5.
Tirole, Jean (Tir) The Theory of Industrial Organization. MIT Press, 1992.
6.
Church J., and R.Ware. (CW) Industrial Organization. A Strategic
Approach. Irwin. 2000.
7.
Ortiqov A. Sanoat iqtisodiyoti. Darslik.- T.:”Sano-standart”, 2014.-304 b.
8.
www.webofscience.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
9.
www.search.ebscohost.com - Xalqaro ilmiy maqolalar platformasi
99
6-BOB. SANOATDA FAN-TEXNIKA TARAQQIYOTI
6.1. Fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati
Fan-texnika taraqqiyoti — bu, juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U
ijtimoiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga oladi. shu sababli
ham fan-texnika taraqqiyoti harakatdagi jarayon hisoblanadi.
Fan — inson faoliyatining ma’lum sohasi. U shunday sohaki, voqea-
hodisalar haqidagi bilimlar yaratiladi va ular nazariy nuqtai nazardan bir yo‘lga
solinadi. Fan — ijtimoiy fikrlash va bilishning shakllaridan biridir.
Fan yoki ilm — bu, o‘qish, o‘rganish va hayotiy tajriba asosida
fikrlanadigan bilim va malakalar majmuasidir. Uning asosiy vazifasi, avvalo,
voqea va hodisalarni, shu jumladan, texnik va texnologik hodisalarni tasvirlash,
tushuntirish, oldindan aytib berish, bashorat qilishdan iborat.
Texnika — bu, eng tor ma’noda mehnat quroli, mehnat vositasi. Keng
ma’noda esa, u ishlab chiqarish vositalari, texnologiya usullarini, ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish shakllarining yig‘insidir. U ishlab
chiqarish kuchlarining eng faol elementi hisoblanadi.
Texnologiya (yunoncha «technue» — san’at, mahorat, uddalash va ...logos -
ta’limot) — ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulot olish uchun
ishlatiladigan xom ashyo, material yoki yarim fabrikatlarning holati, xossasi va
shakllarini o‘zgartirish, ularga ishlov berish, tayyorlash usullari majmuidir.
Fan-texnika taraqqiyoti — bu, mehnat vositalarini, ishlab chiqarishning eng
yangi xom ashyosi va materiallarini, yoqilg‘i va energiyaning, texnologik
jarayonning,
boshqarishning, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish va
yuqoridagilarning hammasini yangidan yaratishni o‘z ichiga oladi.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:
•
tejamkorlikni amalga oshirish (vaqtni, xom ashyo va materiallarni,
yoqilg‘i, elektr energiyasi va h.k.larni tejash);
•
ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni engillashtirish;
•
mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;
•
ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yanada yuqori
darajaga ko‘tarish.
Fan, ta`lim va ishlab chiqarish o`rtasidagi aloqadorlikni chizma ko`rinishida
quyidagicha tasvirlash mumkin (6.1-rasm).
Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari tadqiqotlar yoki amaliy
tajribalar natijasida olingan va yangi materiallar, mahsulotlar, jarayonlar,
qurilmalar, xizmatlar, tizimlar yoki usullarni yaratishga yo‘naltirilgan mavjud
bilimlarga asoslangan tizimli ravishda amalga oshiriladigan ishlar kiradi.
Ishlanmalar tarkibiga konstruktorlik, loyihaviy va texnologik ishlar kiradi.
100
Do'stlaringiz bilan baham: |