НУКЛЕИН КИСЛОТАЛАР АЛМАШИНУВИ
3. Mavzuni asoslash
Nukleotidlar organizmda muҳim o’ziga xos vazifalarni bajaradi. Ularning organizmda almashinuvi o’ziga xos buzilish va o’zgarishga olib keladi, ba’zi kasalliklarni keltirib chiқaradi, masalan giperurekemiya, podagra, Leysh-Nixan sindromi, orotostiduriya. Bu bilimlarga ega bo’lish bo’lajak umum amaliyot shifokorlari faoliyatida bemorlarga tashxis қo’yish va ularni davolashda zarurdir.
4. Fanlararo va fan ichidagi boғliқlik
Nuklenin kislotalar ҳazmlanishi, so’rilishi va purin va pirimidin nukleotidlarini sintezi va katobolizmi to’ғrisida ma’lumot olib, giperurekemiya, podagra, Leysh-Nixan sindromini bilish talabalarning bioorganik kimyo bo’yicha egallagan bilimlariga asoslanadi. Ushbu bilimlar patologik fiziologiya, patologik anatomiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya, kardiologiya yo’nalishlarida kerak bo’ladi.
5.0. Mashғulot mazmuni:
5.1. Nazorat savollari
Nuklein kislotalar almashinuvi. Nukleoproteinlar
xazmlanishi va surilishi.
Purinlar sintezi, uni boshkarilishi.
Giperurikemiya, podagra, allopurinol.
Pirimidin nukleotidlar sintezi, boshkarilishi.
Dezoksiribonukleotidlar va timidilat nukleotidlar sintezi.
Oratastiduriya sabablari, uridin bilan davolanishi.
5.2.Nazariy қismi
Organizmda nukleotidlarning vazifalari:
Mononukleotidlar nuklein kislotalarning struktur birligi ҳisoblanadi.
ADF—ATF stiklida қatnashib, moddalarni oksidlanishi natijasida energiyani akkumulyastiyasida қatnashadi. Ba’zi reakstiyalarda bu vazifani boshқa nukleotidlar xam bajarishi mumkin.
Kofermentlik funkstiyasi. Adenilat kislota қoldiғi degidrogenazalar (NAD, NADF, FAD) va astilanish (KoA); UTF, GTF va StTF monosaxaridlar қoldiқlarini tashilishi; StTF xolintransferazalarning kofermentlari xisoblanadi.
Boshқaruv funkstiyasi. Stiklik mononukleotidlar 3',5'-stAMF va 3',5'-stGMF gormonlar va boshқa sgnallarining xujayra ichiga olib o’tuvchi oraliқ effektorlari ҳisoblanadi.
Organizmning barcha xujayralari nukleotidlar sintezlash қobiliyatiga ega. Shu bilan birga nukleotidlar manbai bo’lib nuklein kislotalar, ҳamda xujayra nuklein kislotalarning parchalanishidan ҳosil bo’lgan nukleotidlar xisoblanadi.
Nuklein kislotalar nukleoproteinlarning oқsilmas қismini tashkil etadi. Oқsillar metabolizmi singari nukleoproteinlarning oқsil қismlari xam xar xil metabolitik o’zgarishlarga uchraydilar. Nuklein kislotalar esa irsiy axborotni saқlash vazifasidan tashқari muҳim regulyator vazifalarni xam bajaradilar, xujayralarning metabolitik jarayonlarini tezligini va bioenergetikasini nazorat қilish kabi.
Nukleoproteinlarning ҳazmlanishi va ularning parchalanishidan chiққan maҳsulotlarini so’rilishi oshқozon-ichak yo’llarida kechadi. Me’da fermentlari ta’sirida ozuқa nukleoprteinlari polipeptidlar va nuklein kislotalargacha parchalanadilar. Ingichka ichakda polipeptidlar erkin aminokislotalargacha gidrolitik yo’li bilan parchalanadilar. Nuklein kislotalar esa ichakda me’da osti bezi shirasi tarkibida bo’ladigan DNK-aza va RNK-aza ta’sirida parchalanadilar. RNK-aza ta’sirida purinli va pirimidinli mononukleotidlar xosil bo’ladigan, DNK-aza ta’sirida esa asosan dinukleotidlar, oligonukleotidlar va oz miқdorda mononukleotidlar chiқadi. Mononukleotidlar ichakda nospestifik fosfatazalar ta’sirida nukleozid va fosfat kislotagacha parchalanadilar va shu ko’rinishda so’riladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |