narsa haqidagi bilim larim izdaginoaniqlikning bartaraf etilishi kabi e‘tirof
etadi. Kibemetika fanining asoschisi Norbert Viner axborotni bizni
vasezgilarimizni tashqi olamga moslashuvimizdagi mazmunniifodalash, deb
qaraydi. Axborotga olim lar tom onidan yuqoridagi kabi ta‘rif berishga urinishlar
ko‗p bo‗lgan. Lekin, axborot tushunchasiga har tomonlama ilmiy asoslangan ta‘rif
berishmumkin emas. Chunki, axborot inform atikaning asos tushunchasi bo‗lib,
yuqoridagi misollardan ko‗rinadiki, u juda ko‗p ma‘noni o‗z ichiga oladi. Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishga tizimli va kompleks yondashuv dasturiyinjiniring (Software Engineering) tushunchasini keltirib chiqardi. Kelinglar, dasturiy injiniring tushunchasini vujudga kelishi sabablariga to‘xtalib o‘taylik.
Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish faoliyatini rivojlanishini dasturiy ta‘minot bilan
bog‘liq bo‘lgan bir qator muammolarni vujudga kelishi va ularni hal qilish uchun
amalga oshirilgan ishlar orqali izohlash mumkin. Dasturiy ta‘minotni ishlab
chiqish bo‘yicha vujudga kelgan asosiy muammolar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1. Dasturiy ta‘minot tan-narxining juda yuqoriligi;
2. Talab etilayotgan dasturiy ta‘minotni yaratishning murakkabligi;
3. Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish jarayonlarini boshqarish va
bashoratlash bo‘yicha zarurat paydo bo‘lishi va h.k.
Dasturiy injiniring – bu dasturiy ta‘minot ishlab chiqishni samaradorligini
oshirish va optimallashtirish bilan shug‘ullanuvchi amaliy fan bo‘lib, u dasturiy
ta‘minotni yaratishni loyihalashtirish(tahlil qilish), ishlab chiqish, joriy qilish
vakuzatishni ilmiy asoslangan usullarini o‘z ichida mujassamlashtirgan. Ushbu
o‘quv uslubiy majmuada dasturiy injiniring tushunchalari, dasturiy ta‘minot
yashash sikli, dasturiy ta‘minot ishlab chiqishning modellari va texnologiyalari,
dasturiy ta‘minot arxitekturasi, dasturiy ta‘minotni testlash va tekshirish yo‘llari,
dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishdagi extimolli holatlar va ularni bartaraf etish
yo‘llari va usullari, dasturiy ta‘minot sifati, dasturiy ta‘minotni ishlab chiqish va
testlash bo‘yicha standartlar muammolari bayon etilgan.
Dasturiy injiniring modulining maqsad va vazifalari: - dasturiy injiniring
tushunchalari, dasturiy ta‘minot yashash sikli, dasturiy ta‘minot ishlab chiqishning
modellari va texnologiyalari, dasturiy ta‘minot arxitekturasi, dasturiy ta‘minotni
testlash va tekshirish yo‘llari, dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishdagi extimolli
holatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari va usullari, dasturiy ta‘minot sifati, dasturiy
ta‘minotni ishlab chiqish va testlash.
Yana dasturga qaytadigan bo'lsak dasturlashning mohiyati ikki turga
bo'linadi va bular:
1.Dasturni yaratish jarayoni.
Dasturlash o‗z ichiga dasturga bo‗lgan talablar taxlili va uni ishlab chiqish va yaratishning barcha bosqichlarini oladi:
algoritm, ma‘lumotlar tuzilmasi va dasturlash tizimini tanlash; dasturni yozish (kodlash) va ma‘lumotlarni tayyorlash; dasturni sozlash va sinovdan o‗tkazish;
dastur uchun qo’shimcha hujjatlarni yaratish.
2. Hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish va amalga oshirish uslublari
va vositalarini ishlab chiqish bilan Shug'ullanuvchi fan.
Kodlash esa dasturlashning murakab tuzilishi bo'lib unda dasturlshni
bilmagan inson uchun juda tushunarsiz so'zlar bo'ladi.Kodlashga ikki xil tarif
berish mumkin:
1 Dastlabki alifboni obektli alifboga o‗zgartirish jarayoni.
2 Ma‘lumotlarni ramzlar ketma-ketligi bilan ifodalash jarayoni. Kodlash
dasturchi tomonidan yoki avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Kodlashda harf,
sonlar va alifboning boshqa ishoralaridan tuzilgan kod ishlatilsa ham, bunday
kodlash harfli-raqamli kodlash deb ataladi. Kodlash harfma-harf, so‗zma-so‗z
bo’lishi mumkin. Kodlash axborot tizimlarida keng ishlatiladi. U ma‘lumotlarga
ishlov berishni va ma‘lumotlarni uzatishni, mumkin bo‗lgan eng katta tezlikni,
buzilishlardan muhofazalanishni ta‘minlaydigan bo‗lishi kerak. Shu maqsad bilan
shovqinga bardoshli kodlash alohida ajratiladi. Ma‘lumotlar xavfsizligini
ta‘minlash uchun shifrlash deb ataluvchi maxsus kodlash amalga oshiriladi.
Testlash biz hozirgi kungacha ko'rgab jarayonlarga o'xsha holat bo'lib unga
quydagicha tariflar berishimiz mumkin: Qurilma yoki dasturiy ta‘minot to‗g'ri
ishlayotganini yoki uning ish tezligini aniqlash jarayoni. Testlash uch asosiy
bosqichga ajratiladi. Bular ishlab chiqish, sifat nazorati va yaratilayotgan obektni
tatbiqqilish bos?ichlaridir. Xar bir bosqichda shu bosqich testlari amalga oshiriladi.
Bularning hammasi obektning sifatini va obektlarning behato ishlashini
kafolatlaydi. Testlash texnik va dasturiy mahsulotlarni tashxislashni va
haqiqiyligini tasdiqlashni ta‘minlaydi, ularning texnik talablarga mosligini
tekshiradi. Testlash uchun apparatlar yoki dasturlar, masalan, mantiqiy tahlilchilar
ishlatiladi. Testlash dasturlardagi xatoliklarni aniqlash imkonini beradi xolos.
Ularni tuzatish dasturlarni sozlashda amalga oshiriladi.
Dasturiy ta‘minotning hayotiy sikli deb, ayrim dasturiy ta‘minotni yaratish
g‘oyasi boshlangan vaqtdan uning ishlab chiquvchi – firma yoki kuzatuvchi
vazipredmeti bajaruvchi firma tomonidan qo‘llab – quvvatlash tugagan vaqtgacha
bo‘lgan davrga aytiladi. Hayotiy sikl jarayonining tarkibi xalqaro standart ISO /
IEC 12207:1995 ―Information Technologe – Software Life Cycle Processes‖
(―Axborot texnologiyalari – dasturiy ta‘minot hayotiy siklining jarayoni‖) bilan
tartibga solinadi. ISO – International Organization for Standardization -
Standartlashtirish xalqaro tashkiloti. IEC – International Electro technical
Commission – Elektrotexnika bo‘yicha xalqaro komissiya. Ushbu standart dasturiy
ta‘minot hayotiy siklining tuzilmasini va uning jarayonini tavsiflaydi. Hayotiy sikl
jarayoni ayrim kirish ma‘lumotlarining chiqish ma‘lumotlariga o‘zgaruvchi o‘zaro
bog‘lik bo‘lgan amallar majmui kabi aniqlanadi. 1.9 – rasmda standartbo‘yicha
hayotiy sikl jarayonlari ko‘rsatilgan. Har bir jarayon aniq vazifalar va
usullarningxulosalari, shuningdek, dastlabki ma‘lumotlari va natijalari bilan
xarakterlanadi.
Ishlab chiqish jarayoni (Development process) standartiga muvofiq ishlab
chiquvchi
tomonidan bajarilayotgan amallar va vazifalarni ko‘zda tutadi, hamda,
berilgan talablargamuvofiq dasturiy ta‘minot va uning komponentlarni yaratish
bo‘yicha ishlarni jumladan,loyiha va ekspluatatsion hujjatlarni rasmiylashtirishni,
shuningdek, ishlash qobiliyatini vaxodimlarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan
dasturiy ta‘minot materiallar sifatigamuvofiqligini tekshirish uchun zarur
materiallar tayyorlashini qamrab oladi.
Standart bo‘yicha ishlab chiqish jarayoni quyidagi amallarni o‘z ichiga
oladi: tayyorgarlik ishi – standartlar, usullar va ishlab chiqish vositalari hayotiy
siklining modelini tanlash, shuningdek, ishlar rejasini tuzish; tizimga qo’yiladigan
Do'stlaringiz bilan baham: |