Ikki taktli o’zgartirgichlar


Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi)



Download 1,27 Mb.
bet2/2
Sana16.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#809950
1   2
Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi)
Bunda transformatorning ikkilamchi chulg‘amini yulduz yoki uchburchak sxemada ulash mumkin, lekin u ko‘pincha yulduz sxemada ulanadi, chunki bunda to‘g‘rilangan kuchlanishning yarmini olish uchun nolinchi nuqtadan foydalanish imkoniyati bor (rasmda).
Transformator chulg‘amlarining har bir fazasi bir ventilning anodiga va ikkinchi ventilning katodiga ulanadi. Uchta ventil (1, 3, 5) anodlari bilan o‘zaro umumiy nuqtaga ulanadi va chiqishda (—) qutb bo‘ladigan anod guruhini tashkil qiladi, boshqa uchta ventillar esa, chiqishda (+) qutb bo‘ladigan katod guruhini tashkil qiladi.
Anod guruhi katodida eng katta manfiy potensial bo‘lgan ventil, katod guruhi anodida esa eng katta musbat potensial bo‘lgan ventil ochiq bo‘ladi. Istalgan vaqt momentida tok ikki ketma-ket ulangan ventil, yuklama qarshiligi va ikki fazalar chulg‘amlaridan oqib o‘tadi.
Har bir ventillar juftligi davrning 1/6 qismida ishlaydi. Fazalarni qoplash tartibi qaysi ventillar juftligidan tok oqib o‘tishini

Uch fazali ikki taktli sxema (Larionov sxemasi).
aniqlaydi. Agar bu tartibni o‘zgartirilsa, u holda ketma-ket ulangan ventillar tartibi o‘zgaradi. To‘g‘rilangan tokning har bir davrida transformatorning har bir fazasi orqali 1/3T mobaynida musbat qutbli ikkita tok impulsi (har bir impuls T/6 uzunlikda) va o‘sha uzunlikdagi manfiy qutbli ikkita tok impulsi oqib o‘tadi (rasmda).
Shunday qilib, transformatorning har bir fazasi davrning 2T/3 qismi mobaynida, har bir ventil esa davrning T/3 qismi mobaynida ishlaydi. To‘g‘rilagich chiqishidagi kuchlanish (bu sxema uchun m = 6) kuchlanishlar oltita taktlarini to‘g‘rilashda olingan og‘maga, uning qiymati esa bu fazalardagi ventillarning ochilish davrlaridagi ikki fazalar orasidagi chiziqli kuchlanishning oniy qiymatiga teng bo‘ladi.

Uch fazali ikki taktli sxemaning
vaqt diagrammalari.

To‘g‘rilangan kuchlanishning o‘zgarmas tashkil etuvchisining qiymati quyidagicha aniqlanadi:



To‘g‘rilangan tokning o‘zgarmas tashkil etuvchisining qiymati quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda, I2 — transformator har bir fazasi tokining ta’sir etuvchi qiymati. To‘g‘rilangan kuchlanish va tok pulsatsiyasining chastotasi fnt.k.ch. =6ftar.
Har bir ventildagi teskari kuchlanish quyidagicha bo‘ladi:


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish