Mavzu : Ikki taktli o’zgartirgichlar.
Reja:
Kirish
Ko‘priksimon to‘g‘rilash sxemasi
Transformator ikkilamchi zanjiridan nolinchi chiqish chiqarilgan ikki taktli to‘g‘rilash sxemasi
Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi)
Ikki taktli o’zgartirgichlar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Sxemada bitta yarim davr mobaynida to‘g‘rilangan tok VD1 diod, Ry yuklama, VD3 diod orqali transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga oqib o‘tadi (2.10-rasm). Teskari qutbda tok VD2 diod, Ry yuklama, VD4 diod orqali transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga oqib o‘tadi. Ya’ni, tok yuklama va transformator ikkilamchi chulg‘ami orqali butun davr mobaynida oqib o‘tadi.
Ry yuklamadan oqib o‘tadigan Iy yuklama tokining o‘zgarmas tashkil etuvchisi (Im= Um/Ry bo‘lganida) quyidagiga teng bo‘ladi:
Ko‘priksimon to‘g‘rilash sxemasi va
uning vaqt diagrammalari.
ya’ni, bir fazali bir taktli sxemadagidan 2 marta katta bo‘ladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amidan tok butun davr mobaynida oqib o‘tadi, u holda uning ta’sir etuvchi qiymati quyidagicha aniqlanadi:
u holda, I0 va I2 toklarni taqqoslab, quyidagini olamiz:
Har bir yarim davrda ikkita diod ishlagani uchun har bir ketma-ket ulangan diodlardan oqib o‘tadigan tokning ta’sir etuvchi qiymati Ivd = I2/2 bo‘ladi. Bu sxema uchun m=2, ft,k =2ft bo‘ladi, diodlar ikkilamchi chulg‘amga parallel ulangani uchun yopiq diodlardagi teskari kuchlanish esa Utes=Um= U2 bo‘ladi.
Transformator ikkilamchi zanjiridan nolinchi chiqish chiqarilgan ikki taktli to‘g‘rilash sxemasi
Bu sxemani boshqacha qilib ikki fazali bir taktli sxema deyiladi, chunki to‘g‘rilangan tokning bir davri mobaynida transformatorning ikkilamchi har bir yarim chulg‘amlaridan bitta tok impulsi oqib o‘tadi, lekin, odatda, o‘zgaruvchan tok texnikasida ikki fazali tok, uni generatsiyalashning qiyinligi va ikki fazali tok tarmog‘ining yo‘qligi uchun birinchi nom qo‘llaniladi.
Bu sxemada ikkilamchi chulg‘amning har ikkala yarmi to‘g‘rilagich ishida navbatma-navbat ishtirok etadi. Birinchi yarim davrda tok VD1 diod, Ry yuklama va transformator yarim chulg‘ami, ikkinchi yarim davrda esa VD2 diod, Ry yuklama va transformator boshqa yarim chulg‘ami orqali oqib o‘tadi. Yuklamadan butun davr mobaynida bir qutbli tok oqib o‘tadi.
Bu sxemada yuklamadagi kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisi quyidagiga teng bo‘ladi:
Transformatorning ikkilamchi har bir yarim chulg‘ami tokining ta’sir etuvchi qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
Transformator ikkilamchi zanjiridan nolinchi chiqish chiqarilgan ikki taktli to‘g‘rilash sxemasi (a) va uning vaqt diagrammalari (b).
Yuklamadagi pulsatsiyalar chastotasi ft.k.p = 2ftar. Yopiq ventil transformator ikkilamchi chulg‘amlari uchlari orasidagi potensiallar farqiga teng bo‘lgan teskari kuchlanish ta’siri ostida bo‘ladi. Potensiallar farqining maksimal qiymati bitta ikkilamchi yarim chulg‘amdagi kuchlanishning ikkilangan amplitudaviy qiymatiga teng bo‘ladi:
Demak, bu sxemada yopiq ventildagi teskari kuchlanish ko‘priksimon sxemadagiga nisbatan ikki marta katta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |