashgan bo’lsa 1 m, ikkala tomonda joylashgan bo’lsa 1,2 m bo’lishi kerak. Agar YoTq yo’lagida ajratgichlar va uzgichlarni yuritmalari bo’lsa, yo’lakning kengligi kuchlanishga qarab 1,5 va 2 m bo’lishi kerak.
Agar YoTq da kom’lekt taqsimlash qurilmalari (KTq) qo’llanilsa, yo’lakni kengligi harakatlanuvchi arvachani chiqarish, kiritish va
aylantirish uchun yetarli bo’lishi kerak. Buni tahminlash uchun bir qator joylashtirishda aravachaning uzunligi 0,6 m, ikki qator joylashtirishda
aravachaning uzunligi 0,8 m, KTq ni orqa tomonida ham yo’lak bo’lsa,
kengligi 0,8 dan kam bo’lmasligi kerak. YoTq xonalarini tashqariga yoki devorlari va shi’lari yonmaydigan xonalarga chiqishlari bo’lishi kerak. Tq ni uzunligi 7 m-gacha bo’lganda bitta chiqish, 7 dan 60 m gacha bo’lganda ikki chekkada ikki chiqish, 60 m dan ko’p bo’lganda chekkalarida ikkita chiqish va qo’shimcha chiqishlar shunday bo’lishi kerakki, Tq ni har qaysi nuqtasining chiqishgacha masofasi 30 m dan oshmasligi kerak. Eshiklar tashqariga ochilishi kerak va Tq ichidan kalitsiz ochiladigan o’zi berkiladigan qulflar bilan
tahminlangan bo’lishi kerak. YoTq larda yong’in xavfsizligini tahminlash uchun ular qurilish va yong’in xavfsizligi talablariga javob beradigan qilib qurilishi, binosi o’tga bardosh bo’lishi kerak. Yirik yig’ma konstruktsiyalardan qurilgan taqsimlash qurilmasi
yig’ma deyiladi. Tq lar odatda namunaviy loyixalar bo’yicha quriladi. Bunday loyixalar yetakchi loyixa tashkilotlari tomonidan tayyorlanadi. O’quv loyixalashda talabalarni vazifasi elektr ulanishlar sxemasi va o’rnatilgan uskunalarga mos keladigan namunaviy konstruktsiyani tanlash. Bunday konstruktsiyalar turlari quyidagilar:
1) shinalarni bitta tizimiga ega 6-10 kV li YoTq konstruktsiyalari;
2) generator kuchlanishiga mo’ljallangan katta blokli taqsimlash
qurilmasi;
3) shinalarni ikkita tizimiga ega 6-10 kV li YoTq konstruktsiyasi;
4) 35-220 kV li YoTq konstruktsiyasi.
Yuqori kuchlanishli kom’lekt uskunalari (KTq). Kom’lekt taqsimlash qurilmalari (KTq yoki KRU) - bu ichiga o’rnatilgan a’’aratlar, o’lchov va
himoya asboblari va yordamchi uskunalarga ega berk shkaflardan iborat taqsimlovchi qurilma. KTq shkaflari zavodlarda tayyorlanadi, bu hamma
qismlarni sifatli yig’ib, elektr uskunalarni ishonchli ishlashini tahminlashga imkon beradi. To’la yig’ilgan shkaflar montaj joyiga keltiriladi, u yerda o’rnatiladi, shkaflar orasidagi yig’ma shinalar ulanadi, kuchli va nazorat kabellari keltiriladi. KTq qo’llanilishi Tq ni montajini tezlatishga imkon beradi. KTq ishlatishda xavfsiz, chunki kuchlanish ostidagi hamma qismlar metall qobiq bilan berkitiladi. KTq ni tok o’tkazuvchi qismlari orasidagi izolyatsiya sifatida havo, moy, ‘iralen, qattiq izolyatsiya va inert gazlar ishlatilishi mumkin. Moyli va gazli izolyatsiya qilingan KTq lar yuqori kuchlanishlarga tayyorlanishi mumkin (jahon amaliyotida 220, 400 va 500 kV li konstruktsiyalar mavjud). KTq larda oddiy a’’aratlar yoki maxsus KTq uchun
mo’ljallangan a’’aratlar ishlatilishi mumkin. Masalan, 6-10 kV li KTq da
odatdagi konstruktsiyali uzgichlar qo’llanilgan, ajratgichlar o’rniga esa
tiqiluvchi kontaktlar ishlatilgan. KTq ni qo’llanilishi loyihalash hajmi va muddatlarini qisqartiradi, zarurligida elektr uskunani rekonstruktsiyalash va kengaytirish oson bajariladi. pasaytiruvchi nimstantsiyalarni 6-10 kV Tq lari uchun hamda elektrostantsiyalarni o’z ehtiyojlari shinalarini bitta sistemasi bo’lgan sxemalarida turli KTq lar ishlatiladi: moyi oz uzgichlar; elektromagnitli
o’chirgichlar; vakkumli o’chirgichlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |