3. Mavzuni asoslash
Narkotik va nonarkotik analgetiklarni klinik tibbiyotning turli sohalari (xirurgiya, akusherlik va ginekologiya, anesteziologiya va boshqalar) da keng qo‘llaniladi. Shuning uchun bu vositalarning asosiy samaralari va nojo‘ya ta’sirini o‘rganish, ularni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar xususiyatlarini bilish umumiy amaliyot shifokori faoliyatida zarur bo‘ladi.
4. Fanlararo va fan ichidagi bog‘liqlik
Ushbu mavzuni o‘qitish talabalarning biokimiyo, anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya hamda nerv sistemasi bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar xirurgiya va boshqa klinik yo‘nalishlarda, shu bilan birga xususiy farmakologiyani o’zlashtirishda kerak bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |