Mavzu : Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida



Download 0,57 Mb.
bet1/3
Sana13.01.2022
Hajmi0,57 Mb.
#357848
  1   2   3
Bog'liq
Mavzu Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI

TOSHKENT AXBOROT-TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI

Fan nomi : Falsafa

TT va KT fakulteti 621-21-guruh talabasi



Mavzu : Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida


BAJARDI : Ergashaliyev Elyorbek



Mavzu : Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida
Reja :


  1. Suqrot, Aflotun, Arastu

  2. Markaziy Osiyo mutafakkirlari

  3. Sevgi” kategoriyasini “ishq” va “muhabbat” kategoriyalaridan farq



Axloq va huquq munosabatlariga qadim davrlardan mutafakkirlar oʻz

eʼtiborini qaratganlar. Suqrot, Aflotun, Arastu huquqiy mafkurani ishlab chiqar ekan, Etikani qonunchilik bilan bogʻlashga harakat qilganlar. Rim yuristlari: “huquq urf-odatlar maʼqullagan narsalarni tavsiya qiladi” degan postulatni ilgari surganlar. Yangi davrda axloq va huquq uzviy bogʻliqlikda olib qaralgan, hatto Gelvetsiy: “«Etika” va “Qonunshunoslik”ni men bitta fan deb tushunaman»,- deb yozadi. Nemis klassik falsafasi namoyandalari ham axloq va huquq munosabatlariga oʻz eʼtiborlarini qaratishgan. Kant huquq axloqqa boʻysunadi deb hisoblagan. Gegel fikricha, axloq va huquq bir-birini taqozo qiladi, farqi shundaki, axloq tashqaridan boʻladigan majburiylikka yoʻl qoʻymaydi. Aslida, huquq inson xatti-harakatini boshqarish shakli sifatida tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichida, axloq normalaridan kelib chiqadi. Huquq oʻz taraqqiyotining turli bosqichlarida axloq bilan deyarli uygʻun boʻlgan. Faqat vaqt oʻtishi bilan yozma va shakllangan qonunchilikka aylangan. Boshqacha qilib aytganda, huquq oʻz ichiga axloqiylikni qamrab oladi. Axloq va huquqning munosabati quyidagilarga namoyon boʻladi:

1) birligi va oʻxshashligida;

2) farqli tomonlarida;

3) oʻzaro taʼsirida.

Axloq va huquq ijtimoiy ong shakllari sifatida umumiy ijtimoiy funksiyani bajaradi; insonning jamiyatdagi faoliyatini boshqaradi, normativ xususiyatga ega va fuqarolar bu norma va prinsiplarga amal qiladilar. Bu norma va prinsiplar umumiy xarakterga ega va jamiyatning barcha aʼzolariga taalluqlidir.

Shu bilan birgalikda axloq va huquq bir qancha farqli tomonlarga ham

ega. Bu farqlar quyidagilarda namoyon boʻladi:

Axloq va huquqning farqlari



Axloq va huquq oʻzaro bogʻliq va bir-birini taqozo etuvchi hodisalar

hisoblanadi:

1) Axloq va huquq, barcha fuqarolarning manfaatlari, intilishlari va

irodasini ifodalaydi;
2) Shaxs va jamiyat manfaatlarini uygʻunlashtiradi;

3) Milliy va mulkiy holatidan qatʼi nazar har bir fuqaroga teng talabni qoʻyadi;

4) Axloqdagi tenglik prinsipi kishilarning qonun oldidagi teng huquqli ekaniga mos keladi;

5) Hulq atvorni baholash uchun bir xil mezonlarni ilgari suradi:

adolatparvarlik, insonning tabiiy huquqlarini fuqarolik va siyosiy

erkinligini hurmat qilish:

6) Axloq ishontirish metodiga asoslanadi, bu metod huquqda ham asosiy metod hisoblanadi; Demak axloq va huquq bir-biri bilan uzviy bogʻliq, biri ikkinchisiga taʼsir koʻrsatadigan xodisadir. “Etika” fani yuqorida bayon qilingan muammolar bilan shugʻullanar ekan, taraqqiy etib boradi. Etika hozirgi vaqtda bir qancha sohalarga boʻlinib, har bir sohasi muayyan muammolar bilan shugʻullanadi.

1) Umumiy etika nazariyasi-axloq, uning tabiati, mohiyati, xususiyati,

tarkibiy qismlari, uning jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrnini oʻrganadi.

2) Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot

qonunlarini, har xil axloqiy nazariyalarning tarixdagi oʻrnini, rivojlanish bosqichlarini oʻrganadi.

3) Normativ qadriyatlar etikasi aniq axloq normalarini, axloqiy

majburiylik talablarini, axloqiy meros sifatida shakllanib avloddan

avlodga oʻtib kelayotgan axloqiy qadriyatlar tizimini oʻrganadi.

4) Kasb etikasi- har bir kasb-hunarga xos axloqiy norma, prinsip va sifatlarni oʻrganadi va hayotga tatbiq etadi.

5) Axloqiy tarbiya nazariyasi-axloqning jamiyat talabi, ehtiyoji va

manfaatlaridan kelib chiqqan holda uni hayotga tadbiq etishning vosita va uslublarini oʻrganadi.

Etikaning tarkibiy qismlari (sohalari) uzviy bogʻliqlikda boʻlib,



bir-birini taqozo etadi va toʻldirib turadi.

Etika boshqa ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida oʻziga xos oʻringa



ega. ―Etikaning ―Estetika bilan munosabati ayniqsa oʻziga xos. Chunki inson biror bir faoliyatni amalga oshirar ekan, muayyan nuqtai nazar, yaxshilik yoki yomonlik (axloq) va goʻzallik yoki xunuklik (nafosat) nuqtai nazaridan ish koʻradi. Yaʼni ichki goʻzallik va tashqi goʻzallik uygʻunligiga eʼtibor qaratadi. Shu bilan birga, sanʼat estetikaning asosiy tadqiqot obyektlaridan hisoblanadi. Har bir sanʼat asarida axloqiy – tarbiyaviy jihatdan muhim boʻlgan gʻoyalar ilgari suriladi va sanʼatkor badiiy obrazlar orqali axloqiy ideallarni yaratadi.

Etika, shuningdek, ―Pedagogika fani bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib boradi. Komil insonni shakllantirish, taʼlim berish



jarayonlarini tarbiyaviy jarayonlarsiz, “Odobnoma” darslarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Shu sababli ―Etika ―Pedagogikaning asosi hisoblanadi. Etika “Psixologiya” fani bilan aloqador. ―Psixologiya u yoki bu xatti-harakat, feʼl-atvor sabablarining ruhiy tabiati va shakllanish shart-sharoitlarini ochib beradi, “Etika” esa “Psixologiya” tadqiq etgan hodisalarning axloqiy ahamiyatini tushuntiradi deb koʻrsatib oʻtiladi A. Sherning “Axloqshunoslik” kitobida.

Etika bilan ―Sotsiologiya inson faoliyatini boshqarishning oʻziga xos



shakli boʻlgan axloqni oʻrganadi.

Sotsiologiya insonlarning ommaviy xattiharakati va ularning qonuniyatlarini faqat muayyan ijtimoiy tuzum



doirasidagina tadqiq etadi.

Etika esa muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr



doirasidan chiqib, kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sabablarini oʻrganadi.

Etikaning ―Politologiya bilan munosabati ham oʻziga xos. «Siyosiy



kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar kurashini taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat (jamiyat) manfaatlarining mosligi, maqsadlar va

vositalarning pok yoki nopokligi muammolari oʻrtaga chiqadi» deb taʼkidlaydi A.Sher. Siyosat qanchalik axloqiylik kasb etsa, shunchalik oqilona boʻladi. XX asr oʻrtalariga kelib ―Etikaning ―Ekologiya bilan aloqadorligi kuchaydi. Chunki vujudga kelgan ekologik tanglik vaziyati insonning tabiatga boʻlgan munosabatini tubdan oʻzgartirish zaruratini keltirib chiqardi. Endilikda global ekologik muammolarning oldini olish insonning tabiatga nisbatan ijtimoiy-axloqiy munosabatiga bogʻliq boʻlib qoldi. Axloqiy baholash va boshqarish obyekti tabiatning oʻzi emas, balki insonning tabiatga boʻlgan munosabati boʻlishi kerak. Koʻrib turganimizdek, ―Etikaning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni tobora ortib bormoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan soʻng ―Etika yangilanayotgan jamiyatda tobora oʻz yuksak mavqeini egallaydi. ―Etika oldida

yangi demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamlakatimiz fuqarolarining, ayniqsa, yoshlarning axloqiy darajasiga masʼullik vazifasi va komil inson tarbiyasini nazariy asoslash vazifasi turibdi. Bu vazifani faqatgina axloqqa yangicha yondashuvlar asosida amalga oshirsa boʻladi. Har bir fanning oʻz kategoriyalari boʻlgani kabi ―Etika fanining ham kategoriyalari mavjud. ―Etika fani kategoriyalari deb jamiyat axloqiy

hayotidagi umumiy muhim tomonlarni, xususiyatlar va munosabatlarni inson

tomonidan oʻzlashtirish usullarini aks ettiruvchi tushunchalarga aytiladi.

Etika kategoriyalari oʻziga xos xususiyatlarga ega: ular faqat



axloqshunoslik sohasida emas, balki boshqa sohalarda ham qoʻllaniladi.

Amaliyotda axloqiy faoliyatdan tashqari boʻlgan narsaning oʻzi yoʻq. «Etika

kategoriyalari bir vaqtning oʻzida boshqa fanlar:siyosiy, iqtisodiy va huquqiy fanlarning ham kategoriyalari hisoblanadi. ―Etika kategoriyalari - shuningdek, kishilar xatti-xarakatlari, hulq-atvorlarini jamiyat talablari nuqtai-nazaridan maʼqullash yoki qoralash, yaʼni axloqiy baholash xususiyatiga egadir. Yaxshilik, yomonlik, vijdon, burch, adolat, shaʼn, or-nomus, iymon, muhabbat, nafrat, hayotning maʼnosi, baxt kategoriyalari ―Etikaning asosiy kategoriyalari hisoblanadi. Shuningdek, kishilar xatti-harakatlari, hulq-atvorlarini jamiyat talablari nuqtai nazaridan maʼqullash yoki qoralash, yaʼni axloqiy baholash xususiyatiga egadir.

Yaxshilik, yomonlik, vijdon, burch, adolat, shaʼn va or-nomus, iymon, muhabbat va nafrat, ezgulik va yovuzlik, hayotning maʼnosi, baxt

kategoriyalari etikaning kategoriyalari hisoblanadi.

Yaxshilik” va “yomonlik” kategoriyalari ijtimoiy taraqqiyot davomida mazmunan oʻzgarib va takomillashib boradi. Shu maʼnoda “yaxshilik” va



yomonlik”ni ilk ibtidoiy tushunish bilan hozirgi ijtimoiy taraqqiyot

bosqichlaridagi tushunish bir-biridan farq qiladi.

Ijtimoiy taraqqiyotning maʼlum bir tarixiy taraqqiyoti bosqichidagi “yaxshilik” deb qaralgan hodisa, boshqa bir bosqichda “yovuzlik”, yoki “yomonlik”, deb baholanishi mumkin. Masalan, quldorlik tuzumi davrida “qul”ni urish, soʻkish hatto oʻldirib yuborish mumkin edi. Bu narsa mavjud axloqiy ongga hech ham zid kelmas edi. Hozirchi? Hozirgi zamon axloqiy ongida inson huquqlari va erkinliklariga har qanday tajovuz axloqsizlik yoki “yovuzlik”, deb baholanadi. Bu shundan dalolat beradiki, axloqiy kategoriyalar doimo mazmun jihatidan oʻzgarib turadi. Ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot hattoki “yaxshilik”- ni “yomonlik”ga, “ezgulik”ni esa “yovuzlik”ga aylantirib yuborishi mumkin. Yaxshilik deb tevarak-atrofda sodir boʻlayotgan hamma voqea, hodisa va vujudga kelayotgan narsalarning insonni eʼzozlaydigan, uning manfaat va ehtiyojlarini qondiradigan, axloqiy ideallariga mos keladigan, odamgarchilikning oʻsishini har tomonlama taʼminlaydigan, pirovardida baxtli hayot kechirishga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlarning yigʻindisiga aytiladi. Yaxshilik boshqa etika kategoriyalaridan oʻzining quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi:

1) yaxshilik – inson faoliyatining sababi va natijasiga koʻra

tekshiriladigan hamma muayyan axloqiy normalar tizimi nuqtai nazaridan ijobiy baholashga imkon beradigan ijobiy axloqiy mazmundir,

2) yaxshilik – axloqiy idealga muvofiq keladigan real mavjud axloqiy munosabatlarning ijobiy mazmunidir,

3) yaxshilik – muayyan, aniq tarixiy axloq shaklining barcha ijobiy

norma va prinsiplari yigʻindisini oʻzida jamlagan umumiy idealdir,

4) xatti-harakatning sababiga aylanuvchi axloqiy maqsaddir,

5) yaxshilik – insoniy xususiyat, fazilatdir va h.k.

Yaxshilik kategoriyasi oʻzining koʻpqirraligi, keng qamrovligi, axloqiy munosabatlarning universalligi, yaʼni kishilar hayotining barcha

jabhalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham u mehnat sohasida – jamiyat manfaatlari yoʻlida qilingan ham ijodiy mehnat, siyosat va huquq sohasida – insonparvarlik, adolatparvarlik va boshqa shakllarda namoyon boʻladi.

Yomonlik deb jamiyatning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi, kishilarning axloqiy ideallariga, ular eʼzozlaydigan qadriyatlarga zid keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda axloqiy taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning oʻsishiga zid keladigan xatti-harakatlarni oʻzida mujassamlashtirgan tushunchalar yigʻindisiga aytiladi. “Yaxshilik” va “yomonlik” oʻzaro aloqador va ayni vaqtda bir-birini inkor etuvchi kategoriyalardir. Yaxshilik va yomonlik toʻgʻrisida hadislarda shunday deyilgan: “Yaxshilaringiz hushxulq boʻlib, kishilarga yon beruvchi, yaʼni atrofida yaxshi hayot kechirishga imkon beruvchi kishilardir. Yomonlaringiz mahmadona, dilozor, kishilar rohatini buzuvchi kishilardir”. “Yaxshilaringiz qarzni ado etuvchi kishilardir. Yaxshilaringiz oʻz ahliga, oila aʼzolariga yaxshi boʻlganlaringizdir. Odamlarning yaxshisi odamlarga manfaatlirogʻidir”. “Kimga yaxshilik qilay, - deb soʻragan odamga uch marta onangga deb, toʻrtinchisida otangga deb aytganlar, yaʼni yaxshilikni onangga, onangga, onangga, soʻngra otangga qil dedilar”. “Adolat” kategoriyasi faqat etika kategoriyasigina boʻlib qolmay, bir vaqtning oʻzida huquqiy kategoriya hamdir. “Adolat” kategoriyasining ichki mazmunini, uning asosiy ijtimoiy mezonlariga eʼtibor berish boʻlgʻusi huquqshunoslar uchun benihoyat muhimdir. “Adolat” kategoriyasining boshqa axloqiy kategoriyalardan farqi shundaki, u ayniqsa huqushunoslik bilan chambarchas bogʻliqdir, maʼlum darajada u axloqshunoslik va huquqshunoslikni bogʻlovchi koʻprik, asos rolini oʻtaydi. Biroq u avvalambor axloqiy kategoriyadir. Huquqshunoslik fani mazkur axloqiy kategoriyani qonunlar asosida oladi, uni kishilar munosabatida qaror topshini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu haqda I.Karimov “Adolat qonun ustivorligida” nomli maʼruzasida batafsil toʻxtaladi. Huquq fanining adolatni qaror topishi uchun saʼi-harakati u huquqiy kategoriya degan xulosaga ham olib keladi. Aslida esa adolat avvalambor axloqiy kategoriyadir. Mazkur kategoriya misolida etika va huquq fanlarining birbiri bilan uzviy bogʻliq ekanligini koʻrish mumkin. “Adolat” oʻz mazmuniga koʻra shaxs erkinliklari va majburiyatlari oʻrtasidagi mutanosiblikni (uygʻunlikni) oyektiv xolis baholashning ijtimoiy mezonidir. “Or-nomus”va “shaʼn” kategoriyalari ham oʻz ijtimoiy ahamiyatiga koʻra yuksak axloqiy fazilatlarni aks ettiradi. Or-nomus va shaʼn kategoriyalari ham oʻz ijtimoiy ahamiyatiga koʻra yuksak axloqiy fazilatlarni aks ettiradi. “Or-nomus” va “shaʼn” haqidagi dastlabki tasavvurlar ibtidoiyjamoa tuzumining oxirlarida shakllangan boʻlib, inson axloqiy kamolotining oliy bir koʻrinishi sifatida jamoa aʼzolari oldidagi shaxsiy qadr-qimmat, ijtimoiy obroʻyini baholash, anglash orqali namoyon boʻladi. Etika fani tarixida “or-nomus” va “shaʼn” kategoriyalariga birinchi bor Qadimgi Rim stoitsizm falsafasida katta eʼtibor berildi. Rim stoitsizm falsafasi vakillaridan, ayniqsa, Lutsiy Anney Seneka, Mark Avreliy va Epiktet “ornomus” va “shaʼn” kategoriyalarini muntazam tadqiq qilishdi. Ular hatto kishi oʻlimini or-nomusdan va shaʼnning oyoq-osti qilinishidan afzal koʻrishgan. Masalan, Epiktet: “Inson tugʻilsa yoki oʻlsa, oʻz pullaridan, uy-joyidan mahrum boʻlsa –bu ayanchli emas, chunki bularning hammasi insonga xos emasdir. Agar inson oʻzining haqiqiy mulkini – oʻz insoniy qadr-qimmatingi yoʻqotsa, bu achinarli va ayanchlidir”, - degan edi.


Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish