162
Qisqacha xulosalar
Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati va taraqqiyoti uning tabiiy va moddiy
resurslari, ayniqsa mamlakat miqyosida yaratilgan asosiy va aylanma fondlarning
miqdori va sifatiga bog‘liq bo‘ladi.
Sanoat ishlab chiqarishini izchil modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
jihatdan qurollantirish natijasida asosiy fondlarning tarkibida sezilarli siljishlar sodir
bo‘ldi. Yangidan yangi jihozlar, asbob-uskunalar, qurilmalar, hisoblash texnikasi va
ishlab chiqarish inventarlari salmog‘i oshib bormokda.
Asosiy fondlardan foydalanishni yaxshilash o‘ta dolzarb masala bo‘lganligi
uchun ham unga alohida ahamiyat berilmoqda, natijada esa yildan-yilga fond kaytimi
oshib bormokda.
Do'stlaringiz bilan baham: