171
Mamlaktimizda yoqilg‘i-energetika resurlaridan foydalanish samaradorligini
oshirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor
ahamiyat berilmoqda
1
:
muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlarini jadallashtirish
(bunda asosiy e’tibor shamol va quyosh energiyasidan foydalanish, tabiiy metan hosil
qilish hamda undan foydalanish, shamol generatorlari va quyosh elementarini ishlab
chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalalariga qaratilmoqda);
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnik qayta qurollantirish,
energiya tejamkor, xomashyo va materiallarning ortiqcha sarfini kamaytirish
imkonini beruvchi asbob-uskuna va texnologiyalarni joriy qilish;
gaz, elektr energiyasi, issiqlik energiyasi va suv yetkazib berish va saqlash
tizimini modernizatsiya qilish orqali bu resurslarimizning texnik yo‘qotilishi
miqdorini kamaytirish;
maishiy yoritish vositalarining tejamkor, zamonaviy turlaridan foydalanishni
targ‘ib qilish va rag‘batlantirish, ularni ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, narxini
asossiz o‘sib ketishini cheklash choralarini ko‘rish;
energiya resurslaridan maishiy sohada foydalanishga bozor mexanizmini
joriy etishni jadallashtirish. Jumladan, zavonaviy o‘lchash asboblarini o‘rnatish,
hisob-kitobning kredit tizimini keng joriy etish;
gaz, neft, ko‘mir qazib chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, Issiqlik
elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish, ulardagi energiya hosil qiluvchi va
uzatuvchi
qurilmalarni
zamonaviylari
bilan
yangilash,
kichik
gidroelektrostansiyalarni qurish va yagona energotizimga ulash asosida energiya
resurslari hajmini oshirish va tannarxini kamaytirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmonida olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish,
davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi uchun shart-sharoitlar
yaratish, mamlakatimizni modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida 2017 —
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar strategiyasidagi
iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida “2017 yilda
sanoat tarmoqlaridagi yirik korxonalarda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning
tannarxini o‘rtacha 8 foizga qisqartirish va raqobatdoshligini oshirishni nazarda
tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. Shu jumladan, ma’nan va
jismonan eskirgan uskunalarni yangilash hamda modernizatsiya qilish, ishlab
chiqarishda
energiya
samaradorligini
oshirish,
texnologik
jarayonlarni
optimallashtirish” alohida muhim o‘rin egallaydi
Do'stlaringiz bilan baham: