CASE – texnologiyalardan foydalanilganda dasturiy ta‟minotning
hayotiy sikl o‟zgarishi. CASE – texnologiyalar o‘zaro bog‘langan
avtomatlashtirish vositalari kompleksi bilan ta‘minlanadigan tarkibiy kabi ob‘yekt
yondashuviga asoslangan murakkab dasturiy tizimning tahlil qilish,
loyihalashtirish, ishlab chiqish va kuzatish metodologiyasi majmuidan iborat.
Istalgan CASE – texnologiyalar asosida metodologiyalar/usul/notatsiya/vosita
paradigma yotadi. Metodologiya ayrim yondashuv bazasida tuziladi va ishlar
qadamini, ularning ketma-ketligini, shuningdek, taqsimlash va belgilash
usullarining qoidalarini bajarish qadami u yoki bu maqsadga erishish usulini
belgilaydi. Notatsiya deb modellarning, ayrim sinfini bayon etish uchun
foydalaniladigan belgilashlar tizimiga aytiladi. Notatsiya — grafik (grafiklar,
diagrammalar, jadvallar, sxemalar va boshqalar) va matnli (forma va tabiiy tillarda
modellarni bayon qilish) bo‘ladi. Notatsiya CASE – texnologiyalarida
loyihalashtiriladigan tizim tuzilmasi, ma‘lumotlar elementlari, ishlov berish
bosqichlarini va boshqalarni bayon qilish uchun foydalaniladi. Vositalar — grafik
loyihani yaratish va tahrir qilish vositasi, abstraksiyaning iyerarxiya darajasi
ko‘rinishida loyihani tashkil qilish, shuningdek turli darajalar komponentalariga
muvofiqligini tekshirish usullarni ta‘minlash uchun instrementariya hisoblanadi.
Ular quyidagilarga bo‘linadi: CASE – xususiyatlar, talablar tahlili, loyihalashtirish,
interfeyslar tuzilmasi, tahrir qilishning vositasi (CASE – I ning birinchi avlodi);
CASE – dastlabki matnlar ginerasiyasining va dasturiy ta‘minotni ishlab
chiqishning to‘liq hayotiy siklini ta‘minlashning integratsiya qilishni qamrab
olishni amalga oshirishning vositasi (CASE – II ikkinchi avlodi). CASE – I asosan
grafik modellar, xususiyatlarini loyihalashtirish, ekranli tahrirlar va ma‘lumotlar
lug‘atlarini ta‘minlash vositalarini o‘z ichiga oladi. CASE – II – tizimli axborotni
hamda loyihalashtirish jarayonini boshqarish bo‘yicha axborotni nazorat qilish,
tahlil qilish va bog‘lash, tizim protokollarini va modellarini qurish, testlash,
virifikasiyalash va generatsiyalanadigan dasturlarni tahlil qilish, ta‘minlash
imkoniyatlari bilan ajaralib turadi.
Ko‘p mehnat talab qiladigan operatsiyalarni avtomatlashtirib, zamonaviy
CASE – vosita dasturchilarning mehnat unumdorligini oshiradi va tuzilayotgan
dasturiy ta‘minotni yaxshilaydi. Ular quyidagilarni amalga oshiradi: loyiha
xususiyatini moslashuvining avtomatlashtirilgan nazoratini ta‘minlaydi; tizim
prototipini yaratish vaqtini kamaytiradi; loyihalashtirish va ishlab chiqish
jarayonini tezlashtiradi; loyiha hujjatlarining shakllanishini zamonaviy
standartlarga muvofiq hayotiy siklning barcha bosqichlari uchun avtomatlashtiradi;
ishlab chiqishning turli platformalari uchun dasturlar kodlarini qismangeneratsiya
qiladi; tizim komponentlaridan takroran foydalanish texnologiyalarni ta‘minlaydi;
mavjud bo‘lgan dastlabki kodlar bo‘yicha loyiha hujjatlarini tiklash
imkoninita‘minlaydi. CASE – texnologiyalarning yuzaga kelishi dasturiy
ta‘minotning barcha hayotiy sikl bosqichlarini o‘zgartirdi, bunda eng katta
o‘zgarishi ishlab chiqilayotgan dasturiy ta‘minotni qat‘iy va amaliy bayonini
ko‘zlaydigan tahlil qilish va loyihalashtirishga tegishlidir. dasturiy ta‘minotni
ishlab chiqish jarayonining qaysi sifatli o‘zgarishi CASE – vositadan
foydalanishga o‘tishda amalga oshirilishi ko‘rsatilgan. An‘anaviy ishlab chiqish CASE – vositadan foydalanib ishlab chiqish Kodlash va testlash uchun asosiy kuchlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |