10-BOB. SANOATNING XOM ASHYO MANBAI VA TEJAMKORLIK
STRATEGIYASI
10.1. Sanoatda xom ashyo, uning xususiyatlari va turkumlanishi
Qayta ishlovchi barcha sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish jarayonida
qatnashuvchi elementlardan biri xom ashyodir, chunki xom ashyosiz hech qanday
mahsulot ishlab chiqarish mumkin emas.
Xom ashyo
deb, qazib olish yoki ishlab chiqarish uchun ma`lum darajada
mehnat sarflangan va shu mehnat natijasida bir qadar o`zgargan mehnat buyumiga
aytiladi. Ishlab chiqarish jarayonida xom ashyo tayyor mahsulot yoki yarim fabrikat
hosil qiladi. Natijada xom ashyoning to`la qiymati tovar shaklini olgan yalpi
mahsulotga o`tadi.
Xom ashyo asosiy va yordamchi materiallarga bo`linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |